Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar
Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar


Monako knyazligi - Janubiy Yevropada, O’rta dengiz sohilidagi davlat. Poytaxti – Monako shaxri bo’lib, knyazlikda asosan, monegasklar, italyanlar yashaydi.

Tarixi
Miloddan avvalgi 10-1 asrlarda Monako hududida finikiy, keyinroq yunon manzilgohlari bo’lgan, Miloddan avvalgi 1-asrda Monakoda rimliklar, keyinchalik arablar, milodiy 11-asrning 2- yarmida genuyaliklar hukmronlik qilgan. 1419 yildan Monako mustaqil knyazlikka aylangan, 1524 yildan esa Ispaniya, 1961 yildan Fransiya protektorati hisoblangan. Fransiya inqilobi natijasida Monakoda knyazlik hokimiyati ag’darilib, mamlakat Fransiyaga qo’shib olingan. 1814 yilgi Parij sulhi Monako knyazligini tikladi, Vena kongressi qarori bilan Monako Sardiniya qirolligi protektoratiga aylandi. 1993 yildaMonako BMTning teng huquqli azosiga aylangan.
Diqqatga sazovor joylari
Monako knyazi saroyi

Yevropa monarxlaridan farqli ravishda Monako knyazlari700 yildan beri o’z qarorgohlarini o’zgartirishmagan. Bugungi kunda knyaz va uning oilasi aynan shu yerda iste’qomat qiladi. 

Odatda saroy degan so’zni eshitganingizda ertaklardagi kabi haybatli binoni tasavvur qilasiz. Ammo Monako saroyining ko’rinishi bundan biroz farq qiladi. U qo’shni Ispaniya va Italiya arxitekturasidan ilhomlangan holda qurilgan.
Monako-Vill shahri

Knyazlikning qadimiy poytaxti bo’lmish Monako-Vill shahri Sent-Antuan qoyasida joylashgan bo’lib, bu yerda 11 ta qadimgi binolar ham bor. Hududda turistlar knyazlik saroyining tarixiy arxivi, Qadimgi Monako muzeyi va Mum haykallar muzeyi bilan tanishishlari mumkin.
Monte-Karlodagi yapon bog’i
Shahardagi yapon bog’i ham diqqatga sazovor maskanlardan biri hisoblanadi. Monako tabiati va iqlimi mo’tadil bo’lgani uchun Yaponiyadan olib kelingan o’simliklar bu yerda juda chiroyli bo’lib o’sadi. Bog’ tabiat bilan yolg’iz qolishni istaganlarga hush kelishi aniq.
La-Kondamin
Bu Monakodagi yana bir qadimiy tuman bo’lib, uning asosiy maskanlaridan biri bandargoh qismi sanaladi. Hududda qadimgi saroylar ham, biznes-kvartallar, banklar, butiklar ham bor.
Shaxzoda Rane III ning avtomobillar muzeyi
Fonveyning eng asosiy joylaridan biri – Rene III ga tegishli bo’lgan qadimgi avtomobillar joylashtirilgan savdo markazi sanaladi. Ushbu kamyob retro avtomobillar mazkur soha ishqibozlarini es hushidan ayiradi.
Qiziqarli ma’lumotlar
Monako knyazligi dunyodagi eng kichik mamlakatlar qatorida Vatikandan keyin ikkinchi o’rinda turadi.

Monakoning umumiy maydoni 2 kvadrat kilometrga teng.

Monako knyazligi o’ta kichik ammo farovon mamlakat.

Monakoda iste’qomat qiluvchi har beshinchi odam –xorijlikdir.

Agar Monakodagi sulola biror sabab bilan yo’qolib ketsa, davlat boshqaruvi Fransiyaning qo’liga o’tadi.
Knyazlikni tashqi dushmanlaridan Fransiya himoya qiladi.

Monakoda faqatgina bitta universitet bor.

Knyazlikning butun hududi bo’ylab kuzatuv kameralari o’rnatilgan.

Monako knyazligining tarixi 1215 yildan boshlangan.
Monako Yevroittifoq tarkibiga kirmaydi.

Mamlakatda o’rtacha umr davomiyligi 90 yilni tashkil qiladi.

Monakoning tub aholisi davlatga soliq to’lashdan ozod qilingan.

Bir so’z bilan aytganda Monakoni shahar-mamlakat deya atash mumkin.

