Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi

Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi
Ishga kechikmaslikning 6 qoidasi


Har bir kishi xoh davlat korxonasida bo’lsin, xoh hususiy ishxonada ishlasin, ishga kechikib borib, boshlig’idan dakki eshitishni istamaydi. Lekin ba’zida o’zimiz istamagan holda ishga kechikib qolamiz. Biroq ba’zilar deyarli har doim kechikishni kanda qilmaydilar. Shunday kezlarda kechikmaslik uchun nimalar qilish kerak? Bu savolda 6 ta qoida orqali javob beramiz.

1-qoida
Eng avvalo yarim kechagacha televizor ko’rmaslikni tavsiya qilgan bo’lardik. Chunki yarim tungacha televizor qarshisida o’tirgan kishi barvaqt turolmasligi tabiiy. Kechasi beriladigan filmlar yoki teledasturlar ko’pincha dam olish kunlari takroran namoyish etiladi. Demak, siz o’sha ko’rmoqchi bo’lgan teledastur yoki filmni dam olish kuni ham bemalol tomosha qila olishingiz mumkin. Faqat buning uchun dam olish kunlaridagi rejangizga buni kiritib qo’ysangiz bas.
2-qoida
Yodingizdami, maktabga boradigan paytingizda ota-onangiz maktabga tutadigan portfelingizni kechqurun tayyorlab qo’yishga majbur qilishardi. Siz bugungi kunda ham shu ishni takrorlashingiz mumkin, faqat maktab sumkasi o’rniga ertangi ishga kiyib boradigan kiyim kechaklaringiz va sizga yana kerak bo’ladigan boshqa buyumlarni daxlizga tayyorlab qo’ying. Uyquga yotishingizdan avvalroq ularni tayyorlab qo’ysangiz, ertalabki 15-20 daqiqa vaqtingizni tejagan bo’lasiz.

3-qoida
Ertalablari siz ishga borish taraddudiga qancha kam vaqt ajratsangiz, shuncha ko’p hotirjam bo’lasiz. Bir o’ylab ko’ring, ertalab ishga kiyiladigan kiyim yoki boshqa narsani qidirib, ishga kechikayotganingizni sezib tursangiz ko’proq asabiylashasiz. Bu esa yaqinlaringizga ham ta’sir o’tkazmay qolmaydi. Ertalabdan oila a’zolaringizni asablarini buzmasdan, aksincha ular bilan bir piyola choy ustida shirin suhbat qurishga nima yetsin!
4-qoida
Yotog’ingizda gimnastika qilishga o’rganing. Qanday qilib deysizmi? Yaxshilab kerishing, belingizni bir necha marta buking, qo’l-oyoqlaringizni tepaga ko’tarib yana pastga tushiring, eng so’nggi bosqichda quloqlaringizni uqalang. Bundan muolajalar sizni uyqu holatidan tezda o’zingizga kelishga, shuningdek organizmdagi qon aylanishi yaxshilanishida katta ko’mak beradi.
5-qoida
Ertalab uyg’onganingiz bilan derazani ochib, xonangizning havosini almashtiring. Bu usul ham insonni uyqusiramaslikka dav'at etadi. Yuzingizni esa sovuq suv bilan yuvishni maslahat beramiz.
6-qoida
Agar siz jamoat transportidan foydalansangiz, unda uyingizdan 30-40 daqiqa avvalroq chiqishga harakat qiling. Sababi, avtobus yoki boshqa jamoat transportlari ba’zan belgilangan vaqtdan ertaroq yoki kechroq kelishi mumkin.
Ishingiz orqali boyib ketishni istasangiz, ishga hammadan erta kelib, hammadan kech ketish kerak, deyishadi mashxur millionerlar. Mabodo siz bunday yo’lni istamasangiz, ishga vaqtida kelishni o’rganing.

Amerikalik tadqiqotchilarning dunyo bo’ylab olib borgan tadqiqotlarida, ma’lum bo’lishicha, ishga kechikuvchilar orasida yoshlar ko’pchilikni tashkil etarkan, 50 yosh va undan kattalar orasida bu holat kam uchrar ekan. Demak, yoshi ulg’aygani sari inson o’z ish joyiga masuliyat bilan qarar ekan.

