Alloh o'zi kechirsin

Alloh o'zi kechirsin
Alloh o'zi kechirsin


Chorshanba kuni ertalab nonushta paytida yoshlari 40 dan oshgan 50 ga yetmagan bir ayol to‘satdan titroq kelibdiyu joni chiqibdi...

... Tezda kelinlari, o‘g‘illari, nabiralari qiy-chuv qilishibdi, qo‘shnilarni chaqirishibdi...
Sal o‘tmay janozaga qavmu qarindosh, yoru-birodarlar, tanish bilishlar kelishni boshlashibdi...
O‘g‘il onasi uchun bir yaxshi taqvoli g‘assol ayolni olib keldi va o‘zi qabristonga go‘rkov huzuriga borib, onasi uchun qabr hozirlashini va mayitni peshin namozi vaqtida olib kelishligini aytib tayinladi...
G‘assol ayol o‘z ishini mayitning kiyimlarini yechishdan boshladi...
Yotgan mayitning ko‘ylagini qaychida kesib yechintirgan ediki, mayit badanini qurt bosib ketganini ko‘rdi...
G‘assolga qarashayotgan mayitning 3-4 ta yaqinlari hayratdan yoqa ushlashdi...
G‘assol ayol bu hayratni bildirmay o‘zi bilgan duolari bilan ishni suv quyishdan boshladi...

Bir xil qurtlar suvda oqib ketar, bir xillari tanadan ajratib bo‘lmas darajada yopishib yotardi... So‘ng g‘assol ayol mayitni qornini bosib qornini bo‘shatmokchi bo‘ldi... U qornini ohista bosdiyamki, qorinda yig‘ilgan najas (axlat) mayitning og‘zidan qaynab chiqa boshladi.
Ko‘p urinishlarda 32 chelak suv bilan ham mayit tanasi toza bo‘lmagan edi ...

Peshin namoziga yarim soat qolganida janoza uchun kelganlar mayitni ko‘tarishga shay bo‘lishdi.
Odamlar juda ko‘p edi... Kattaroq yoshdagi qo‘shni erkak :
- Mayyit tayyormi? - deb so‘radi, lekin mayit hali kafanlanmaganini ichkaridan eshitgach, - unda peshin namozidan o‘tibroq ko‘mamiz, tezlashtiringlar, - deya qattiq gapirdi.

Eshik tagida tumonat odam yig‘ildi...
Asr vaqti kirdi g‘assol ayol amallab kafanladi va tobutga yotqizishdi...
Odamlar tobutni ko‘tarib uydan olib chiqib ketishdi. Janoza o‘qildi.
Mayitning o‘g‘illari xilxonasi tomon odamlarni boshladi...
O‘g‘illar ne ko‘z bilan ko‘rsinlarki, bir emas 3 ta go‘rkovlar hali lahatni kovlab ulgurushmabdi...
Xamma hayron!
... Go‘rkovlar yarim metr xam yerni kovlab ochisha olmagan edi...
Qarindoshlar ichidan 90 yoshni oralagan bir mo‘ysafid chol janozadagilarga yuzlandi va:

- Jon bolalarim... Bu mayitga janoza o‘qildi, telefonlaringizni o‘chiringlar. Amallab mayitni qabrga qo‘yishimiz shart! Bu Allohning ishlari! Go‘rkovlardan lopatka ketmonlarni olinglar! Men qabr ustida duo qilib Qur’on oyatlardan o‘qib turaman... Galma-gal go‘rkovlarga qarashib yuboringlar! – dedi.
Qabristonga kelgan barcha odamlar birma bir qabrga ketmon urishibdi...
Ayrimlar qabristondan ketib ham qolishibdi...
Hullas, shom vaqti ham o‘tib xufton mahal kirganida, 12 ta qarindosh bilan mayitni yerga qo‘yishibdi va uyga qaytishibdi.
Ertasi kuni bu janoza voqeasi hamma joyga tarqalib ketibdi...

... Kelinlar aytarmish:
- Yer borib aytmasinu, oyimlarni bir chiroyli gaplari yo‘q edi. Og‘zilari juda shaloq bo‘lib, o‘tgan ketganni, o‘lik tirikni yomon qarg‘ardilar. Hech kimga kun yo‘q edi ...

...Yaqin qo‘shnilari aytarmish:
- Yer borib aytmasinu, kiyim kechak, tilla taqinchoqqa juda o‘ch edilar, bozorlarda behudaga pul sovurib, gapma gap, to‘yma to‘y yurishdan qolmasdilar...

... Tanishlari o‘rtoqlari aytarmish:
- Yer borib aytmasinu, davralarda juda katta gapirib, hech kimni mensimay, soddaroqlarimizni jerkib, kamsitardilar...

