Go'zal mashhur aktrisalarning bolalikdagi foto suratlari

Go'zal mashhur aktrisalarning bolalikdagi foto suratlari
Go'zal mashhur aktrisalarning bolalikdagi foto suratlari


Fotoshop, kosmetika va jarrohlik amaliyoti imkoniyatlarini hisobga olgan holda bugungi kunda “kumirga aylangan chexra egalari haqiqatdan ham tabiiy chiroyga egami?” degan savol tug'iladi. Ularning go'zalligi meros ekanligiga ishonch hosil qilish uchun biz mashhur yulduzlarning bolalik suratlarini ko'rib chiqishga qaror qildik. Demak, boshladik!

Vera Brejneva
Xonanda, aktrisa, televideniya va radio boshlovchisi, "VIA Gra" guruhining sobiq a'zosi, OIV / OITS bo'yicha BMTning xayrixoh elchisi bo’lgan Vera Brejneva o’z taronalari bilan ko’pchilikning qalbidan joy egallashga ulgurgan.
Opa-singil Bella va Jiji Xadidlar deyarli bir vaqtning o'zida dunyodagi barcha dizaynerlar va barcha podiumlar e'tiborini jalb qilishdi. Moda olamida aql bovar qilmas mashhurligi hamda beixtiyor raqobatchiligiga qaramay, ular o’zaro juda mehribon va mukammal ravishda bir-birlarini to'ldirib turishadi.
Irina Sheyk- jahon miqyosidagi rus supermodelidir. Yashil ko'zli bu go'zal o'zining mehnatsevarligi va taniqli kishilar bilan ishqiy munosabatlari tufayli tug'ilgan mamlakatidan tashqarida ham yaxshigina tanilgan. Sheyk zamonamizning eng taniqli supermodellaridan biridir.
Jennifer Lopes
Ajoyib ko'rinishga ega bu bug’doyrang sohibjamolning nomini bilmaydigan inson bo’lmasa kerak. U ijodiy faoliyatini raqqosa sifatida boshladi, keyin filmlarda rol o'ynay boshladi. Biroz vaqt o'tgach, Jenifer o'zini vokal san'atida sinab ko'rdi. Unga dunyo miqyosidagi shuhrat va mashhurlikni keltirgan narsa ham aynan qo'shiq edi. O'zining uzoq ijodiy biografiyasi davomida Lopez bir nechta albomlarini yozdi, bir qator mashhur filmlarda suratga tushdi. Ushbu aktrisa "Oltin globus" mukofotiga sazovor bo'lgan va muvaffaqiyatli ishbilarmon ayolga aylangan.

Julia Roberts
Julia Roberts taniqli aktrisa, Gollivudning romantik komediyalari va melodramalari yulduzidir. Uning yoshligidagi suratiga nazar tashlang:
Shakira
Kolumbiyalik qo'shiqchi, qo'shiqlar muallifi, raqqosa, musiqiy prodyuser, xoreograf va modellik faoliyatlari bilan shug'ullanuvchi maftunkor Shakira ham bolalak chog'ida juda yoqimtoy bo'lgan ekan.
Jizel Byundxen
Braziliyalik supermodel va aktrisa. 2004 yildan 2013 yilgacha u dunyodagi eng ko'p maosh oladigan model bo'lgan. 
Keyt Midlton
Kembrij gersogi Uilyamning rafiqasi. Keyt  Midltonning yoshligidagi suratiga nazar tashlab gersoginya tug’ma maftunkor ekanligiga guvoh bo’lish mumkin.
Sindi Krouford
Amerikalik supermodel, MTV boshlovchisi va taniqli aktrisa.
Klaudiya Shiffer
Shou-biznes va reklama dunyosida har kuni yangi yulduzlar porlaydi, ammo ularning ichida atigi bir nechtasi Klaudiya Shiffer singari omma yodida uzoq qola oladi. Uning bolalik suratiga boqib omad qurshovidagi ko'zlari porlab turgan qizaloqni ko'rish mumkin.
Alsu
Rossiyalik mashhur qo’shiqchi, teleboshlovchi va aktrisa Alsuning ijodi deyarli barchaga birdek sevimli. 
Beyonse
Beyonse yoki shunchaki Qirolicha B 9 yoshida katta sahnaga chiqib, mashhur pop triosining tarkibida shon-sharafga qarab yo'l olgan va keyinchalik yakkaxon tarzda o'z muvaffaqiyatini takrorlagan. Endilikda u eri, reper Jey-Zi bilan birgalikda  "Carters"ning a'zosi.
Anjelina Joli
Maftunkorlikda ko’pchilikni ortda qoldiruvchi go’zal aktrisa Anjelina Jolining yoshlik chog’idagi suratiga boqib, u bunday jozibador qiyofa uchun ota-onasidan qanchalar qarzdor ekanini faxmlash mumkin.

