Nyu York chizkeyki

Nyu York chizkeyki
Nyu York chizkeyki


Bayram dasturxoni uchun ajoyib desert! Amerikaliklarning sevimli deserti. Chizkeykning klassik usuli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 300 gramm oson ushoqlanadigan pechenya
  • 100 gramm saryog'
  • 0.5 choy qoshiq muskat yong'og'i
Asosiga:

  • 600 gramm tvorogli pishloq (almette, filadelfiya)
  • 150 gramm shakar
  • 200 gramm qaymoq
  • 3 dona tuxum
  • 1 choy qoshiq limon sharbati
  • Vanilin ekstrakti (ta'bga ko'ra)

Tayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda desertning asosiy qismini tayyorlang. Pechenyani blender yordamida maydalang va muskat yong'og'i bilan aralashtiring. Yumshatilgan saryog' va pechenyani birlashtiring, aralashtiring.
2. Natijada qumli massa hosil bo'ladi.
3. Diametri 24 sm hajmdagi pishirish qolipini saryog' bilan surting. tayyorlangan massani pishirish qolipi devorlari bo'ylab yoyib chiqing. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa davomida pishiring. So'ng, sovuting.
4. Desert asosini tayyorlang. Tvorogli pishloqga 3 tomchi vanilin ekstrakti, limon sharbati, shakarni birlashtiring va aralashtiring.
5. Birma-bir ketma-ketlikda tuxumni soling. Har bir tuxumdan so'ng, albatta aralashtiring.
6. So'nggi navbatda qaymoqni pishloqli massaga qo'shing va aralashtiring.
7. Tayyor massani pishirilgan korjga quying va tekislang.
8. Birinchi desertni 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqaga, so'ng, 110 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soat 20 daqiqa, 1 soat 30 daqiqa davomida pishiring. Gaz pechining pastki qismiga idishda suv qo'ying.
9. Belgilangan vaqt o'tib desertni bir necha bosqichlarda sovuting. Gaz pechini o'chirish bilan desertni gaz pechi butunlay sovuguncha gaz pechida sovuting. So'ng, butunlay xona haroratida sovuting. Tayyorlangan desertni tungi vaqt davomida muzlatgichga qo'ying.
10. Belgilangan vaqt o'tib nozik desertni mevalar bilan bezating. Mazali desertni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Rogalik tayyorlash - resepti, usullari, xamiri va nachinkasi turlari, tavsiyalar

Mazali rogaliklar tayyorlash usullari ko’p va bu pishiriq barchaga hush keladi. Quyidagi resept qumoq xamirdan tayyorlanadigan turi hisoblanadi va uni nachinka bilan yoki nachinkasiz tayyorlash mumkin. Nachinka sifatida yong’oq, murabbolar, shakar aralashtirilgan tvorog, mak kabi masalliqlardan foydalansa bo’ladi....

Margaritka shirinligi

Un idishga solinib, qavartma bilan aralashtiriladi. Unga uy xaroratida yumshagan margarin qo'shilib, uqalanadi. Tuhum sarig'i (oqidan ajratilinib) unga solinadi. Smetana va choy sodasi aralashtirilib, unga qo'shilib, hamir qoriladi. Hamir qo'lga yopishmaydigan yumshoq bo'lgunicha un qo'shiladi. Tayyor hamir 4-5 zuvalaga bo'linib, tindiriladi....

Olmali pirog tayyorlash retsepti - sharlotka, klassik variantlari, maslahatlar

Olmali pirog tayyorlash retseptlari juda ko’p. Biroq, eng ko’p xush ko’rib iste’mol qilinadiganlari sanoqli. Biz maqolada ikkita eng mashhur piroglar retseptini ko’rib chiqamiz....

Paxlava

Paxlava – mashhur qandolatchilik pishirig’i bo’lib, qiyom quyilgan qavatlangan xamir va yong’oqdan iboratdir. Paxlava shirinligini tayyorlash sharq xalqlari oshxonasida keng tarqalgan. O’zbek oshxonasida paxlava an’anaviy tarzda Navro’z bayramida dasturxonga tortiladi....

Shokolad tayyorlash resepti - sut va kakaodan oddiy shirinlik, bosqichlari + foto

Aslida uy sharoitida haqiqiy shokolad tayyorlash oson vazifa emas. Axir, shokoladning muhim tarkibiy qismi bo’lgan kakao yog’ini har qanday do’kondan xarid qilib bo’lmaydi....

Lasos kremli rulet

Noan'anaviy va nozik gazak. Mexmonlarni lol qoldiruvchi va dasturxonda o'zining yorqin o'rnini egallovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Makli-farishta torti

Bayram dasturxoni uchun mo'jizaviy desert! Dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi ! Tayyorlanishi oddiy. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Muzqaymoq tayyorlash - retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi o’zining sevimli ta’midan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qo’shimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan....

Nozik tvorogli tort

Nomiga munosib nozik va mazali tort! Tez tayyorlanishi va natijasi bilan sizni hayratda qoldirishi turgan gap. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Tez orada mexmon kutishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz albatta ushbu tortni tayyorlang!...

Olmali pirog

Bugun sizlarga Svetaevning olmali pirogini tayyorlashni o'rgataman. Uni tayyorlashni xatto, pazandalikni endi o'rganayotgan uy bekasi xam bemalol pishira oladi. Pirog recepti juda xam oddiy. Tayyorlash uchun ko'p vaqt ketmaydi....

Fikr qo'shish