Meksika burittosi

Meksika burittosi
Meksika burittosi


Meksikaliklarning kundalik, sevimli tamaddilaridan biri. Juda ham mazali va vitaminlarga boy. Tayyolanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 2 dona lavash noni (yumaloq shaklda)
  • 100 gramm sabzavot
  • 70-100 gramm tovuq go'shti filesi
  • 80 gramm "Edam" pishlog'i
  • 50 gramm barbekyu sousi
  • Petrushka, ziravorlar ta'bga ko'ra
  • O'simlik yog'i
Tayyorlash usuli:
1. Tovuq go'shti filesini o'rta qismidan ikki qismga bo'ling. Ziravorlarga bulang, zaytun yog'i surting. Qizdirilgan, quruq tovada go'shtni qovuring. Go'sht butunlay tayyor bo'lishi uchun gaz pechida tayyorlang.
2. Tayyor go'shtni bo'laklarga bo'ling.
3. Tanlangan sabzavotlarni somoncha shaklda to'rg'ang. Tovada qizdirilgan yog'da sabzavotlarni qovuring. Maydalangan ko'kat seping, loviya konservasini soling.
4. Lavash noni oson o'ralishi uchun ozgina isitib oling. Barbekyu sousi bilan surting va pishloq bo'lagini qo'ying.
5. Sabzavotlar, go'sht va qirg'ichdan chiqarilgan pishloq seping. Lavash noni chetlarini buking, rulet shaklida o'rang.
6. Mazali va vitaminlarga boy bo'lgan burittoni yaqinlaringizga taqdim eting.
Yoqimli ishtaxa!

Gulkaram sho'rva

Mol yoki qo'y go'shtining yog'liroq joyi va suyaklaridan solib, piyoz qo'shib qaynatiladi, so'ngra gulkaramning gul shohlarini o'zagidan ajratib, kubik shaklida to'g'ralgan sabzi bilan birga qaynab turgan sho'rvaga solib pishiriladi. Shuningdek, sho'rvaga parrak qilib to'g'ralgan kartoshka solingandan keyin olovni pasaytirib, 20 minut daqiqa...

Pitsa

Idishga unni, gazda erigan margarinni, choy sodasi va tuzli qatiqni solinadi. Tuhumni bittasini sarig'i olib qo'yiladi va qolgani idishga solinib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi va 4ta bo'lakka bo'linib, 30 daqiqaga tindiriladi. Hamir tingunicha nachinka tayyorlaymiz......

Qisqa muddatli parhez

Natija: 3 kunda 2-5 kg vazn tashlash mumkin. Taomnoma: kuniga 1,5 litr yog'siz qatiq bilan kifoyalanish. Agar judayam och qolsangiz, bir nechta nordon mevalardan iste'mol qilishingiz mumkin. Qanday: taomnomada belgilangan qatiq miqdorini 5-6 qismga bo'lib iching. Qulayligi: juda arzon va amal qilishda juda oson. Kamchiligi: faqat kuchli irodaga va...

Ikrali beylgl

Kanada, AQSh davatlarining mashhur va sevimli tamaddilaridan biri. Aslini olib qaraganda tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qattiq pishloq retsepti

Ko'pchilikning sevimli mahsuloti bo'lgan pishloq retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz! Bu juda ham mazali! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto

Dimlama – O’zbekistondagi eng mashhur taomlardan biri. “Dunyo xalqlari oshxonasi” tanlovining qatnashchisi sanaladi. Turli sabzavot va ko’katlar bilan go’sht kombinatsiyasi bu taomni nafaqat mazali va foydali, balki bayramona yorqin va chiroyli qiladi. Dimlamaning o’ziga xos xususiyati shundaki, barcha sabzavotlar yirik kesilgan, qatlam bilan...

Kartoshkali chips retsepti - uy sharoitida tayyorlash, qovurish, duxovkada pishirish usullari

...

Sabzavot-tovuqli gril

Mo'jizaviy ta'mga ega gazak! Nozik tovuq, vitaminlarga boy sabzavotlar bu chinakam lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pishloqli buterbrod

Gazak uchun ajoyib tanlov! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mo'jizaviy lazzatlanishni taqdim etadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Buni albatta tayyorlang!...

Moxito tayyorlash retsepti - alkogolsiz, sprayt va mineral suv asosli turlari

Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi....

Fikr qo'shish