Zaytun yog’i va uning foydali jihatlari haqida

Zaytun yog’i qadim zamonlardan beri eng foydali mahsulot sifatida tan olingan. Olimlarning aniqlashicha, zaytun daraxtining vatani qadimgi Misr bo’lib, misrliklar uni sexrli daraxt deya e’zozlashgan....

Dunyodagi mashhur va eng qimmat ko'zoynaklar

Ko'zoynaklar zamonaviy inson qiyofasining to’ldiruvchi so’nggi qismiga aylanishi mumkin bo'lgan muhim aksessuardir. Ushbu maqolada siz uchun eng noodatiy ko'zoynak modellarini to'pladik. Marhamat ular bilan tarnishing!...

Matraslar haqida ko’pchilik bilmagan 5 ta hayratlanarli fakt

Har bir uyda matraslar mavjud, biz bu buyumga o'rganib qolganmiz lekin unchalik ham e’tibor qaratmaymiz. Matraslar haqida siz bilmagan bir nechta dalillar mavjud. Ularni siz bilan bo’lishamiz!...

Romantik bastakor: Mendelson kim va uning to’y marshi qanday yaratilgan?

Mendelsonning to'ylarda jaranglaydigan marshi 1858 yil 25 yanvarda, malika Viktoriya to'yida jarang sochganidan so’ng ommalashib ketdi. Mendelsonning "To'y marshi" oila rishtalarini bog'lash uchun kelgan har bir juftlikka yaxshi tanish. Biroq, ushbu marsh aslida qanday yaratilganini ko'pchilik bilmaydi?......

BILASIZMI?

BILASIZMI? BIR DAQIQADA 6100 TA YaHShILIK. 😳 Bir daqiqada Fotixa surasini besh marta bemalol o'qish mumkin bo'ladi. Fotixa surasida 122 ta xarf bor. Bir xarfga esa 10 ta yahshilik va'da qilingan. 122h10=1220 ta yahshilik Fotixa surasini bir marta o'qishga beriladi.  Agar siz 5 marta bu ulug' surani o'qisangiz, 1220h5=6100 ta yahshilikga erishasiz....

Ko'ylak lozim fasonlari - zamonaviy milliy liboslar katalogi. Rasmlar 25

Bugungi kunda urfda bo’lgan o’zbekona ko’ylak lozimlar kengish fasonga ega bo’lib, orqa va oldida yig’ilgan koketkalar, tikma yenglar va ba’zan ko’tarilib turadigan yoqaga ega. E’tiborli jihati, bunday fasonlar urfda bo’lganligi bilan, milliyligini bugungi kunda ham yo’qotmagan. Ularni bayram tantanalariga kiyib borish ham yoqimli....

BUNI BARCHA BILISHI LOZIM

BUNI BARCHA BILISHI LOZIM Allox taolo aytadi: “Men jinlar va insonlarni faqat O'zimga ibodat  qilishlari uchungina  yaratdim”  (Zoriyot, 56-oyat)....

Dunyodagi eng taniqli brendlar o'rin egallagan logotipidan 10 ta makon

Ushbu maqolada biz sizga qaysi joylar taniqli brendlarni ilhomlantirganligini ko'rsatamiz....

Shimoliy Kavkazdagi Tamerlan (Amir Temur)

Jahon tarixidagi eng buyuk hukmdor va sarkardalar qatorida Aleksandr Makedonskiy, Gay Yuliy Tsezar, Napoleon Bonapart, Aleksandr Suvorovlar qatorida Temuriylar saltanatining asoschisi Temur ham bor. Evropada u Tamerlan nomi bilan mashhur bo'lib, fors tilidan tarjima qilingan "Timur-leng" laqabi "cho'loq Temur" degan ma'noni anglatadi. Temur...

Qo’lda kir yuvishning afzalliklari

Kir yuvish mashinalari ixtiro qilingach, qo’lda kir yuvishning ahamiyati susaygandek bo’ldi. Ammo barcha yumushlaringizni texnika “qo’l”iga topshirish ham yaramaydi......

Fikr qo'shish