Doktor (ibratli hikoya)

Doktor (ibratli hikoya)
Doktor (ibratli hikoya)

Jarroh doktor kasalxonaga kirib keldi. Bemorni operatsiya qilishdan avval duo qildi. So‘ngra amaliyot xonasiga kirib ketayotganda, kasal bolaning otasi jarroh doktorga yuzlanib bor ovozi bilan: - Nimaga kech qolasiz? O‘g‘limning hayoti xavf ostida bo‘lsa, insofingiz bormi o‘zi?, - deb baqirib ketdi.

Doktor sovuq tabassum qilib, javob berdi: - Iltimos, tinchlaning. Amaliyotimni eson omon tugatib olgunimcha meni duo qilib turing. Ishonchingiz komil bo‘lsin. O‘g‘lingiz Allohning panoxida.

Ota dedi: - Aka, sizni uyaltirish niyatim yo‘q. Agar sizning o‘g‘lingiz hayotidan judo bo‘layotgan bir paytda, tinchlangan bo‘lardingizmi? Boshqalarga nasihat qilish bunchalar oson ish bo‘lmasa.

Doktor indamasdan amaliyot xonasiga kirib ketdi. So‘ngra ikki soatdan keyin shoshib chiqib bemorning otasiga: - Amaliyotim muvaffaqiyatli o‘tdi. Allohga beadad shukr. O‘g‘lingizni axvoli juda ham yaxshi. Meni ma’zur tutasiz. Boshqa boradigan joyim bor, deb bemorning otasidan hech qanday savolini ham tinglamasdan chiqib ketdi.

Chiqib ketayotgan xamshiradan ota so‘radi. - Bunchalar mag‘rur bo‘lmasa bu doktor?
Xamshira: - O‘g‘illari avtohalokatda nobud bo‘lgandi. Shunga qaramasdan, o‘g‘lingizni ahvolini bilganlaridan keyin yo'q demasdan, tezda yetib keldilar. O‘g‘lingizni hayotini saqlab qolganlaridan keyin, o‘g‘illarini dafn etish uchun yana shoshilib ketdilar.

Boshqalar haqida xulosa chiqarishga shoshilmang, zero biz boshqalarni ichki kechinmalarini doimo bilishga ojizmiz

Fikr qo'shish