Dunyo chappasiga aylanib ketdi uzbekcha she'r

Dunyo chappasiga aylanib ketdi
Dunyo chappasiga aylanib ketdi


... Dunyo chappasiga aylanib ketdi,
Jarga qulab tushdi baland qoyalar...
Bugun taraqqiyot cho‘qqiga yetdi,
Javlon urmoqdalar "erkak" doyalar...

.. Xurlik istadilar, nafsga berib erk,
Sochilgan simobday uchdi xayollar...
Erkaklar libosi bo‘g‘zigacha berk,
Yarim ochib qo‘ydi ko‘ksin ayollar...

... Ayol ayol bo‘lsin, erkaklar erkak,

Qaydan uchib keldi qizil qarg‘alar..?
Ularning ismini kim deyish kerak..?
Erkak qulogiga taqsa sirg‘alar...

... Rasadxona qurib, yulduz ko‘rganlar,
Ilmni dunyoga o‘rab qo‘yishdi...
Kecha qo‘ziqorin terib yurganlar,
Ilmla dunyoni so‘rab qo‘yishdi...

... Tovuq boshqarmoqda katakni endi,
Tuxum bosib qoldi dakan xo‘rozlar...
O‘pka egalladi yurakni endi,
Obro‘ topib qoldi masxarabozlar...

... Hayoli bo‘lganni qilishdi uyat,
Halol yashaganni deyishdi "qoloq" ...
Tark etib ketdi-yu dillarni oyat,
Endi tarvuz eksam chiqar oshqovoq...

... Ey shoir, shoshilma... To‘xtagin bir pas,
Buncha g‘am-g‘ussani ko‘tarmas yurak...
Xamma o‘qisin deb qog‘ozga emas,
She’rlarni osmonga yozishing kerak...

Xayrli tun jonim

Sevgilim, bu oqshom go'zal xayol sur, Xayol kemasida olib ketay yur, Baxtning og'ushida yum ko'zlaringni, Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r......

Kimlardur xakkimda nelar degandur,

"Kimlardur xakkimda nelar degandur, Men maqsad iymonning butligi dedim. Mana xaqiqatni Allohdan so'rang, Uning xuzuriga kup-quruq ketgum"...

Sadoqat bilmagan xiyonat dunyo

Sadoqat bilmagan xiyonat dunyo To'rt kunmas, uch kunlik g'animat dunyo Xayotni sinovga to'ldirib qo'yib, Sabrga mukofot bermagan dunyo....

Davlatim borida...

Davlatim borida do’stlarim bisyor Xar bir so'zim goyoki farmon Do'st bolginki quyoshu osmon Do'stim deb berayin senig uchun jon...

O'zgaribdi bugun odamlar

Katta kichik qilib qadamlar, To'lib ketsa yurak alamlar, Yashab bildim dunyo ishini, O'zgaribdi bugun odamlar.......

Omon bo‘l, bir umr,aziz sinfdosh

Umid deb atalmish guling so‘lmasin, Yurakda orzular xech xam o‘lmasin. Shu qora ko‘zlaring xech nam bo‘lmasin Omon bo‘l,bir umr,aziz sinfdosh....

Bir shirin tabassum qiling maylimi

Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor, Yoki homush bo'lish zamon zaylimi? Sizga kichikkina iltimosim bor, Bir shirin tabassum qiling maylimi?......

Meni yomon ko'rgan odamlar

Ba'zan o'ylamay gapirib qo'yib Tinmasdan g'iybatim qilgan odamalar. Mayliga so'kib ursangiz xamki. Meni yomon ko'rgan odamlar....

Ona Jonin Beribdi -Qayg'uli Dramma..!

Eshikka termulgancha ona ko'zlari,  Mayus yuzla boqadi,farzand yo'liga.  Betoqat umri ham,o'tgan onaning,  Yaqin kuni qolibdi,jon berishiga....

Yuragim dardin olsam qalamga

Yuragim dardin olsam qalamga. Taqdir qog'oziga tushadi alanga. Nechta gulga moyil bo'lmagan qalbim. Bitta yor dastidan to'ldi alamga....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    oxun...
    oxun... 22 сентября 2020 22:00
    Insonlar xato qilmayman Deb uylar hayot esa xatoga majburlar taqder esa ustidengdan Kular ..Alamdan esa vujudeng portlar xayolengdachi faqatgena bir suz kelar..nima uchun men chunki dunyo keng yolgiz uzeng yul esa chigal intilgan esa yulini topar

Fikr qo'shish