Olmos

Olmos
Olmos


Afrikalik savdogar olmos tosh sotib oldi. Hajmi tuxumning sarig‘idek edi. Ammo uning kamchiligi bor edi. O‘rtasiga darz yetgandi.
Bu narsa esa uning go‘zalligi va qiymatiga futur yetkazardi.

U zargarning yoniga madad so‘rab bordi... Zargar uni aylantirib - aylantirib ko‘rib:
- Agar buni shu darz ketgan joyidan teng ikkiga bo‘linsa, qiymati butun holatidagidan ko‘ra qimmatroq bo‘ladi. Ammo bu ish mening qo‘limdan kelmaydi. Olmosni bo‘lishning o‘zi oson emas. Salgina noto‘g‘ri zarba uni arzimas parchalarga bo‘lib tashlashi mumkin, - dedi.


Savdogar uning oldidan chiqib zargar izlay boshladi. Qaysi biriga ko‘rsatmasin, bu ishni qilishdan bosh tortishar, qimmat baho toshga qo‘l tekkizishdan qo‘rqishar edi.
U oxiri Amsterdamgacha yetib bordi.
Unda yoshi ulug‘ mohir zargarni topdi.
Lekin u ham boshqa hamkasblari qatori bu ish juda mushkulligi va ozgina ehtiyotsizlik toshning qiymatiga futur yetkazishidan ogohlantirdi. Ammo savdogarning sabri tugagan, hech qanday gap - so‘zni eshitgisi kelmasdi. .

Mo‘ysafidning do‘konini bir burchagida yoshgina yigit ularga orqa o‘girib ish bilan mashg‘ul edi. Zargar uni chaqirdi. Shogird ularning yoniga keldi. Ustozi unga toshni berib:
- Buni ikkiga bo‘lib kel! - dedi. Hech qancha vaqt o‘tmay ikki bo‘lak go‘zal toshni cholning kaftiga qo‘ydi.
Savdogar hangu - mang bo‘lib, zargarga dedi:
- Qanday yaxshi, shundoqqina azamat, tajribali shogirdingiz bor ekan.
Zargar dedi:
-Bu yigitning shogird tushganiga endigina uch kun bo‘ldi. Agar u bu toshning bahosini bilganida edi, hech qachon uni ikkiga bo‘la olmasdi.

Sabr jannatga yo‘ldir

Yigirma yoshda edim. Ustozim bilan bir kitob o‘qidik. Nomi yodimdan ko‘tarilgan, arab tilidagi she’riy kitobning mazmuni bunday edi: o‘n uch yoshli qiz og‘ir kasallikka chalinadi. Iztirobda qolgan onaizor qiziga buni bildirmaslik uchun, qo‘lidan nima kelsa, qiladi. Lekin kun kelib haqiqatni bilgan qiz onasiga dil so‘zlarini bunday bayon qiladi:...

QARI EShAK MONOLOGI (hajviya)

Biz eshaklar ko'p yashamaymiz. Shunga qaramay, umrimning teng yarmini xo'jayinga bag'ishladim. Halol xizmat qildim. Hali somon, hali pichan, hali o'tin tashidim. Bu ham yetmagandek, tez-tez xo'jayin meni minib qishloq aylanardi. Biqinimga turtar, tezlashmasam, qamchin bilan savalab qolardi. Qishloq kraniga suv kelmasayam men balogardon edim....

TATAR KAMPIR…

Etmishdan o'tgan, uzoq yillik bel og'rig'i qaddini egib qo'ygan Nina xolaning uch xonali kvartirasi xorij musiqasi, qichqirib sakrayotgan mast-alast erkak, ayollarning dupur-dupuridan zir titrardi. Nina xola balkonning bir chetida mung'ayib o'tirgan ko'yi o'zicha g'udranib qo'yardi. — Iloyim yer yutsin senday kelinni!.. Bilaman, Marat o'g'limni...

📙IYMON qadrini bilamizmi?

Bir da’vatchi domla hikoya qiladi: Amerika viloyatlaridan birida qaysidir bir mavzuda ma’ruza qilayotgan edim, ma’ruzam asnosida bir kishi o‘rnidan turdida: - Domla, bu kishiga kalimai shahodatni aytdirib, talqin qilib yuborsangiz, – deb, yonida o‘tirgan amerikalik - sariqdan kelgan kishiga ishora qildi......

Mazlumning duosidan qo'rq

Yo'lda ketayotib mashinalar tirbandligidan ancha to'htab qoldik. Yo'l chetida bir ayolni g'alati xatti-xarakatlari e'tiborimni tortdi. Bechoragina aqli zaif ekan deb achindim. Kimgadir juda o'hshatdim, ammo eslolmadim......

HOTININING AYBINI YaShIRGAN ER

HOTININING AYBINI YaShIRGAN ER Abu Xurayradan (roziyalloxu anxu) rivoyat qilinadi: Rasulullox (sollalloxu alayxi va sallam): “Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Allox taolo ohiratda uning aybini berkitadi”, deganlar (Imom Ibn Moja rivoyati)....

"Sevgi so'zlarda emas, qalbda yashaydi!"

- Bu xato ekanligini ich-ichingizdan o'zingiz ham his qilib turibsiz. To'g'ri, haqiqiy muhabbat uchun kurashsa arziydi. Lekin siz allaqachon maydonni tashlab ketgan odamsiz. Endi ming chiransangiz-da, orqaga qaytolmaysiz. ...

Sulton haramidan qochgan kanizak Naziba

Usmoniy sultonlar haramiga butun dunyodan go'zal qizlar olib kelingan. Ular bu yerda bolalik chog'idan o'sib, katta bo'ladi. Bolaligidan qizchalarni o'z hazrati oliylariga muhabbat bilan sug'orib, katta qilishadi. Ularning birdan-bir orzusi – sultonga valiahd tug'ib berish...

ONAM KIMGA KERAK..? [Hikoya]

To'yxonada Kelin b.n kuyov baxtiyor ,orzular b.n o'tirishar. Davrada esa kugovni onasi chiqib o'ynardi. Tanish biliw ,el yurt ,qari.dowlar chiqib kuyovni onasiga qistir,qistir qilar. Xammani nazarida turardi. Onaxon yarim soatlarcha o'ynadi....

ERTAKDAGI DUMSIZ EShAK SARGUZAShTLARI (hajviya)

O'zga dunyo Bir hatlab ko'lchaning narigi sohiliga o'tgandim, butkul boshqa dunyoga tushib qolibman. Bu yerda na ayiq, na cho'chqacha, na boyqush xonim bor ekan. Tevarak mol, qo'y, echki, otlarga to'la. Ularning barchasi baxtli. ...

Fikr qo'shish