... Odamlar so‘rashibdi:
- Astag‘firulloh ... Bu ayolni ibodati, namozlari, tutgan ro‘zasi, hech bo‘lmasa yetim yesirga qilgan sadaqasi bormi?
... Hamma jim turib yelkasini qisarmish...

... Yon atrofimizda bo‘lgan bu voqea biz tiriklarga ibrat bo‘lsin, azizlarim.... Fe’limizni keng qilib, bolalarimiz, yaqinlarimiz qo‘ni-qo‘shnilarimizni dilini og‘ritishdan, dilozorlikdan saqlanaylik...
... Bu o‘tkinchi dunyodan o‘zimiz bilan faqat va faqat qilgan yaxshi amallarimizni, sadaqa savoblarimizni, beminnat qilgan yaxshiliklarimiz savoblarini olib ketaylik...

Onam

Oxirgi marta uyga, 22-fevralda telefon qilgan ekanman. 14 minutlik so’zlashuv davomida, otam, onam va yangamlar bilan gaplashgan edim. Aloqa sifatining yaxshi emasligidan, ayniqsa, onam bilan gaplashish rosa qiyin bo’ldi. Buning ustiga, tashqarida kuchli shamol shekilli, onam meni ovozimni eshitolmas edi....

Ramazon aslida qanday oy?

Ramazon aslida qanday oy? Bismillaxir Roxmanir Roxiym. Allox taologa bitmas-tuganmas xamdu sanolar bo'lsin. Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin....

AJOYIB QISSA

AJOYIB QISSA ! Kunlarning  birida qurbaqalarning to'dasidan  ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi.  Barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib  olib  -  «Bo'ldi endi,  shu  erda o'lib ketasizlar..   xadib  sakrayverishdan foyda  yo'q"  der  edilar.   Uzoqqa  bormay,  ikki  qurbaqaning  biri qo'rquv va qattiq  tushkunlik  oqibatida nobud ...

Bir odam

Bir odam doim jamoat namozi uchun masjidga borar edi. Ammo, kunlarning birida u jamoatga chiqmay qo'yibdi. Oradan bir ikki hafta o'tgach masjid imomi undan habar olmoqchi bo'libdi. O'sha kuni kun juda sovuq bo'libdi. Imom xaligi odamni uyida yolg'iz yonib turgan o'choq oldida o'tirganini ko'ribdi. U esa, imomning kelganidan xayron bo'lsa xam,...

Hikoya: Yaxshilik urug'i

— Manzura, nima qildik, mo'ljalimizga yetmasa ham kechagi xaridorga «mayli» deymizmi? — dedi Rustam xotini idish-tovoqlarni yuvib, choy damlab kelganidan so'ng. — Bilmasam, dadasi… — Manzuraning ham fikru xayoli o'zida emasligi uning yuz-ko'zlaridan bilinib turardi. ...

Jumbok 7 qism

Prokuror kancha urinmasin burnini Tagida turgan narsani kurolmasdi Samshod bir marotoba kurin shuni uzi Etarli deb uylab uyiga etolmadi bu Orada Jafar Samshodni uyiga bordi Holajan onajon yahshimisiz sogligiz Yahshimi ona ......

Taqdir

O'z sevgim oldida dardlarim firoq.  Dardim aytolmayman men unga biroq.  Vujudimni bosar qandaydir titroq.  Nega uni menga uchratding taqdir....

"Chandiq detektiv - Sarguzasht

Barzangi bola bechorani xona chetidagi suv to'la xum yoniga sudradi.Sochida tutib kallasini suvga tiqib azoblardi.Bola bechora baqirmoqchi bo'lar,kimlarnidir yordamga chaqirardi.Lekin natija bo'lmasdi.Chamasi 16yoshlardagi bu bola hushidan ketdi.So'ng barzangi uni yog'och kravotga yotqizib,kamerga beso'naqay jilmaydi....

Onaning kozidagi yoshlar

Ona yig'ladi Farzandining bemexr ekanligidan, balki otasi bo'lganida bunchalik bemexr bo'lib o'smagan bo'larmidi... Kelinining narsalarni uvol qilayotganini o'gliga aytib o'g'lidan qattiq gap eshitdi.. Exx o'g'lim qani edi bu uvollikni xam u dunyoda javobi borligini bilsayding. ona qalban o'g'liga nimalardir dedi...Ertasi kuni o'g'il onasi bilan...

Eng buyuk boylik

Tabassum qilib turgan birodaring, Yaxshilikni his ettirgan do‘sting va vujudingdagi sihhatlikdir. 🍃 Ko‘nglingga balolar kelganda tabassum ila qarshila. Shukr va sabrni o‘rganayotgan ekansan qo‘rqma! Senga rizo maqomi yaqindir......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    zulfiya
    zulfiya 17 января 2024 17:50
    menga hamma hikoya yoqdi hammaga o;gid bo;ladigan hikoyalar ekan

Fikr qo'shish