Orhideya guli haqidagi 19 ta qiziqarli ma'lumotlar

Orhideya guli haqidagi 19 ta qiziqarli ma'lumotlar
Orhideya guli haqidagi 19 ta qiziqarli ma'lumotlar


Orhideya, ehtimol dunyodagi eng keng tarqalgan guldir. Ular juda mashhur bo’lib, ko'plab havaskor gul shaydolari ularni uyda yetishtirishadi. Aksariyat orhideyalar tuvakda ham yaxshi ko’karadi. To'g'ri ular ko'pincha juda ehtiyotkorlik va ehtirom bilan g'amxo'rlik qilishni talab qiladilar, chunki harorat sharoitlariga yoki namlik darajalariga rioya qilmaslik ularni tezda yo'q qilishi mumkin.

Bugungi maqolamiz orqali orhideyalar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan bo’lishmoqchimiz. Marhamat!

Orhideya –sayyoradagi eng qadimgi o’simlik oilalaridan bo’lib, u taxminan 145 million yil oldin paydo bo'lgan.

Orhideya o’zining xilma-xilligi bilan ajralib turadi va butun Yer yuzida o'sishga muvaffaq bo'la oladi, Antarktida bundan mustasno.

Faqatgina Sobiq Sovet Ittifoqi hududida 419 turdagi orhideya uchun joy topilgan edi, dunyoda bu gullarning 25000 dan ortiq turlari mavjud.
Bitta orhideya ichida 4 000 000 donagacha urug' o'sishi mumkin, bu esa o'simlikni urug'lar unumdorligi bo'yicha gullar orasida yetakchiga aylantiradi.

Orhideya mayda gullar yoki daraxtga o'xshash uzum shaklida bo'lishi mumkin - ularning eng kichigi atigi bir necha millimetrga yetadi va eng ulkan orhideya 35 metrgacha o'sadi.


Orhideyalar orasida 70 yoki undan ortiq yil davomida o’ishga qodir bo’lgan “uzoq yashovchilar”ini ham uchratish mumkin.
Mashhur olim Charlz Darvin orhideya changlatish usullariga alohida ilmiy ish bag'ishlagan bo'lib, u qoyil qolgan gullar haqida ko'plab misollar va tafsilotlarni o'z ichiga olgan.

Londonda, Qirollik botanika bog'i Kyuda orhideyalarning keng to'plami mavjud bo’lib, ularning ba'zilari o'tgan asrning boshlaridan beri saqlanib qolgan. Ularning yoshi 100 yilni tashkil qilsa ham ajab emas.
2000 yilga qadar butun dunyo bo'ylab ixlosmandlar va biologlar 250 mingga yaqin orhideyaning sun'iy navlarini ishlab chiqarishdi.

Barchaga tanish vanil mazasi orhideya oilasidagi lianning mevasi ekanligini juda kam odam biladi.

Kesilgan orhideya gullari boshqa gullarga qaraganda guldonda uzoqroq yaxshi saqlanadi.
Paphiopedilum sanderianum ilmiy nom bilan ataluvchi dunyodagi eng katta orhideya barglari 120 santimetrdan ortiq bo'lishi mumkin.

Dunyodagi eng qimmat orhideya "Oltin Kinabalu" birinchi marta faqat 15 yoshida gullaydi. Noyobligi va o'ziga xosligi tufayli ushbu orhideya kurtaklarining narxi 5000 dollarga yetadi. Ushbu gul Malayziyada o'sadi.
Orhideya har qanday sharoitga moslasha oladi - ular botqoq va qiya jarliklarda, yer ostida, cho'lda, tundrada va quruq iqlimi bilan mashhur bo'lgan boshqa joylarda ham o’sib keta oladi.
Orhideya turlari va navlarining hidlari ularning tashqi qiyofasi kabi har xil - ular asal va vanil aromati bilan ajralib turishi yoki chirigan go'shtning hidini tarqatishi ham mumkin.

Singapurda ushbu gullar uchun yaratilgan bog'da dunyodagi eng boy orhideya kolleksiyani ko'rish mumkin - u yerda orhideya oilasining 60 mingga yaqin turli xil navlari o'sadi.

