Soya sousi ostidagi bodring

Soya sousi ostidagi bodring
Soya sousi ostidagi bodring


Bu juda ham mazali va hushbo'y! Juda ham tez tayyorlanaigan, oddiy salat. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 500 gramm mol go'shti (qaynatilgan)
  • 400 gramm bodring
  • 1 dona piyoz
  • 30 ml soya sousi
  • 25 gramm ko'k piyoz
  • 2.5 osh qoshiq o'simlik yog'i
  • 1 osh qoshiq limon sharbati
  • 1 choy qoshiq qizil qalampir kukuni
  • 1 choy qoshiq zanjabil
  • 1 osh qoshiq kunjut
  • Ta'bga ko'ra tuz
Tayyorlash usuli:
1. Bodringni uzun somoncha shaklda, o'rta qalinlikda to'rg'ang.
2. Piyozni halqa shaklida kesing. Tovada qizdirilgan yog'da quvuring. Piyoz tilla tusga kirishi bilan piyozni yog'dan suzib oling.
3. Qaynatib, sovutilgan mol go'shtini somoncha shaklda to'rg'ang.
4. Oshxona tog'orachasiga go'sht, bodring, mayda to'rg'algan ko'k piyozni birlashtiring va piyoz qovurilgan issiq yog'ni masalliqlar ustidan quying.
5. Aloxida idishda soya sousi, limon sharbati, zanjabil, qizil qalampir va tuzni birlashtiring.
6. Tayyor aralashmani bir necha daqiqaga qoldiring.
7. Salatni bezash uchun 1 dona bodringni koreyscha sabzi tayyorlanadigan qirg'ichdan chiqaring.
8. Tayyor sousni tayyorlangan masalliqlar bilan birlashtiring, aralashtiring. 10-15 daqiqaga qoldiring.
9. Tayyorlangan salatni salat idishi o'rtasiga soling. Kunjut seping. Salat idishi chetlarini qirg'ichdan chiqarilgan bodring va yorqin rangdagi meva bilan bezating. Masalan ushbu retseptda qizil smorodinadan foydalanilgan. Tayyor salatni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Dollar salati

Go'sht parrak qilib to'g'raladi. Tuhum, bodring 2ga bo'lib parrak to'g'raladi. Ko'k piyoz yirik to'g'raladi. Xamma masalliqlar ustiga tuz sepilib, keyin aralashtiriladi....

Ayol qaysarligi salati

Nomlanishi noan'anaviy bo'lgan mazali va nozik salat. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa sizni lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Turpli salat

Xamma masalliqlar mayda somoncha to'g'raladi. To'g'ralgan turpni tahiri chiqishi uchun biroz muddatga suvga solib quying. So'ngra, barchasi aralashtiriladi....

Gruzincha tuzlangan karam

Bu juda ham mazali va foydali. Vitaminlarga boy. Quyuq taomlar uchun ajoyib qo'shimcha. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

"Shuba ostidagi seld" salati resepti - tayyorlash bosqichlari, rasmlar, tavsiyalar

Shuba ostidagi seld yoxud shuba salati eng mashhur ruscha salatlardan biridir. U salatsiz deyarli hech bir bayram, ayniqsa yangi yil bayrami o’tmaydi. Salatni tayyorlash retsepti yetarlicha oson, har bir beka buni uddalay oladi....

Vinegret salati tayyorlash - retsepti, bosqichlari + rasmlari, foydali tavsiyalar

Vinegret ham bayram dasturxoni, ham kundalik tamaddilar uchun juda mos keladigan salat. Barchaga ma’lumki, salatning asosini sabzavotlar tashkil etadi va bu organizm uchun juda foydalidir. O’simlik moyi bu holda mayonez o’rnini yaxshi bosa oladi. Vinegret tayyorlash hatto yosh bekalarda ham qiyinchilik chaqirmaydi. Demak, marhamat....

Maftun salat

Tuhum suvda pishirib, artiladi. Bodring, kolbasa, qo'ziqorin, tuhum va salat bargi somoncha shaklida to'g'raladi. Xamma masalliqlar mayonez bilan aralashtiriladi. Tayyor salat likopchalarda dasturhonga tortiladi....

Mimoza salati

Idishga konserva baliq solinadi. Ustidan sanchqida bo'laklanadi. Baliq ustiga suvda qaynatilgan va qirg'ichdan chiqarilgan kartoshka solinadi. Uning ustiga qaynatilgan tuhum oqi qirg'ichdan chiqariladi. Keyingi qatlamga mayonez surtiladi. Ustiga qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepiladi. Qolgan tuhum sarig'i bilan salat bezatiladi....

Baqlajonli salat

Tuhum, un va tuz idishga solinib, aralashtiriladi. Baqlajonlar 5-7 sm qalinlikda parrak qilib to'g'raladi va tuhumli aralashmaga botirib olinib, tovada, yog'da ikki tomoni qizargunicha qovuriladi....

Tabassum salat

Kabachki, bulg'or qalampiri, bodrin va pomidor yirik somoncha qilib to'g'raladi. 1 ta tuhum idishga atalanib, ustiga tuz sepib, to'g'ralgan kabachki solinib, aralashtiriladi. So'ng, yog'da qovuriladi. Ikkinchi tuhum aloxida idishda atalanib, ustiga tuz sepib, to'g'ralgan bulg'or qalampiri solinib, aralashtiriladi va u xam aloxida yog'da qovuriladi....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Самат
    Самат 13 сентября 2022 12:00
    Канча.вакт.саклаш.мумкин

Fikr qo'shish