Yapon-paxta chizkeyki

Yapon-paxta chizkeyki
Yapon-paxta chizkeyki


Lol qoldiruvchi desert! Mo'jizaviy lazzatbaxsh va juda ham nozik. bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi dasturxon davrasida barcha uchun manzur bo'ladi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 6 dona tuxum oqi
  • 6 dona tuxum sarig'i
  • 200 ml sut
  • 60 gramm saryog'
  • 225 gramm tvorogli pishloq (almette, filadelfiya)
  • 140 gramm shakar kukuni
  • 70 gramm un
  • 20 gramm kraxmal
  • 6 gramm vanilin shakari
  • Bir chimdim tuz
  • Shakar kukuni, yalpiz bargi, o'rmon mevalari (bezash uchun)
Tayyorlash usuli:
1. Tvorogli pishloq, sut va saryog'ni birlashtiring. Suv xammomida bir xil massa hosil bo'lguncha aralashtiring.

2. Tuxum sarig'i, vanilin, 1/3 shakar kukunini birlashtiring va ko'pirtiring. Sut-pishloqli massani birlashtiring. Un va kraxmalni solib, aralashtiring. Tayyor aralashmani 2 marotaba sitodan o'tkazing.

3. Tuxum oqini bir chimdim tuz bilan yengil massagacha ko'pirtiring. Limon sharbati va qolgan shakar kukuni qismini oz-ozdan soling. Hajmini ushlab tura oladigan massa holigacha ko'pirtiring va pishloqli massaga qo'shib, aralashtiring.

4. Pergament qog'ozi yozilgan pishirish qolipiga tayyor xamirni soling. Xamir solingan pishirish qolipini kattaroq pishirish qolipi ustiga qo'ying va issiq suv quying.

5. 150 darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqa davomida pishiring. Bu vaqt o'tib, chizkeyk solingan qolip ustini pergament qog'ozi bilan yoping. Yana 30 daqiqa davomida pishiring.

6. Belgilangan vaqt o'tib, gaz pechini o'chiring va 20 daqiqa gaz pechi ichida qoldiring. So'ng, gaz pechi eshigini oching va butunlay sovuting.

7. Chizkeykni sovugandan so'ng, shakar kukuni, yalpiz va mevalar bilan bezating. Nozik va mazali desertni dasturxonga tortiq qiling.

Yoqimli ishtaxa!

Olmali pirog

Bugun sizlarga Svetaevning olmali pirogini tayyorlashni o'rgataman. Uni tayyorlashni xatto, pazandalikni endi o'rganayotgan uy bekasi xam bemalol pishira oladi. Pirog recepti juda xam oddiy. Tayyorlash uchun ko'p vaqt ketmaydi....

Paxlava

Paxlava – mashhur qandolatchilik pishirig’i bo’lib, qiyom quyilgan qavatlangan xamir va yong’oqdan iboratdir. Paxlava shirinligini tayyorlash sharq xalqlari oshxonasida keng tarqalgan. O’zbek oshxonasida paxlava an’anaviy tarzda Navro’z bayramida dasturxonga tortiladi....

Beze tayyorlash retsepti - kerakli masalliqlar, tavsiyalar, sirlari

Beze tayyorlash retsepti juda oddiy, buning uchun tuxum oqlarini shakar upasi bilan urib ko’pirtirish kerak. Ba’zan limon sharbati qo’shish talab etilishi mumkin. Biroq desert havodor va mazali bo’lishi uchun tavsiyalarga qat’iy amal qilish va masalliqlar nisbatini bilish zarur....

Qora shahzoda shirinligi

Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo'yamiz.  Idishda tuhum va shakarni oppoq bo'lgunicha ko'pirtiramiz. Salat yog'i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz. Aralashmamiz suyuq kashasimon bo'lgunicha un qo'shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo'lib, qizigan...

Olmali pirog tayyorlash retsepti - sharlotka, klassik variantlari, maslahatlar

Olmali pirog tayyorlash retseptlari juda ko’p. Biroq, eng ko’p xush ko’rib iste’mol qilinadiganlari sanoqli. Biz maqolada ikkita eng mashhur piroglar retseptini ko’rib chiqamiz....

Nozik tvorogli tort

Nomiga munosib nozik va mazali tort! Tez tayyorlanishi va natijasi bilan sizni hayratda qoldirishi turgan gap. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Tez orada mexmon kutishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz albatta ushbu tortni tayyorlang!...

Mast olicha torti (Торт Пьяная вишня).

Bu tort nomi bilan mast olicha bo’lib, tortni tayyorlashdan 1 kun oldin 2.5 stakan danagidan tozalangan olicha yoki giloaga 2 osh qoshiq shakar solib engil aralshtirib, yarim stakan spirtli ichimliklardan aroq, konyak yoki vino solib va ustini yopib xona xaroratida 1 kun qoldiramiz (bankaka berkitilgan bedanak gilos ishlatilsa shakar solinmaydi....

O'zbekcha Paxlava

E'tiboringizga mashhur Sharq shirinligi retseptini taqdim etamiz. Juda ham mazali bo'lgan shirinlik hattoki shirinlikni hushlamaydiganlarning e'tiboridan ham chetda qolmasligi aniq. Ushbu shirinlik kechki ovqatdan so'ng shak-shubxasiz desert o'rnini egallashi turgan gap....

Ajoyib desert: "Malika" torti

Ushbu tort shved qandolatchilari tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, uni Shvetsiyadagi istalgan shirinliklar do‘konidan topishingiz mumkin. Bir necha qavatli biskvit, mazali murabbo hamda vanilli krem ko‘pirtirilgan qaymoq bilan qoplanadi, uning ustidan esa yupqa va shirin marsipian qatlami ilova qilinadi. Tort ilk marta 1920 yilda Yenni Okerstryo...

Rogalik bulochka

2 stakan unga iliq sut, shakar, achitqi va tuz solinib, aralashtiriladi va 1 soatga issiq joyga o'rab qo'yiladi. Tuhum va yog' aralashtirilib, oshgan massaga solinadi. Va qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamir 5 bo'lakka bo'linib, har bir bo'lak yoyiladi......

Fikr qo'shish