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari

Yevropaning turli burchakalarida joylashgan ayrim hududlar bo’ylab kezib yuradigan arvohlar, qo’rqinchli xarobalar, noma’lum insonlar tomonidan qurilgan sirli binolari bilan dong taratgan. Insonlar orasida bu kabi mistik jihatlarni safsata deb biladiganlar ham oz emas. Ammo yuragi qaynoq turistlar uchun bu kabi maskanlar eshigi doimo ochiq. Demak,...

Nemis fotografining tinchlantiruvchi qish manzaralari

Qattiq sovuq qish o'z pozitsiyalaridan voz kechmaydi. Biz sizni qishki Evropaning sehrli fotosuratlariga sayohat qilishga taklif qilamiz, chunki qor va sovuqning ham o'ziga xos jozibasi bor. Bu suratlarni rehpix taxallusi ostida Instagram akkauntini yurituvchi yosh nemis fotografi David Dethlefs suratga olgan....

Madrid ko’chalaridagi noodatiy piyodalar o’tish yo’lakchalari

Piyodalar o'tish yo'lakchalari deganda hammaning ko'z oldiga odatiy yo'l yo'l chiziqlar kelishi tabiiy. Biroq bugungi maqolamizda sizning e'tiboringizga biroz noodatiy bo'lgan yo'lakchalarni havola etmoqchimiz!...

Boy bo’lishning 20 ta oltin qoidasi

Hayotimiz davomida omadli insonlarni ko’p uchratamiz va ularning muvaffaqiyatiga havas bilan qaraymiz. Bunday paytlarda hayolingizga “Qani edi, men ham shu insonga o’xshasam” degan fikr kelishi shubhasiz. Ammo bu kabi muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar qilish kerak ekanligini bilamizmi? Bugun sizga hayotda yuksak cho’qqilarni zabt etgan va...

Alyonka: Shokolad o’rami ustidagi qog’ozda kimning surati tasvirlangan?

Barchaga sevimli va yaxshi tanish bo’lgan Alyonka shokoladi, uning nomi va ustidagi sur'at haqida bilganlarimizni siz bilan bo’lishamiz....

BU NAQADAR BUYUK DIN...

▪️Agar yarimta xurmo bizni jahannamdan uzoqlashtirsa; ▪️"Sadaqa" Parvardigor g‘azabini o‘chirsa;......

Issiq yoki sovuq: Organizm uchun qay biri ko’proq xavfli?

Ba'zilar issiqqa, ba'zilar sovuqqa toqat qilolmaydilar. Hech o’ylab ko’rganmisiz, ulardan qaysinisi ko’proq xavfli? Issiqlikdan najot yo'qdek tuyuladi, sovuqda hech bo’lmaganda o'rab, isinishingiz mumkin. Ammo aslida hammasi butunlay boshqacha......

Zakot berishga qodir insonlar

Zakot berishga qodir insonlar zakot va sadaqotlarini eng avvalo ushbu ko'rsatilgan kishilarga berishdan boshlashlari kerak. Ulardan «dillari oshno qilinuvchilar» mansuh  etilgan. Ya'ni, Islom avvalida zakot va vojib sadaqalarni kofirlarga xam berilar edi, bu bilan ularning dillarini Islomga moyil qilish maqsad qilinar edi. Keyinroq, Islom rivoj...

Har sohadan bir shingil: Turli tuman qiziqarli faktlar

Aytishlariga qaraganda inson ochlikka 2 oy chidashi mumkin. Amerikalik Charlz McNab 123 kun ovqatsiz yashab jahon rekordini o’rnatgan. U shu kunlar davomida faqat suv va qahva ichgan. Quyida yana shu kabi qiziqarli faktlarimizdan bir qanchasini siz uchun jamladik. Marhamat, ular bilan tanishib chiqing!......

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

Xitoyning Uxan shahrida pnevmoniya alomatlariga o'xshash kasallik tarqaldi. So’ngra keng yoyila boshladi. Dunyoning ayrim mamlakatlarida ushbu kasallikka chalinganlar soni xitoyliklarning sonidan oshib ketgan. Minglab bemorlarning orasida taniqli odamlar, aktyorlar, sportchilar, siyosatchilar ham bor. Bugungi maqolamizda Koronavirus bilan...

Fikr qo'shish