Makli-farishta torti

Makli-farishta torti
Makli-farishta torti


Bayram dasturxoni uchun mo'jizaviy desert! Dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi ! Tayyorlanishi oddiy. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
Biskvit uchun:


  • 100 gramm shakar
  • 5 dona tuxum sarig'i
  • 50 gramm mak
  • 50 gramm un
  • 30 gramm shakar kukuni
  • Bir chimdimdan tuz va limon kislotasi
Apelsin kurdi uchun:

  • 150 ml apelsin pyuresi
  • 100 gramm shakar
  • 5 dona tuxum sarig'i
  • 50 gamm saryog'
  • 1 choy qoshiq un
Krem uchun:

  • 250 gramm maskarpone
  • 100 gramm quyultirilgan sut
  • 80 gramm smetana
  • 20 gramm shakar
  • Vanilin tayoqchasi yoki 1 osh qoshiq vanilin
Tayyorlash usuli:
1. Un, mak va shakar kukunini birlashtiring. Tuxum oqiga tuz va limon kislotasini qo'shing, oz-ozdan shakar qismini solib, hajmini ushlab tura oladigan darajada ko'pirtiring. Extiyotkorlik bilan unli aralashmani solib, aralashtiring. Biskvit xamirini yumaloq pishirish qolipiga quying va 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishiring.

2. Bu vaqt mobaynida apelsin kurdisini tayyorlang. Blenderda pyure qilingan apelsinni sitodan o'tkazing. Apelsin pyuresiga saryog'dan tashqari barcha ko'rsatilgan masalliqlarni birlashtiring. Past olovga qo'ying va quyuqlashgunga qadar olovda ushlab turing. So'ng, saryog'ni qo'shing, bir xil konsistensiya hosil bo'lguncha aralashtiring, muzlatgichga qo'ying.

3. Tayyor bo'lgan biskvitni 1 soat mobaynida, pishirish qolipida sovuting. So'ng, biskvitni ikki qismga bo'ling va apelsinli kurdidan ikkala qismga surting. Krem tayyorlangunga qadar chetga olib qo'ying.

4. Kremni tayyorlang. Smetana va shakarni ko'pirtiring. Aloxida idishda maskarpone, quyultirilgan sut va vanilin tayoqchasining ichki qismini birlashtirib, ko'pirtiring. Maskarponeli massa va smetanali massani birlashtiring va aralashtiring.

5. Tortni yig'ishni boshlang. Biskvitning bir qismiga krem surting. Biskvitning ikkinchi qismini yoping. Tort devorlari va ustini krem bilan surting. Tortni 30 daqiqaga muzlatgichga qo'ying. So'ng, tort ustini hohishingizga ko'ra bezating. Ushbu retseptda shokolad toshlaridan foydalanilgan.

6. Nozik va mazali tortni dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaxa!

Shokoladli kopkeyk

Hushbo'y va nozik, ular sizni befarq qoldirmaydi! Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Rulet tayyorlash - retsepti, xamiri va kremi uchun kerakli masalliqlar, sirlari

Ingichka biskvitdan tayyorlangan rulet dasturxoningizni ajib tarzda bezatadi va mehmonlarni quvontiradi. Rulet tayyorlash juda oson, biroq ko’pchilik bekalar uni pishirishdan cho’chishadi. Ushbu maqolada uy sharoitida turli xil nachinkali: murabboli, mevali, quyultirilgan sutli va kremli ruletlar tayyorlash usullari ko’rib chiqiladi....

Kartoshka shirinligi

Mashhur va barcha uchun sevimli bo'lgan shirinliklardan birini sizga taqdim etamiz. Nozik va yoqimli shirinlik kechki ovqatdan so'ng ajoyib desert o'rnini egallaydi. Tayyorlanish jarayoni esa juda ham oddiy....

Makli-farishta torti

Bayram dasturxoni uchun mo'jizaviy desert! Dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi ! Tayyorlanishi oddiy. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pishirishsiz shokoladli chizkeyk

Chizkeyk deserti hattoki shirinlikni hush ko'rmaydiganlar uchun ham ma'qul desert. E'tiboringizga tez tayyorlanadigan, nozik va mazali chizkeyk retseptini taqdim etamiz. Dasturxon davrasida shirin suhbat va issiq choy bilan tanavvul qilish uchun ajoyib tanlov!...

Bulochka tayyorlash - retsepti, usullari, xamirturushli bulochka uchun masalliqlar

Bulochka – odatda yumaloq yoki oval shaklda bo’lgan kichik nonchalar. Bu kabi pishiriq juda mashhur – bolalikdan buyon barcha mazali bulochkalarni sevib iste’mol qiladi: shirin bulochkalar, mak, mayiz, dolchin, murabbo, kunjutli, uyni eslatadigan bulochkalar. Agar siz uy sharoitida tayyorlash uchun bulochka retseptini, xamirini tayyorlash...

Keks tayyorlash - retsepti, usullari, oddiy keks pishirish uchun kerakli masalliqlar

Keks deb biskvitli yoki xamirturushli xamiridan tayyorlangan shirin qandolat pishirig’iga ataladi. Kekslar tayyorlash usui qadimgi Rimda ham ma’lum bo’lgan, ammo bu pishiriq O’rta asrlarda mashhurlik yig’a boshladi. XVI asrdan boshlab keks Evropa bo’ylab keng tarqaldi. Ko’pgina mamlakatlarda ushbu pishiriq to’y, Rojdestvo va Pasxaga...

Yong'oq shirinligi

Pardek yengil va juda ham mazali shirinlik! Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallovchi shirinlik. Yaqinlaringiz uchun ushbu shirinlikni tayyorlang va hushkayfiyat ulashing....

Krokembush - Fransuz shirinligi

Krokembush - fransuzcha tort hisoblanib, yengil va hushta'm. Tayyorlanishi biroz vaqtingizni olsada, natijasi har qanday dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi....

Krem tayyorlash retsepti - tort uchun qaymoqli, tuxumli, zavarnoy va sariyog'li

Kremsiz an’anaviy tortni tasavvur qilish qiyin. Mazali krem ​​har doim tortning asosiga urg’u beradi, xoh u biskvit, qumoq yoki boshqa hamir turidan tayyorlangan bo’lsin. Quyida sizga tort uchun 5 ta eng ajoyib kremlar retsepti havola etiladi....

Fikr qo'shish