Ayol qaysarligi salati

Ayol qaysarligi salati
Ayol qaysarligi salati


Nomlanishi noan'anaviy bo'lgan mazali va nozik salat. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa sizni lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 400 gramm tovuq go'shti filesi (qaynatilgan)
  • 100 gramm qora olxo'ri qoqisi
  • 4 dona tuxum
  • 200 gramm bodring
  • 100 gramm pishloq
  • 180 gramm mayonez
  • 1 choy qoshiq tuz
Tayyorlash usuli:
1. Olxo'ri qoqisini sovuq suv bilan yuving, 10 daqiqaga issiq suvda uyuting.
2. Bodringni somoncha shaklida to'rg'ang yoki qirg'ichdan chiqaring.
3. Pishloq salatda yanada nozik bo'lishi uchun pishloqni qirg'ichning kichik tomonidan chiqaring.
4. Sovutilgan tovuq go'shtini mayda shaklda to'rg'ang.
5. Pishirilgan tuxumni mayda to'rtburchak shaklda to'rg'ang yoki sabzavot maydalagichdan chiqaring.
6. Olxo'rini mayda shaklda to'rg'ang.
7. Salatni yig'ishni boshlang. Salat yig'iladigan idishga halqa qolipini qo'ying.
8. Birinchi qatorga tovuq go'shtini soling, mayonez surting.
9. Bodringni soling va mayonez surting. Har bir salat qatorini mayonez bilan surting.
10. Tuxumni soling.
11. Olxo'rining bir qismini bezash uchun olib qo'ying. Qolgan qismini soling va ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni soling.
12. Pishloq ustini qolgan olxo'ri bilan bezating. So'ng, qolipni oling.
13. Mexmonlarni va yaqinlaringizni lol qoldirish uchun salatni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Vitaminga boy salat

Sarimsoq piyozni mayda to'g'rab, karam, ziravorlar xamda yog' bilan yahshilab aralashtiriladi. Ustiga 0,5 choy qoshiqda sirka solinadi va usti berkitiladi. Qolgan masalliqlar somoncha usulida to'g'raladi. So'ngra xamma masalliqlar birga aralashtiriladi. Bu salatga go'sht qo'shilsa, yanada mazali va xushho'r bo'ladi....

Sharqcha usulda tayyorlangan baqlajonli salat

Bekajonlar sizlarga ajoyib, juda ham qiziq, mazasi esa achchiqroq salat retseptini taqdim etaman. Birzumda tayyor bo'luvchi mazali salat sizga va yaqinlaringizga juda ham ma'qul bo'lib, yoz mavsumida tez-tez tayyorlashga odatlanasiz. Ushbu salat quyuq taomlar bilan tortilsa bormi? Dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmaydi....

Shprotli gazak

Qora non, avval parrak, so'ngra uchburchak qilib kesiladi. Tosterda yoki tovada ozgina sariyog' bilan ikki tomoni qizartirib olinadi. Pomidor va bodringlar ingichka parrak qilib kesiladi. Sarimsok piez eziladi yoki mayda to'g'ralib, mayonez bilan aralashtiriladi. Non bo'lakchalari ustiga mayonez aralashmasi surib chiqiladi. So'ng, salat bargi, bir...

Ko'klamoy salat

Shoshilinchda tayyorlash oson va tez bo'lgan vitaminlarga boy baxoriy salat. Bodring va ko'katlar yuvib, mayda to'g'raladi. Ta'bga ko'ra ziravorlar solib, qatiq bilan aralashtiriladi....

Noz-noz salat

Tovuq go'shti qo'lda maydalanib, tuhumga aralashtirilib, yog'da qovurib olinadi. Aloxida idishga suharik, maydalangan sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq mayonez solinib, (ta'bga qarab ko'kat qo'shishingiz mumkin) aralashtiriladi. Qolgan masalliqlar kubik qilib to'g'raladi va aloxida idishda aralashtiriladi....

Vera salat

Baqlajon yirik somoncha to'g'ralib, idishga solinib, tuz sepiladi. Piyoz yirik to'g'ralib, qovuriladi. 10-15 soniyadan so'ng baqlajonni o'zidan chiqqan suvidan ajratilib piyoz ustiga solinib, qovuriladi....

Gazak "Pishloqli lazzatlar"

Nomiga munosib lazzat bag'ishlovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Bir zumda salati

Barcha masalliqlar kubik qilib to'g'raladi. Ta'bga qarab tuz sepiladi va mayonez bilan aralashtiriladi....

Mimoza salati

Idishga konserva baliq solinadi. Ustidan sanchqida bo'laklanadi. Baliq ustiga suvda qaynatilgan va qirg'ichdan chiqarilgan kartoshka solinadi. Uning ustiga qaynatilgan tuhum oqi qirg'ichdan chiqariladi. Keyingi qatlamga mayonez surtiladi. Ustiga qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepiladi. Qolgan tuhum sarig'i bilan salat bezatiladi....

Gruzincha tuzlangan karam

Bu juda ham mazali va foydali. Vitaminlarga boy. Quyuq taomlar uchun ajoyib qo'shimcha. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    феруза
    феруза 14 декабря 2020 07:39
    кивили салат хакида ёзила илтимос

Fikr qo'shish