Musofirman begona shaxar uzbekcha sher

Musofirman begona shaxar
Musofirman begona shaxar

Musofirman begona shaxar,
Begonadir ko‘chalari xam.
Qiynalganda sizni eslasam,
Ko‘zim to‘la yosh, kipriklarim nam!!!

Bugun to‘lib ketdimku Ona,
Su’ratingiz qo‘lga ushlasam.
Tomog‘imga tiqilar jonim,
Sizsiz to‘g‘ram nonni tishlasam!!!

Xayolimdan ketmaydi Onam?
Tandir oldi, eski o‘chog‘lar.
Million mushku anbardan a’lo,
Rayxon xidli issiq quchog‘lar!!!

So‘zlariga kirar ediku,
Qo‘radagi echki-buzog‘lar.
Odam bo‘lib kirmabman afsus,
Oramizda uzog‘-uzog‘lar!!!

Xayot ulkan dengizmi Ona?
Meni umrim chayqalgan kema.
Bolang qaxri tengsizmi Ona?
Bolam meni, mexribon dema.

Xayot shunday mashaqqat Ona,
Yevrosiyu, dolleri qursin.
Qo‘li qadok, o‘ksigan dillar,
Onasini yonida yursin!!!

O‘tdi onam, tug‘ulgan kunim,
Dustlar keldi, yug‘dayin kamim.
Sovg‘a-salom, nozli extiros,
Buni ko‘rib oshdi alamim!!!

Oyog‘imda qimmat tuflilar,
Xar kun yangi ko‘ylak kiyaman.
Lekin bugun afsusdaman man!
Sizga bitta ro‘mol oldimmi?

Cho‘lda o‘sdim, oddiy qishlog‘da,
Zo‘rman deya ko‘ksim kermadim.
Xo‘rlamoqchi bo‘lsada kimlar,
Men ularga so‘zim bermadim!!

Mana, bugun jonimga tegdi,
Begona yurt, begona shaxar.
Asaldayin totli bo‘lardi,
O‘z yurtimda ichsamam zaxar!!

Tepib sochib tashlagim kelar,
Sixlar to‘la temir mangalni.
Menga shular kerakmi Ona?
Men sog‘indim eski sandalni!!

Bir kun Ona borishlarim bor,
Kechgum bari kayfu-safodan.
Menga insof tushdimi Ona,
Tunda oydin, nurli samodan!!

Fikr qo'shish