Sharqiy mamlakatlarda orhideya ildiz mevalaridan tayyorlanadigan "Salep" ichimligi juda mashhur.

Go'zal mashhur aktrisalarning bolalikdagi foto suratlari

Fotoshop, kosmetika va jarrohlik amaliyoti imkoniyatlarini hisobga olgan holda bugungi kunda “kumirga aylangan chexra egalari haqiqatdan ham tabiiy chiroyga egami?” degan savol tug'iladi. Ularning go'zalligi meros ekanligiga ishonch hosil qilish uchun biz mashhur yulduzlarning bolalik suratlarini ko'rib chiqishga qaror qildik. Demak, boshladik!...

O’z tashqi qiyofasidan qoniqmaydigan 10 nafar Gollivud yulduzlari

Bizga deyarli ideal ko’rinuvchi Gollivud yulduzlari o’zlarining kamchiliklaridan uyalishi to’grisida gapirishgan. Bugungi maqolamiz orqali ko’rinishidan qoniqmaydigan Gollivud yulduzlari haqida keltirib o’tamiz....

MUBORAK RAMAZON OYIGA TA'RIF

MUBORAK RAMAZON OYIGA TA'RIF Oqibat fasli Muborak tashrifing insonlar o'rtasida o'zaro muruvvat va oqibat tuyg'ularini uyg'otadi....

Bo’rilar haqida qiziqarli faktlar

Bo’ri dunyo xalqlarining ertak va afsonalarida ishtirok etadi. Bir zamonlar bu yirtqich juda keng tarqalgan hayvon edi. Hozirgi kunga kelib uning soni keskin kamaygan......

Qaysi mahsulotda qanday vitamin mavjud?

Bugungi maqolamizda meva va sabzavotlar tarkibida qanday vitaminlar bor ekanligi bilan sizni tanishtirib chiqmoqchimiz!...

Romantik bastakor: Mendelson kim va uning to’y marshi qanday yaratilgan?

Mendelsonning to'ylarda jaranglaydigan marshi 1858 yil 25 yanvarda, malika Viktoriya to'yida jarang sochganidan so’ng ommalashib ketdi. Mendelsonning "To'y marshi" oila rishtalarini bog'lash uchun kelgan har bir juftlikka yaxshi tanish. Biroq, ushbu marsh aslida qanday yaratilganini ko'pchilik bilmaydi?......

Bolaga xorijiy tillarni qanday o’rgatish mumkin?

Zamonamiz bolalari o’z davriga mos ravishda har sohada ildam qadam tashlashga o’rganib bormoqdalar. Endigina tili chiqqan bolalarning uyali aloqa vositalarini bemalol ishlata bilishi, kompyuter va shu kabi texnologiyalardan hech bir qiyichiliksiz foydalana olishini kuzata turib hayratdan yoqa ushlashigiz tabiiy....

Dunyodagi eng zaharli maxluqotlar top 10 taligi

Sayyoramizda eng kichik maxluqotlarning ham inson hayoti uchun xavfli bo’lgan zahari bo’lishi mumkin. Ushbu maqolada dunyodagi zahari eng kuchli jonzotlar haqida hikoya qilinadi....

Mashhurlarning birinchi ishlagan joyini hushlamaydigan ish joyi

Taniqli odamlarning farzandlari maqsadlariga osonroq erishishi ayni haqiqat. Taniqli shaxslarning aksariyati kuchli va iste'dodli odamlar bo'lib, ular pastdan yuqoriga qarab ko’tarilganlar. Ular tirikchilik qilishdan boshqa tanlovga ega emas edilar. Kimdir o'zining ilk mehnatini mag'rurlik bilan eslasa, boshqalari esa hatto ushbu ma'lumot haqida...

Zamonaviylashgan deraza tokchalari

Derazasiz uyni hech tasavvur qilib ko’rganmisiz? Bunday joyda huddi dunyodan uzilib qolganga o’zshaysiz. Ana shundan ham ma’lumki, derazalar honadon intererining bir bo’lagi sanalarkan. Shu bois honadonimizni zamonaviy dizayn asosida bezayotganda deraza tokchalarining ham o’z o’rni va mavqei borligini unutmaslik zarur. Undan nafaqat tashqi olamni...

Fikr qo'shish