Uch do‘st...

Uch do‘st...
Uch do‘st...

Uch do‘st kechasi yo‘lda ketayotib, yo‘l chetida bir kishining o‘ra qaziyotganini ko‘rib qolishibdi. Shunda ulardan biri sheriklariga: “Qaranglar, ana u kishi yo‘lning chekkasida o‘ra qaziyapti. Menimcha, u kimnidir o‘ldirgan bo‘lsa kerak, tunda ko‘mmoqchi shekilli?!”, debdi. Ikkinchisi: “Yo‘q, yo‘q, u kishi qotil emas! U kishi hech kimga ishonmas ekan, shuning uchun mol-mulkini kechasi odamlardan yashirib berkityapti shekilli”, debdi. Uchinchisi esa ularga qarab: “Unday ham emas, bunday ham emas. Bu kishi solih inson, bu kishi odamlar foydalanishi uchun quduq qaziyapti”, debdi.

* Ha, har bir inson o‘zining holatidan kelib chiqib fikr yuritadi. Yaxshi inson o‘zga odamlar haqida yaxshi gumonda bo‘ladi. Yomon inson esa o‘zgalar haqida yomon gumonda bo‘ladi.

“Hikmatlar chashmasi”dan

Fikr qo'shish