Pishloqli buterbrod

Pishloqli buterbrod
Pishloqli buterbrod


Gazak uchun ajoyib tanlov! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mo'jizaviy lazzatlanishni taqdim etadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Buni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • Fransuz bageti
  • 2-3 osh qoshiq zaytun yog'i
  • 2-3 dona rayhon shoxchasi
  • 2 dona shirin bulg'or qalampiri
  • 150 gramm mosarella
  • 1 dona sarimsoq donachasi
  • Ta'bga ko'ra tuz va oregano
Tayyorlash usuli:
1. Bagetni 12-15 mm qalinlikda kesing. Baget bo'laklarini har tomonlama quruq tovada qovuring.
2. Sarimsoq donachasini tozalang va baget bo'laklarini bir tomonini surtib chiqing. Sarimsoq surtilgan qismni zaytun yog'i bilan surting.

3. Mosarella pishlog'ini baget noniga moslab kesing.
4. Bulg'or qalampirini gaz pechida butun holida pishiring. Sovuting. ichki qismini tozalang va katta bo'lmagan bo'laklarda kesing.
5. Bu bosqichda tayyorlangan masalliqlarni ketma-ketlik bilan terib chiqing. Mosarella, bulg'or qalampiri va rayhon ko'kati bargi.

6. Tayyor buterbrodlarni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Norin tayyorlash - retsepti, usullari, sirlari, kerakli masalliqlar, xamiri va go'shti

Norin bu somoncha qilib kesilgan go’sht va maxsus xamir, piyoz, murch aralashmasi va xushbo’y bulyon bilan tortiladigan juda mazali taomdir. Uni tayyorlash uchun an’anaviy tarzda qo’y yoki ot go’shtidan tayyorlangan bulyon va ishlatilishi shart bo’lgan masalliq – qazidan foydalaniladi. Xo’sh, norin qanday tayyorlanadi?...

Yogurt - resepti, uy sharoitida 3 xil turini tayyorlash usullari, texnologiyasi, sirlari

Tabiiy yogurt – ochlik hissini yaxshi qoldiradigan, qisqa muddatda ozishga yordam beradigan, sog’lom nonushta sifatida xizmat qiladigan ajoyib mahsulotdir....

Bulg'or qalampirli do'lma

2 ta piyoz mayda to'g'raladi. Unga tozalangan guruch yuvilib, qiyma go'shti bilan qo'shiladi. Tuzi rostlanib, ziravorlar qo'shiladi. Ozgina tomat pastasi xam qo'shish mumkin. Tayyor qiyma tozalangan (dumi olingan) bulg'or qalampiri ichiga joylanadi. Bunda qiyma joylashganidan so'ng qalampir ichiga ko'rsatkich barmoq sig'adigan joy qolishi lozim....

Tuxumli buterbrod

Ajoyib va juda ham mazali! Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Tez tayyorlanishi bilan birga chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qolipdagi tuxum

Bolalar va kattalar uchun ajoyib nonushta! Birzumda tayyor bo'luvchi, mazali asos solib tayyorlangan tuxum. To'yimli va shuningdek foydali hamdir....

Farshli seld balig'i

Bu juda ham mazali! E'tiboringizga taomnoma uchun chinakam yangilikni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib ajoyib ta'mni yuzaga keltiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Osh tayyorlash retsepti - masalliqlar, pishirish bosqichlari, usullari, sirlari

Osh tayyorlash retsepti yuzlab, minglab turlarga ega. Har bir oshpazda ushbu milliy taomni tayyorlashning o’z usuli va oshpazlik sirlari bor. Osh palovning eng taniqli turi – o’zbek oshidir....

Kabachkili kotletlar.

Kabachkilarni qirg’ichdan chiqaramiz, so’ng tabga ko’ra tuz, murch solib yaxshilab aralashtiramiz. Keyin un solib bir xilmassa xosil bo’lguncha aralashtiramiz....

Tovuq pishirish retsepti - tayyorlash usullari, mazali chiqishi uchun tavsiyalar

Duxovkada mazali qilib tovuq pishirish uchun nima qilish kerak? Bir qarashda har bir bekada bu savolga o’nlab javob topilishi kerakdek tuyuladi. Ammo aksariyat hollarda tovuq tayyorlash ko’nikmalari yuqori bo’lmasligi natijasida go’shtning quruq va qattiq bo’lib pishishi, ichi pishmay qolishi yoki po’sti qirsillamay chiqishi kuzatiladi. Bu holda...

Go'shtli rulet

Tuhumni oqini shakar bilan aralashtirib, issiq sutga solinadi. So'ng, 2 stakan un bilan achitqi solinib, suyuq hamir qoriladi va 2 soatga muzlatkichga qo'yiladi. So'ng, suyuq hamir muzlatkichdan olinib, to'z, yog', 3ta tuhum sarig'i va un solinib, yumshoq hamir qoriladi....

Fikr qo'shish