Pishloqli karp balig'i

Pishloqli karp balig'i
Pishloqli karp balig'i


Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozi, deyarli og'izda butunlay erib, mo'jizaviy lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 1 dona karp balig'i (taxminan 300 gramm)
  • 50 gramm pishloq
  • 20 gramm limon
  • 8 dona funduk yong'og'i
  • 1 dona sarimsoq donachasi
  • 1 bo'lak oq non
  • 1 dona piyoz
  • 1 choy qoshiq mayonez
  • 1 choy qoshiq shakar
  • Tuz va murch
Tayyorlash usuli:
1. Limonni yumaloq shaklda kesing, so'ng, 4 qismga bo'ling. Shuningdek, piyozni ham shu tarzda kesing va shakar seping.

2. Oq non bo'lagi, funduk, sarimsoq va pishloqni birlashtirib, blenderda aralashtiring. Aralashmani mayonez bilan aralashtiring.

3. Tozalangan karpni tuz va murch bilan barcha qismini surtib chiqing.

4. Baliq ichiga piyoz va limon aralashmasini soling. Pergament yoki folga qog'ozi yozilgan pishirish qolipiga baliqni qo'ying. Tayyorlangan pishloqli sousni quying. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 20-30 daqiqa davomida pishiring.

5. Hushbo'y va nozik baliqni tayyor bo'lishi bilan dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaxa!

Gruzin sousi "Satsebeli"

Satsebeli sousi - Gruzin oshxonasining universal souslaridan biri hisoblanadi. Nega deysizmi? Sababi ushbu sous barcha taomlar bilan iste'mol qilish uchun juda ham ma'qul sous. Ushbu sousni qishki g'amlama sifatida tayyorlash ham mumkin. Juda ham mazali!...

Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"

Nomiga munosib nozik va juda ham mazali! Chexiya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga lazzat bag'ishlashi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qovoq somsa

Qovoq, kartoshka, piyoz va dumba yog'i kubik qilib to'g'raladi. Tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa yoyilib, omuhta yog' surtiladi. Hamir rulet xoliga keltirilib o'raladi. Va uni muzlatkichga 1 soatga qo'yiladi. Hamir muzlatkichdan olinib, bo'laklarga bo'linadi. Va bo'lakchalar cheti jo'valanib, dumaloq shakl beriladi. Bunda dumaloq shakl...

Pirog "Sabzavotlar savatchasi"

E'tiboringizga vitaminlarga boy va mazali pirogni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Asosli kroketlar

Ustki qismi qarsildoq, ichi nozik asosli - bu juda ham mazali! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Ikrali beylgl

Kanada, AQSh davatlarining mashhur va sevimli tamaddilaridan biri. Aslini olib qaraganda tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Sous "Pesto"

Italiya oshxonasining mashhur va sevimli souslaridan biri. Salatlar va go'shtli taomlar uchun tayyorlanadi. Hushbo'y va mazali sous! Ushbu retsept yangicha usul bilan tayyorlangan albatta sinab ko'ring!...

Holodes

Mol oyog'i suvda suyagidan ajralgunicha qaynatiladi. So'ng, suvdan olib, suyagidan ajratib, to'g'rab, qayta solinadi. Ustiga go'sht mayda to'g'ralib solinadi. Go'sht pishgach, tuz va ziravorlar, to'g'ralgan sarimsoqpiyoz solib, yana 5-10 daqiqa qaynatiladi....

Qisqa muddatli parhez

Natija: 3 kunda 2-5 kg vazn tashlash mumkin. Taomnoma: kuniga 1,5 litr yog'siz qatiq bilan kifoyalanish. Agar judayam och qolsangiz, bir nechta nordon mevalardan iste'mol qilishingiz mumkin. Qanday: taomnomada belgilangan qatiq miqdorini 5-6 qismga bo'lib iching. Qulayligi: juda arzon va amal qilishda juda oson. Kamchiligi: faqat kuchli irodaga va...

Pishloqli buterbrod

Gazak uchun ajoyib tanlov! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mo'jizaviy lazzatlanishni taqdim etadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Buni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish