Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim uzbekcha she'r

Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim
Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim


Orzular yo‘lidan ORTGA qaytolmay,
Bechora qalbimni o‘yib tig‘ladim,
Xattoki onamga DARDIM aytolmay,
Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim...

... Tunlarim yildayin uyqusiz o‘tib,
Qayg‘usiz kunlarni ORZIQIB kutib,
Ohh demay dardimni ichimga yutib,
Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim...

... Kimlarga bor sirim aytsam ishonib,
Dushmanlik qildilar BAXTNI qizg‘onib,
Men nodon ISHQ yoqqan gulxanda yonib,
Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim...

... O‘zimdan o‘zganing bag‘rin tilolmay,
Kim do‘stu kim dushman ANIQ bilolmay,
Dardu sitamlarga SABR* qilolmay,
Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim...

... SЕVGANIM "g‘urur" deb ko‘ksiga urib,
Yonidan o‘tsam gar qo‘ydiku surib,
Allohdan qo‘rqmagan kishidan qo‘rqib,
Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim.

... Do‘stlarchi gap bermas bulbulday sayrab,
O‘zgani o‘ylamas.. o‘zlari yayrab,
Ularga ALLOHdan insofin so‘rab,
Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim...

Yashash omad

Yashash omad Yolg'on _ san'at. Aldash _ talant. XAYOT _ SABR. So'ngi joy _ qabr. Yo'q Narsa _ taqdir. YARATGAN XAQDIR....

Yo'qlab turing Bormisiz Deya

Yo'qlab turing Bormisiz Deya... Dilga Yaqin Dildoshlaringiz... G'animat bilgancha Har Lahza Onni.. Izlab turing Yaqinlaringiz.......

Halos aylagin

Mayli ko'kka yetmasa qo'lim, Topolmasam axtarib yo'lim. Oshig'ingni qiynamay gulim- Hijronlardan halos aylagin......

Siz meni o'ylamang bag'ri tosh deya

Siz meni o'ylamang bag'ri tosh deya Til ta'rif etolmas tuyg'ularim bor O'ylamang kelmagan ko'zga yosh deya. Birov ko'tarolmas qaygularim bor...

Mehrda ajib bir sexr bo'larkan

Mehrda ajib bir sexr bo'larkan Ul mehr yurakga muhr bo'larkan Kapalak bir kunlik umr ko'rsa xam Gullardan yuz yillik mehr ko'rarkan!...

Kuz - mening qalbimga sig'magan og'riq

Kuz - mening qalbimga sig'magan og'riq, Baxt unda, undadir Hijron qayg'u g'am. Ajab men sevaman har nedan ortiq, Sarg'aygan dunyoni γashillikdan ham......

Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim

Orzular yo‘lidan ORTGA qaytolmay, Bechora qalbimni o‘yib tig‘ladim, Xattoki onamga DARDIM aytolmay, Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim......

Demang, dunyo g‘urbatlardan iborat

Demang, dunyo g‘urbatlardan iborat, Fisqu fujur, g‘iybatlardan iborat. O‘zligini anglab yetgan insonga Dunyo dilkash suhbatlardan iborat...!...

Barchasi yaltiroq barchasi soxta

Barchasi yaltiroq barchasi soxta Bir yoni baxt bo'lsa biri g'amxona Soxta tabassumlar jondan o'tdi, rost... Haqiqat izlashdan charchadim ona......

Mujiza yaratmang mayli ayol deb

Mujiza yaratmang mayli ayol deb Shunday xam bu xayot o'hshar Ertakka Qo'lizdan kelsa qo'rg'on buling siz Ayol zor bo'lmasin bir mard Erkakka......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    oxun
    oxun 18 сентября 2020 17:34
    Dunyo shavqatsizmi yo uzim natovon orzularimga yitmas hech mening qulim orzular echida xayolga tonsam qulim kaltadib uylanib qolsam .jonimdan ham qadirli yorimga sevishim aytsam mendek natovonga qayrilib boqsa lekin boqmaydida pulim bulmasa xolim bilmaydida mendek bulmasa Bu dunyoda menga malxam bulguchiyuqmi axir dunyoda baxtlilar kupku nega men baxtsizman mexam odamku .chechalri uxlamay tinmay uylayman kulguni urniga tinmay yiglayman .kambagalikdami mening xatoyim baxtli insonlarga havas qilaman doyim

Fikr qo'shish