Chingizxonning javobsiz muhabbati

Chingizxon 1155 yilda, mo’g’ullarning tatarlar ustidan g’alaba qozonishlari vaqtida dunyoga keldi. Uning otasi, katta qabila boshlig’i Yesugay-botir g’alaba vaqtida dunyoga kelgan og’liga Temuchin deb ism berdi....

Pxenyan shahri – taqiqlar poytaxti

Pxenyan shahri - Shimoliy Koreyaning poytaxti bo‘lib, ushbu hudud aholisining hayoti turli taqiqlar bilan qurshalgan. Hukumat davlatni hamda aholi vakillarini tashqi ta’sirlardan himoya qilishga urinib keladi. Aynan shu sababli ham ular tomonidan joriy qilingan qoidalar o‘ta kulguli va g‘alati tuyuladi......

Kichik bo’lgan yuvinish xonasi uchun 11 ajoyib g’oya

Hatto eng kichik bo’lgan hammomni ham shinam va qulay yuvinish xonasiga aylantirish mumkin. Sizdan talab etiladigan narsa interyer dizayniga ahamiyat berish joylashuvdan to’g’ri foydalanishdir. Kichik hammomda kerakli buyumlarning barchasini qanday joylashtirishning eng muvaffaqiyatli namunalarini e'tiboringizga havola etamiz!...

McDonald’sning ilk restoran tarmog’i

Bugungi kunda McDonald’s haqida eshitmagan odam bo’lmasa kerak. Ho’sh uning ilk tarmog’i qaysi ekanligi ham barchaga oydinmikan? Quyidagi maqolamizda aynan shu haqida ma’lumotlar keltirib o’tamiz. Marhamat, ular bilan tanishing!...

Derazasiz xonani qanday qilib yorqin qilish mumkin? Bu borada interyer mutaxassislarining maslahatlari

Derazaga ega bo’lmagan xona barchaga ma’lumki, qorong’i va biroz bo’g’iq bo’ladi. Tabiiy yorug'likning yetishmasligi uni makon va havodan mahrum qiladi. Ammo interer mutaxassislari dizaynerlarning ba'zi professional nayranglarini bilib, siz vaziyatni to'g'rilashingiz va har qanday xonani derazasiz o'zgartirishingiz mumkinligiga aminlar......

Karantin vaqtida vazn orttirmaslikning asosiy 7 qoidasi

To'satdan paydo bo’lgan COVID-19 barchani biroz tashvishga solib qo’ydi. Hozir barcha uyda qolib kasallik yoyilib ketishini oldini olmoqda. Karantin muddati qancha payt davom etishini hech kim aniq ayta olmaydi. Shunday ekan bu muddat ichida semirib ketishning oldini olish to’g’risida o’ylasak ham zarar qilmasa kerak. Quyida keltirgan 7 ta asosiy...

Mamlakatlar bo'yicha sayyohlarni eng ko'p hushlamaydigon 7 ta joy

Britaniyaning taniqli The Independet gazetasi kichik tadqiqot o'tkazdi va dunyoda turistlarni juda yoqtirmaydigan joylarni aniqladi. Keling, ushbu ro'yxatda qaysi mamlakatlar borligini ko'rib chiqamiz....

Taniqli psixolog Mixail Litvakdan hayotiy masalalarni hal etishda asqotadigan 8 ta maslaxat

Atrofdagilar bilan munosabatda bo’lish insondan muayyan ko’nikma talab etadi. Nima ham derdik, ba’zida hatto o’z ko’nglimizga yo’l topish ham qiyin kechadi-ku, bunisini qo’yavering. Taniqli psixolog, psixoterapevt Mixail Litvakning hayotiy masalalarni hal etishda asqotadigan 8 ta maslaxatni e’tiboringizga havola etar ekanmiz, atrofdagilar bilan...

Dubayning eng mashxur va chiroyli joylari

Ushbu betakror shahar haqida juda ko’p bor eshitganingiz aniq. Uning o’ziga hos ko’rinishi butun dunyo sayyohlarini gul shirasi kabi o’zi tomon tortib turadi. Shu sababli ham bugungi maqolamizni aynan mana shu mo’jizaviy shaharga bag’ishlash niyatidamiz....

JUMA KUNINING SUNNATLARI

JUMA KUNINING SUNNATLARI : 1.  G'usl qilish;  2.  Hyshbo'ylanish;  3.  Misvok;  4.  Chiroylik kiyimlarni  kiyish;  5.  Kaxf surasini o'qish.; ...

Fikr qo'shish