Otam

Otam
Otam


O‘smirlik yillarim edi. Nima bo‘ldi-yu, bir kuni nogaxon nojo‘ya so‘z tufayli otamning dilini ranjitib qo‘ydim. Bir ozdan so‘ng uyimga keldim, qilgan aybimni o‘ylab, ko‘zlarimga yorug‘ dunyo tor bo‘lib ketdi. Endi qanday qilib otamdan kechirim so‘rash yo‘lini izlay boshladim. Otam uyimiz oldidagi yo‘l bo‘yiga mevali daraxt o‘tkizayotgan edi. Men o‘zimni go‘yo otamga qarashayotgan tutib, yonida kuymalana boshladim. Ammo otam mening kelganimni sezmaganday o‘z ishi bilan ovora edi. Otam mening kelganimga parvo qilmagani sayin ezilib borardim. 


Nihoyat, sukunatni buzish maqsadida so‘z boshladim:
- Ota, nega hamma joyga mevali daraxt ekaverasiz? Shunda otam:
- Bolam, noqobil farzanddan ko‘ra shu mevali daraxt xam yaxshida, - deb javob berdi.

Otamning bu javobi yuragimga o‘qdek qadalgandi. Naxotki, shu mevali daraxtcha bo‘lolmagan bo‘lsam?... To‘g‘ri, otam meni kechirdi. Keyinchalik otamning imkon qadar dilini og‘ritmaslikka harakat kildim. Mana, oradan ancha yillar o‘tib ketdi. Otam bu foniy dunyoni tark etib, boqiy dunyoga rixlat qildi. Otam ekkan o‘sha olma daraxtlari bugun g‘arq pishib xosilga kirdi. Goxida uyda turib ko‘chadan o‘tgan odamlarning "shu daraxtni ekkanga raxmat", degan so‘zlari qulog‘imga chalinib qoladi. Shunda men o‘yga tolaman: Oxirgi marta qachon "Otangga raxmat", degan so‘zni eshitdim. Ba’zan kechalari uyqum qochadi, ko‘chaga chiqib o‘sha daraxtni otamni quchganday quchaman va:
"Otam avliyo ekan", deyman shivirlab...

Niyati yomon kelinning jazosi

Yangi kelin balo chiqdi. Chiroy-bo'yoq, shirinkalom bilan erning boshini aylantirib, onaga qarshi qo'ydi, bu bilan «ostonasi tillo uy»ning yangi bekasi kimligini isbotlab qo'ydi o'zicha......

Ramazon aslida qanday oy?

Ramazon aslida qanday oy? Bismillaxir Roxmanir Roxiym. Allox taologa bitmas-tuganmas xamdu sanolar bo'lsin. Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin....

«Aqli butun odam» (hajviya)

Muhiddin qiziq bozor qilib chiqsa, Akram qiziq zir yugurib turganmish-da. — Ha, og'ayni, tinchlikmi? — so'rabdi Muhiddin aka. — E, o'rtoq, kechagina o'ttiz ming so'mga yangi velosiped olgandim, shunday bozorga kirib chiqqunimcha o'g'irlab ketishibdi, — Akram aka kuyunib oshnasiga tushuntiribdi....

Hikoya: Yaxshilik urug'i

— Manzura, nima qildik, mo'ljalimizga yetmasa ham kechagi xaridorga «mayli» deymizmi? — dedi Rustam xotini idish-tovoqlarni yuvib, choy damlab kelganidan so'ng. — Bilmasam, dadasi… — Manzuraning ham fikru xayoli o'zida emasligi uning yuz-ko'zlaridan bilinib turardi. ...

JANNAT QIZI…

Bir… Ikki… Uch… Yuzgacha sanasam, uyquga ketaman… Qirq… Qirq bir… Ha, uyqu meni hammasidan qutqaradi… Ellik uch… Ellik to'rt… Men abadiy uyquga ketaman… Abadiy uyqu — barcha zahmatlarim uchun berilgan mukofot…...

Juma kuni masjiddagi kutilmagan xolat.

O'g'lim endi 5 yoshni qarshi oldi. Ammo ilm o'rganishga chanqog'i serob. Namoz o'qishni sevadi...  "Meni xam masjidga olib boring", dedi juma kuni tongda. Juda xam sevindim. Bolamga sevgim xar qachongidan oshdi.  Peshinga yaqin yo'lga, masjidga otlandik. O'g'limni elkamga ortib, yo'lda Saodat asriga oid rivoyatlarni aytib kelardim. Masjid...

Seni ham dadang olib bersin...

- Seni ham dadang olib bersin... Bu gap kichik Hadichaga qattiq tasir qildi. Qur’on kitobi yo‘qligi uchun o‘rtog‘ini Kitobini so‘rab turgandi....

Men sevgan qiz foxisha ekan..

Kunlardan bir kuni uzoq safardan uyga qaytdim.Hamma xursand hamma meni qaytib kelganimni eshitib,uyimga yig'ilishib keldi ko'plab tabriklar eshitdim.Oradan 1-hafta o'tdi va uyda biroz dam olganimdan keyin,ko'chaga chiqib atrofni tomosha qilgim keldi.Yoshim 21-da ayni yigitlik chog'imda bundan 5-yil oldin bir qiz bilan tanishib,uni sevib qolgandim...

Bir savol...

Talaba qizlardan biri oldimga kelib,biroz uyalib: - Bir savol so'rasam maylimi? dedi......

Aytish mumkinki, har bir ayrim kishida va umuman hammada ham ma’lum maqsad bo‘ladi, shu maqsadga intila turib, ular bir yo‘llarni e’tirof et

Hayot mudom harakatda bo‘lmog‘i uchun xohish o‘lmasligi kerak. S.JONSON...

Fikr qo'shish