Ayollar dinning yarmidir

Ayollar dinning yarmidir
Ayollar dinning yarmidir

➖Abdulloh ibn Amr ibn Os (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Dunyo o‘zi bir matodir. Uning eng yaxshi matosi soliha ayoldir”,dedilar» (Imom Muslim).

➖U ayolini urdi. Ayoli yig‘lab:
- Hoziroq borib ustingizdan arz qilaman, - dedi.
- Senga kim aytdi, meni qo‘yib yuboradi, deb. Uydan chiqibam bo‘psan!
- Nima siz eshik - derazalarni qulflab qo‘ysam, shikoyat qilolmaydi deb o‘ylayabsizmi?
- Ha, nima qilolarding?
- Qo‘ng‘iroq qilaman, dardimni sochaman!
- Hah, telefoningni ovolaman. O‘chirib qo‘yaman.
Ayol hammomga kirib ketdi.
Eri tashqariga chiqib deraza oldida poyladi, qochib ketarmikan, deb kutdi. Ayol chiqishga unirinmaganini ko‘rib qaytib kirdi.

➖Hammomning eshigi qarshisiga turib oldi. Ayol hammomdan tahorat olib chiqdi.
Yuzini esa, go‘zal tabassum bezatib turardi. Uning ko‘rinishi yuz - qo‘lidagi shabnam tomchilari kabi bo‘lgan tahoratning musaffo suvidek sof - nurli edi.

➖Men albatta shikoyat qilaman, Unga arz qilishimdan na derazalaringiz, na eshiklaringiz, na telefonlaringiz to‘sa oladi!! Uning eshiklari hecham yopilmaydi. Dodimni eshitadi! - dedi.

➖Eri undan nari ketib divanga o‘tirdi. Jim o‘ylanib qoldi. Ayol ketib namoz o‘qidi. Uzoq sajda qildi. Eri uni kuzatib turardi. So‘ng u boshini ko‘tarib, duoga qo‘l ochmoqchi bo‘lganida, eri chopib kelib qo‘llarini ushlab oldi.
- Sajdada shu-u-uncha meni qarg‘aganing yetarlimasmi?
Ayol ma’sum ko‘zlari bilan unga boqib:

➖Sizning qilgan bu ishingizga rozi bo‘lib, atigi shuncha duo qilish bilan kifoyalanishim kerak ekanmi, a?
- Kechir, senga qo‘l ko‘tarmoqchi emasdim. Allohga qasam, g‘azabim aqlimni oldi.
- Shuning uchun ham haqqingizga xayrli duo qilish, shaytonni qarg‘ashdan to‘xtamayman.
Men o‘z ko‘zining quvonchi: erini duoyibad qiladigan axmoq xotinlardan emasman.

➖Erining ko‘zalaridan yosh qalqib chiqdi. Duo uchun ko‘tarilgan qo‘llarni ko‘ziga surtib, o‘pdi.
Allohga qasam, bundan keyin hech qachor senga ozor bermayman.

Fikr qo'shish