Adolatli bo'ling

Adolatli bo'ling
Adolatli bo'ling


Masjiddan qaytayotgan ikki qo‘shni suhbatidan:
– Qo‘shni, yangi imomizning qiroatlari chiroyli ekan-a! Namozlarni maza qilib o‘qiyapmiz.
 Ma’ruzalari ham ma’noli, Qur’on-hadisdan gapirar ekanlar. Alloh rozi bo‘lsin, ilmli inson ekanlar.

– "Olim bo‘lma, odam bo‘l", deyishadi. Ilm bo‘lsa-yu, ilmiga amal qilmasa bundan yomoni yo‘q. Ba’zi imom-domlalar ilmiga amal qilmaydi. 
Bu yangi domlayam eski imomimizdek ilmiga amal qilmas ekan...

– Hoy, qo‘shni, mayli domlalarni qo‘yib turaylik. Sizdan anchadan beri bir narsa haqida so‘ramoqchi bo‘lib turgandim.

 Harqalay diniy ilmingiz mendan ko‘ra tuzukroq. Ayrimlar g‘iybat qilishni hanafiy mazhabidan boshqa mazhablarda joiz deyishyapti. Haqiqatan ham ba’zi mazhablarda g‘iybat qilish joizmi?

– Kim aytyapti shu gapni?! G‘iybatni mutlaq harom qilingani aynan Qur’onning o‘zida zikr qilingan. To‘rtala mazhabda ham g‘iybat qilish – harom! Men buni aniq bilaman!

– G‘iybat hukmini aniq bilsangiz nega o‘zingiz amal qilmaysiz? Nega mulla-imomlarni hadeb g‘iybat qilaverasiz? 
Agar ular ilmiga amal qilmasa, siz ham bilganingizga amal qilmayapsiz-ku!
 Bir vaqtning o‘zida "ilmiga amal qilmaydi", deb ikkala imomimizni ham g‘iybat qildingiz-a! 
Ustiga-ustak, “To‘rtala mazhabda ham g‘iybat qilish – harom! Men buni aniq bilaman!” – deyishingiz meni hayron qoldirdi. Ilmiga amal qilmayotgan biror domlani ko‘rganimizda o‘zimiz ham qanchadan-qancha bilganlarimizga amal qilmayotganimizni ham o‘ylaylik! Musulmon odam har tomonlama insofli, adolatli bo‘lishi kerak, qo‘shni!

– Gapingiz to‘g‘ri, qo‘shnijon. G‘aflatda qolibman, tavba qildim! Ko‘zimni ochdingiz. Sizdek insonni menga qo‘shni qilib bergan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin!..

Marinaning «oshiqlari»

Retsidivist Nikolay Redkin o‘zining navbatdagi muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘tadi. Uning Permda yashovchi Marina ismli kelishgan tanishi bor edi. Nikolay uni o‘z qallig‘i deb hisoblar va amnistiyaga tushib, ozod bo‘lgach, uylanish uchun ayolnikiga borib, yangi hayotni boshlamoqchi edi. Biroq oxirgi vaqtlarda hech qanday...

Koʻk daftarning siri

Bu daftarni men toʻqimachilarning madaniyat saroyi oldidagi xiyobondan topib oldim. Bolalarning qishqi ta’tili boshlangan payt edi. Shaharning barcha maydonlaridagi kabi toʻqimachilar xiyobonida ham katta archa oʻrnatilib, xilma-xil oʻyinchoqlar bilan bezatilgan. Ertadan-kechgacha atrofidan bolalar arimaydi. Hatto, kechqurun ishdan qaytayotganimda...

Mehrli bo'laylik

Televizori buzilib qolgan bir musulmon oilasi, uni tuzatish uchun uyiga sozlovchi ustani chaqirdilar. Usta televizorni sozlamoq uchun orqa uskunalarini ochdi-yu... xayratdan dedi:......

Hazonli kunlar. Tuzoq... 2-qism

Sarvihon qaynonasining zaxarhanda gaplaridan alamini ko'z yoshlaridan oldi va o'ziga kelib, kelinlik yumushlarini bajarish maqsadida xovliga chiqdi. Oshhona sari yo'l olar ekan, xovliga kimdir kirib kelayotganiga ko'zi tushdi. Bu Qumri amma edi, aslida, Sarvihonni topgan mana shu Qumri amma edi......

ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (2-qism)

TUTQUNDA «Mana shu yerdan jilmasligim kerak, — o'yladi Mehmonali uyoqdan-buyoqqa qo'llarida zil-zambil sumkalar bilan o'tib turgan yo'lovchilarga zimdan boqib. — Tursam, kimdir egallab qo'yadi. Undan keyin qaerda mizg'iyman. Ertaga mardikorlikka chiqishim zarur. Aks holda ochdan o'lish hech gapmas....

Men sevgan qiz foxisha ekan..

Kunlardan bir kuni uzoq safardan uyga qaytdim.Hamma xursand hamma meni qaytib kelganimni eshitib,uyimga yig'ilishib keldi ko'plab tabriklar eshitdim.Oradan 1-hafta o'tdi va uyda biroz dam olganimdan keyin,ko'chaga chiqib atrofni tomosha qilgim keldi.Yoshim 21-da ayni yigitlik chog'imda bundan 5-yil oldin bir qiz bilan tanishib,uni sevib qolgandim...

Bahillik horlik keltiradi

Xikoya qilinishicha, er va hotin tovuq go'shtidan tayyorlangan taomni yeb o'tirishganda, to'satdan eshik taqillab qolibdi......

Shariatda bir xukmning fatvo va taqvo taraflari bor

Shariatda bir xukmning fatvo va taqvo taraflari bor. Taqvo yuzasidan rӯzaning xukmi shuki, rӯzador faqat eyish-ichishdan emas, balki nafsni xaromga undovchi barcha narsalardan tiyilishi kerak. Yolg'on, sӯkish, urish-janjal, birovning dilini og'ritish, arazlashib yurish, kӯzini nomaxramdan tiymaslik, fahsh ish va gap-sӯzlardan qochmaslik, bema'ni...

Qotil ota qismati…

Qotil ota qismati…Do’stimiz dilidegi dardlar…!!! Barchaga ma’lumki kirakawlik oila tebratiw,farzandlarning to’kis kamoli uchun eng qiyin va nochor iwlardan biri. 35 yil qo’lim rulda bo’ldi.Tong saxardan to yarim tungacha ko’zlarim tolib tirikchilik uchun kirakawlik qilib pul topardim.Ba’zida farzandlarimga otang nima iw qiladi deyiwsa kirakaw...

Dada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?.

Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga olib borganida, oyisi...

Fikr qo'shish