Ota mehri

Ota mehri
Ota mehri

Uzok kishloklardan birida yashovchi Otaxonni un besh yoshli ugli oyogidan shikast yeb , kattarok shifokorlarga kursatish uchun poytaxtga junadi. Otaxon kap katta yigit bulib kolgan ugli oyogini bosa olmaganidan yelkasiga opichlab olgan. Kun issikligi sabab yoki yelkasidagi ugli yuki bosibmi otaxon yuz kuzidan marjonlab ter okardi...
Taksilar turadigan joyga yetib kelarkan ularni kurgan taksichilar biri kuyib biri chakira boshladilar. Bir taksichi kelib otaxon bilagidan ushlab uz mashinasi tomon tortkilay boshladi.
- yuring ota mashinaga, kayokka borasizlar?. Otaxon yelkasidagi uglini bir siltab yana yukorirokka kutarib oldida taksichiga karab,
- travmatologiya shifoxonasiga, bilasizmi u joyni?men shaxarni yaxshi bilmayman, uziz oborib kuyasiz... narxi kancha buladi? Otaxon bir kuli bilan chuntagidagi xamyonini paypaslab kuydi. Davolashga dori darmon, yana shifokor operatsiya kilamiz desa unga berish kerak. ..yonidagi puli ozrok, shunga xijolat bulib shofyorga karadi...
Shu orada yana bir taksichi kelib otani boshka yokka sudray boshladi.
- Mana men bilaman siz aytgan kasalxonani yuring men bilan, yulkira narxiniyam kelishamiz yuring...
Otaxon ter bosgan kavoklari ostidan multirab karab ikki taksichi urtasida turar , yelkasidagi uglini xam zamon bir kutarib yukorilab kuyardi
- dada oyogim ogrib ketyapti boraylik tezrok..Otaxonni ugli betokatlana boshladi.
- yulkiraga pulim ozrokda bolam, arzonrok olib borib kuyasizmi?
- xe Otaxon... sizni bekorga olib borib kuyishimiz kerakmi? Benzinni narxi kancha bulyapti uzi... Taksichilar biri kuyib biri otaxonga yulkirani oshgani, boradigan shifoxonasi uzokligini tushuntirishardi. Shu payt otaxonni orkasidan egniga yaxshigina kiyingan 25 yoshlardagi bir yigit keldida otaxonotaxonni uglini dast kutarib yelkasida oldi. Va
- Kani yuring Ota, dedida yulning narigi chetida turgan markasi chet elniki, kora rangli mashinasiga karab boshlab ketdi. Ota yelkasidagi yukdan yengillab yuz kuzini rumolchasi bilan terlardan arta ,yigit ketidan bordi. Yigit uglini mashina ichiga oyogini avaylab utkizarkan
- oshna nima buldi bu? deya nimtabassum bilan bola yelkasiga oshnalarcha kokib kuydi. Otaxon xam ugli yoniga asta utirarkan bunday mashinaga endi birinchi marta utirayotgani uchun xayajon va xijolatda yigitga karab kuydi.
- xa Otaxon, yul bulsin? suradi yigit.
- xa bolam shu uglimi oyogini katta doktorlarga kursatay degandim. Men shaxarni yaxshi bilmayman, u shifoxonaniyam kayerda bilmasam...
- Mayli ota xavotir olmang. Men uzim olib boraman sizlarni. Yoshim 27da uylanganman, besh yil buldi. Xali farzandimiz yuk. Sizni uglingizni yelkalab kutarib olganizi kurib men xam shunday Ota bulgim keldi... otalik mexri boshkacha bulsa kerak a Otaxon ? Yigit shifoxonaga yetgunlaricha ularni gox xazil gox jiddiy ma’noli gaplari bilan zeriktirmay bordi . Kasalxonaga yetib, mashinasini chetrokka kuydida bolani yana dast kutarib shifokor xuziriga olib kirib ketdi. U yerda kaysi xonalarga kirish kerak bulsa uzi bolani kutarib yurib uchrab chikdilar. Keyin bolani yana mashina ichiga utkazdida, shifokor yozib bergan kogozni olib bir necha aptekalarga uchrab dori darmonlarini sotib oldi va katta kora selofan paketga solib otaxonni yoniga kuydi. Ularni yana ortiga, uz mashinasiga utirgan taksilar turadigan bekatga kaytarib olib keldi. Shunda Otaxon ming xijolat bilan chuntagidan bor pulini olib yigitga uzatdi..
- bolam kancha buladi bu xizmatlariz, bor pulim shu edi yetadimi? Yigitga mexr bilan karab turgan Otaxonga yigit,
- Otaxon... menga pul kerakmas... ishim yaxshi, mol davlatim yetarli... fakat duo kiling... meni xam sizni uglizdek farzandlarim bulsin... duo kiling Otaxon shu yetadi.
Otaxon va uglini kuzatib kuyib endigina ishiga bor ish uchun yulga chikkan yigit telefoni jiringladi...
Ayoli ...
- .... meni kungim ayniyabdi... bozordan achchik karamli salat olib keling ....
Yigit titrokdan kulidagi telefoni yerga tushay dedi... yo Alloxim uzinga bexisob shukurlar bulsin!!!
Shu suzlarni eshitadigan kunim xam bor ekan...

Fikr qo'shish