Uch vasiyat

Uch vasiyat
Uch vasiyat


Luqmoni Hakim o‘limidan oldin
O‘g‘liga uch vasiyat qildi:
Birinchisi – zinhor xotininga siringni aytma,
Ikkinchisi – boylikka yangi yetishgan nokasdan qarz olma,
Uchinchisi – mirshab bilan do‘st tutinma.
Otasi vafot etgach, o‘g‘il bu uch vasiyatni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Bozordan bir qo‘y oldi-da, so‘yib qopga soldi. Og‘zini mahkam bog‘lab, uyiga keltirdi. Xotini so‘radi:
- Bu qopda nima bor?
- Birovni bexos o‘ldirib qo‘ydim. Izni yo‘qotish uchun uni qopga solib olib keldim. Eringdan ayrilib qolishni istamasang, zinhor bitta-yarimtaga gullab qo‘yma, - keyin yangi boyigan kishidan qarz oldi.

Mirshab bilan do‘st tutindi.
Bir kuni xotini bilan gapi qochib, uni tutib urgan edi, yetti mahallani boshiga ko‘tardi:
- Voydod, musulmonlar! Erim odam o‘ldirib o‘rgangan, endi meni ham o‘ldirmoqchi!
- Bu gapni darhol hokimga yetkazdilar.
- Qochib qolmasidan uni qo‘lga olinglar, - deb buyurdi hokim.
Uni kim tutib keltiradi? – deyishganida mirshab:
- Men uning uyini bilaman, - dedi. – o‘zim tutib kelaman.
- -ey do‘stim, meni qo‘yib yubor – qochib ketay, - deb iltimos qildi u. Lekin mirshab ko‘nmadi.
Voqeadan xabar topgan yangi boy o‘pkasini qo‘ltiqlab keldi:
- Qarzingni to‘lab qo‘y, o‘lib ketsang, men pulimga kuyib qolaman.
Birovdan olib, uning pulini to‘ladi.
Mirshab uni hokim huzuriga olib bordi. Hokim uni tanib:
- Luqmonday odamning o‘g‘liga shu ish munosibmi? – dedi.
- Ruxsat ber, o‘sha qopni olib kelishsin, -iltimos qildi u.
Qopni olib kelib, hokimning qoshida ochdilar – so‘yilgan qo‘y chiqdi.
- Nima gap o‘zi? – dedi hokim. – tushuntirib bering-chi?
U bo‘lib o‘tgan barcha voqealarni hikoya qilib berdi:
- Otam menga uch vasiyat qilgan edi. Sinab ko‘ray deb shu ishlarni qildim. Otamning hamma gaplari rost chiqdi.

“Donolar suhbatidan”

ShAYTON BERGAN SUVNING OQIBATI

ShAYTON BERGAN SUVNING OQIBATI Rivoyat qilishlaricha, shayton uzum urug'ini o'g'irladi. Qancha qidirsalar xam urug'ni topolmadilar. Barcha xayvonlardan so'rab-surishtirdilar, lekin xech biri bilmadi. Ohiri uni shayton olgani ma'lum bo'ldi. – Menga uzumga uch marta suv quyishga ruhsat bersangiz, o'sha urug'ni topib beraman, – deb shayton shart...

Duodan baht topgan kelin

“Bo'ladigan bola boshidan”, deb bejizga aytilmagan. ~Odina o'nlarga kirganda buvisi vafot etdi. Buvasi Muxammad ota yolg'iz qoldi. Keksayganda yolg'izlik azobi qiyin bo'lar ekan. Keksa odamning ko'nglini topish uchun bir so'z kam, ikki og'iz so'z ko'p......

Hikoya: «Qon va qasos»

— Ustoz, «Menga it tegdi», degani nima degani? Sumkasiga turli narsalarni solish bilan andarmon bo'lib o'quvchilarining        shovqin-suron bilan sinfdan chiqib ketayotganiga unchalik e'tibor bermayotgan Iroda muallim bu savolni eshitib, titrab ketdi. Keyin oldida jovdirabgina turgan Muzaffarning ko'zlariga tikilib, uning qo'llaridan tutdi-da,...

Asli qora - oqarmas!

Yoshim o'ttizda, oliy ma'lumotliman. Uchta farzandim bor. Turmush o'rtog'im bilan sevishib turmush qurganmiz. Ammo... Rostini aytsam, bu dunyoda sevgi-muhabbat yo'q ekan. Kishi "sevdim", deya parvonaga o'xshab aldanib, qanotini kuydirib qo'yganini o'zi bilmay ham qolar ekan....

Kuydirgandim, o'zim kuydim...

Shahnoza, seni juda ko'rgim kelyapti. Yolg'izlik iskanjasida qiynalyapman. Sovuq borliqni o'z zabtiga olgan. Yana men yomon ko'rgan sovuqlar boshlandi....

Qaynonam o'rgatgan bola parvarishi bolamdan ayirdi

Bekat. Anchadan buyon avtobus kutyapman. O'zimni chalg'itib atrofni kuzata boshladim. Bekatda men va libosi odmi bo'lsa-da, o'ziga juda yarashgan ayoldan boshqa xech kim yo'q......

PULGA SOTILGAN NOMUS

Men ham barcha ayollar singari chiroyli kiyinishni, yaxshi yashashni orzu qilardim, biroq bu niyatlarimni amalga oshirish uchun pul zarur edi. Qo`limda tayinli hunarim bo`lmaganidan boshimni qaerga urishni bilmasdim. Maktabni bitirganimdanoq ota-onam birinchi kelgan sovchilarga rozilik berib yubordi. Tushgan oilam bizdan ko`ra...

Musofirlar taqdiri.... (4 qism)

Murodalini “uylanganligi va bolalik ” bo'lgani xaqidagi gap tez orada butun qishloqqa tarqaldi. Xammadan kutsa xam Murodalidan kutishmagandi bunday ishni. Onasi qishloqni namunali oilalaridan bo'lgan Nuriddin muallimni qizi Nargizaga sovchilikga borib turgandi. Nargiza Murodalidan ikki yosh kichik, Murodali uni yoshligidan “ko'zni tagiga” olib...

Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning

Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning berilib rasm chizayotganini ko‘rib qiziqqancha yoniga bordim: -O‘g‘lim nimaning rasmini chizyapsan? -Sizni, oyimni va o‘zimni, — nigohlarini menga qadadi u....

Qiz farzand

Shu qizingni ko'zimga ko'rsatma deganman senga. Kuni bilan ishdan charchab kelsangu uyda esa asab buzarlik.. Yo'qot ko'zimdan nari qil! - deb ishdan qaytgan er hotiniga baqira ketdi......

Fikr qo'shish