Malina-shokoladli tort

Malina-shokoladli tort
Malina-shokoladli tort


Huddi orzudagidek desert tayyor bo'ladi. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 4 dona tuxum
  • 100 gramm jigarrang shakar
  • 2 osh qoshiq shakar
  • 75 gramm un
  • 25 gramm kakao kukuni
  • 75 ml apelsin sharbati
  • 400 gramm malini mevasi
  • 5 osh qoshiq malinali jele
  • 250 ml qizil uzum sharbati
  • 1 qizil jele tort uchun
  • Ta'bga ko'ra tuz
Tayyorlash usuli:
1. Tuxum oqdan sariqlarini ajrating. Tuxum oqlarini bir chimdim tuz bilan hajmini ushlab tura oluvchi massa shaklida ko'pirtiring.

2. Tuxum sariqlarini 100 gramm jigarrang shakar va 2 osh qoshiq issiq suv bilan bir xil massa hosil bo'lguncha ko'pirtiring.

3. Un va kakao kukunini birlashtiring. Navbat bilan tuxum sarig'i massasiga unli aralashma va tuxum oqini qo'shib, aralashtiring.

4. 30x40 sm hajmdagi pishirish qolipiga pergament qog'ozi yozing. Xamirni soling va tekislang. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 12 daqiqa davomida pishiring. So'ng, sovuting.

5. Biskvit korjini pergament qog'ozidan ajrating. Apelsin sharbati bilan shimdiring. Biskvit korjini 3 qismga bo'ling. Malina mevasini tozalang, yuving va suvi ajralishi uchun sitoga qo'ying.

6. Tayyor jeleni isiting va biskvitni jele bilan surtib chiqing.

7. Biskvitlarni bir-birini ustiga tering. Eng ustki qismiga malina mevasini tering. Uzum sharbati, shakar va tort uchun jeleni birlashtiring. jele qog'ozida ko'rsatilgan usul bo'yicha tayyorlang. Tayyor jeleni malina ustidan quying. Tortni 2 soatga muzlatgichga qo'ying.

8. Belgilangan vaqt o'tib, mazali va nozik desertni yaqinlaringizga taqdim eting.

Yoqimli ishtaxa!

Makli-farishta torti

Bayram dasturxoni uchun mo'jizaviy desert! Dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi ! Tayyorlanishi oddiy. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Krokembush - Fransuz shirinligi

Krokembush - fransuzcha tort hisoblanib, yengil va hushta'm. Tayyorlanishi biroz vaqtingizni olsada, natijasi har qanday dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi....

Lasos kremli rulet

Noan'anaviy va nozik gazak. Mexmonlarni lol qoldiruvchi va dasturxonda o'zining yorqin o'rnini egallovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Vanilinli panna kotta deserti

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Taomnomaga o'zgartirish kiritishning vaqti keldi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa bayram dasturxonida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Rulet tayyorlash - retsepti, xamiri va kremi uchun kerakli masalliqlar, sirlari

Ingichka biskvitdan tayyorlangan rulet dasturxoningizni ajib tarzda bezatadi va mehmonlarni quvontiradi. Rulet tayyorlash juda oson, biroq ko’pchilik bekalar uni pishirishdan cho’chishadi. Ushbu maqolada uy sharoitida turli xil nachinkali: murabboli, mevali, quyultirilgan sutli va kremli ruletlar tayyorlash usullari ko’rib chiqiladi....

Limonli zavarnoy krem

Mo'jizaviy va mashhur kremlardan birini e'tiboringizga taqdim etamiz. Nozik va mazali! Hushbo'y isi bilan yanada ishtaxaocharlik bag'ishlaydi....

Unsiz qovoqli pirog

Bugun qovoqdan tayyorlanadigan ajoyib pirog recepti bilan bo'lishamiz....

Shokoladli kopkeyk

Hushbo'y va nozik, ular sizni befarq qoldirmaydi! Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shokoladli glazur

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda ba’zi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u oqib ketmaydi, pishiriqqa mustahkam o’rnashadi....

Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu resept bo’yicha tayyorlanadigan mazali va hushbo’y vafli yetarlicha ko’p bo’ladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib o’rab, ta’bga ko’ra ichiga nachinka qo’shishingiz mumkin....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Шахло
    Шахло 27 октября 2020 19:44
    Шахло жуда зур

Fikr qo'shish