Xunuk qizga uylangan yigit

Xunuk qizga uylangan yigit
Xunuk qizga uylangan yigit

Otamning menga topgan kelini shumi? Shuncha yildan keyin katta hayajon bilan yurtga qaytdim va. Ko‘ngliga chiroq yoqsa yorishmasdi. Endi nima qilsin? Kelinga e’tibor bermay yotib uxladi. Kuyovning bu harakatidan gap nimada ekanini tushungan kelin kechaning oxirgi uchdan bir qismida erini uyg‘otishga harakat qildi. Lekin eri uyg‘onishni rad etdi. Kelin qayta harakat qildi, yana rad javobini oldi. Keyin uni uyg‘otish uchun erining yuziga suv sepdi. Eri uyg‘ondi va kelin asta tushuntira ketdi:

- “Xayolingizdan nimalar o‘tayotganini sezib turibman, go‘zal emasligimni bilaman. Lekin shuni bilishingizni istardimki, oila qurishni faqat bir sababdan istadim. Payg‘ambarimiz alayhis salomning bir hadislarni amalda ko‘rishni istadim. U zot shunday deganlar:
- “Kechasi namoz o‘qigan, ayolini ham namoz o‘qishga uyg‘otgan, agar bosh tortsa, yuziga suv sepgan kishiga Allohning rahmati bo‘lsin. Kechasi turib namoz o‘qigan, erini ham namoz o‘qish uchun uyg‘otgan, agar uyg‘onmasa, yuziga suv sepgan ayolga (ham) Allohning rahmati bo‘lsin. Vallohi, bu tilagimni amalga oshirganingiz uchun sizdan juda minnatdorman. Bu hadisni bajarishni juda istardim, lekin go‘zal emasligimni bilganim uchun, turmushga chiqishdan umidimni uzgandim. Iltimos, hadisni qolgan qismini men bilan ado etsangiz.

Kuyov uyg‘ondi, namozni birga o‘qidilar. Namoz tugagach kuyov kelinga qararkan hayratdan karaxt bo‘lib qoldi. O‘zi bu haqida shunday deydi:
- “Namozni tugatib, ayolimga qarar ekanman, oldinroq ko‘rganim, xunukkina ayol shu ekaniga ishonmasdim. Qasam ichib aytamanki, xuddi yonimda dunyoning eng go‘zal ayoli turardi.

Fikr qo'shish