Afrikalik go'zal va eng mashhur Supermodellar

Afrikalik go'zal va eng mashhur Supermodellar
Afrikalik go'zal va eng mashhur Supermodellar


Afrika qit'asi moda olamiga ko'plab qoratanli go'zallarni berdi. Ushbu qizlarning yutuqlarini kuzatib boring, shuningdek ularning jamoat hayotidagi hissasini baholang! Biz beshta afrikalik marvaridlarni ajratib ko'rsatamiz.

Varis Dirie
O'zining go'zalligi va aql bovar qilmaydigan mehnatsevarligi tufayli hayotda muvaffaqiyatga erishgan model Zolushkaning naq o’zi. Varis Somalida (1965) kamta'minlangan, ko'p bolali oilada tug'ilgan. Agar u 13 yoshida uydan qochib, nufuzli qarindoshining yordami bilan Londonga ko'chib kelmaganida, uni ko'plab afrikalik ayollarning taqdiri kutgan bo’lardi. Qiz bir necha yil xizmatkor vazifasini bajarib, uning oilasida yashadi. Ko'pgina taniqli modellar singari, u fotosuratchi Malkolm Feyrchild tomonidan kashf etilgan. Varis nafaqat podiumda ishlagan, balki dunyodagi Revlon, Benetton va boshqa brendlarning reklamalarida, kliplarda, hattoki badiiy hamda hujjatli filmlarda rol o'ynagan. Shaxsiy hayoti ham izga tushgan.U turmushga chiqdi va farzandli bo’ldi. Modellik faoliyatidan tashqari, Varis bir nechta kitoblar yozib, ijtimoiyishlarda faol ishtirok etadi. U Afrikadagi ayollarga yordam beradi.
Liya Kebede
U Efiopiyada tug'ilgan (1978). Mashhur model, aktrisa va dizayner. Qiz o'zining modellik faoliyatini Efiopiyada boshladi, keyin agentining maslahati bilan Parijga ko'chib o'tdi. Liya taniqli moda dizaynerlarining ko'plab aksiyalarida va shoularida qatnashgan. U Yves Saint Laurent va Esti Lauderning yuzi edi. Liya shuningdek, Lemlem bolalar kiyimlari to'plamining yaratuvchisi hamdir.Aytgancha, Liya Kebede yana bir afrikalik marvarid Varis Dirining taqdiri haqidagi "Cho'l gullari" filmida asosiy rolni o'ynadi. Bir muncha vaqt u dunyodagi eng ko'p maosh oladigan supermodellar qatorida edi. Qizning ikki farzandi bor. Liya o'z nomidan bolalar o'limi bilan kurashadigan xayriya jamg'armasini tashkil etdi va Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining onalar, yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalar salomatligi bo'yicha elchisi sifatida xizmat qiladi.

Agbani Darego
Asli Nigeriyadan bo’lgan qoratanli sohibjamol (1982). Katta va kambag'al oilaning qizi bolalikdan model bo’lishni orzu qilgan. O’z vatanida  turli xil go'zallik tanlovlarida qatnashdi. Agbani juda ko’p reklamalarda rol o'ynagan va har xil modellik tanlovlarida qatnashgan. U qora tanli afrikalik ayol bo'lib, 2001 yilda "Dunyo go’zali" unvonini birinchi bo'lib qo'lga kiritdi. Agbani Darego yana bir nufuzli “Koinot go’zali” tanlovida kuchli o'nlikka kirgan.
Dji Daing
Model bolaligini Senegaldagi  o'tkazgan (1985-yilda tug'ilgan), oxir-oqibat oilasi bilan Fransiya, so'ngra AQShga ko'chib o'tdi. Asosiy modellik faoliyatidan tashqari u Supermax guruhining kliplarida suratga tushgan, dunyoning yetakchi modellik agentliklari bilan hamkorlik qilgan. Dji Make-up Forever, Coca-Cola Light, Alfa Romeo, Vivienne Westwood, NOKIA kabi brendlarni namoyish etdi. Dji oyoqlarining uzunligi 125 sm, va bu dunyodagi eng uzun oyoqlardan biri. Dji Davidvidela Afrika qit'asining qashshoqligini bilib oldi, shuning uchun endi boyib, xayriya tadbirlarini uyushtirmoqda,  u YuNESKOning ezgu niyatli elchisihamdir.
Imon Muhammad Abdulmajid
Beqiyos Imon- afsonaviy Devid Bouining rafiqasi. Asli Somalidan (1955). Afrikalik qizlarning aksariyat qismidan farqli o'laroq, Imon mukammal ma'lumot oldi. Modellik kariyerasi bo’lajak podium yulduzi AQShga ko'chib o'tgandan so'ng boshladi. Supermodel kariyerasidan tashqari, Iman 80-90-yillarda filmlarda juda ko'p rol o'ynagan. Uning ishtirokidagi eng mashhur kartinalar: "Afrikadan tashqarida", "Taslim bo'ling", "Chiqish yo'q". Imon muvaffaqiyatli ishbilarmon ayol. Uning mehnati mahsuli -IMAN Cosmetics, Skincare & Fragents va IMAN Global Chic. Imon Muhammad Abdulmajid - "Bolalarni hayotda saqlaylik" dasrurining ishtirokchisi.
Ushbu qizlarning barchasi turli xil boshlang'ich imkoniyatlarga ega, ammo chinakam go'zallik va o'tkir aqlga ega bo'lib, nafaqat modellik biznesida balki boshqa yo’nalishlarda ham yuqori darajalarga erishdilar. Ular o'zlarining iste'dodlarini kino va yozuvchilikda namoyon etishdi, ko'plab xayriya ishlari bilan shug'ullanishdi va minglab yosh afrikalik ayollar uchun ilhom manbaiga aylanishdi.

Futbolning inson salomatligiga ta’siri

Dunyoda futbolchalik ommaviy sport bo’lmasa kerak. Uni “millionlar o’yini” deyishlari ham bejizga emas. Dunyoning istalgan nuqtasida futbol muhlislari topiladi....

Maykl Jekson vafotidan oldin yashagan ulkan qasrning ichki ko’rinishi qanday edi?

Aafsonaviy pop yulduzining iqtidori, g'aroyib didi chindan ham shov-shuvli. 9,5 million dollarga sotuvga qo'yilgan Maykl Jekson o’limidan oldin yashagan ulkan qasrining ichki qismi bunga yaqqol misoldir....

Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar

Dunyoda juda ko'p millatlar mavjud va ularning barchasi turli tillarda gapirishadi. Bundan tashqari, bitta mamlakat ichida o'nlab va hatto yuzlab turli millatliodamlar bor, shuning uchun mahalliy aholi qo'shnilari bilan aloqa qilish uchun birdaniga bir nechta tillarni bilishi kerak. Tillar ham bir joyda to'xtamaydi, juda tez rivojlanadi. Ushbu...

"O'SPIRINLIK" YoLG'ONI.

"O'SPIRINLIK" YoLG'ONI. Xozirda 14 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan yoshlarni " o'smirlar" deyiladi. "O'smirlik" bu g'arbga oid termin bo'lib yoshlarning beboshligini xaspo'shlash maqsadida o'ylab topilgan. Islomda esa buyuklikka erishish uchun yosh cheklanmagan. Ummatimiz yoshlariga boqing, ular nelar qilishmagan: 1. Abdurraxmon Nosir. 21 yosh. Uning...

Oshxonada qo’l kelishi mumkin bo’lgan kichik ayyorliklar

Uyga tashrif buyurgan mehmon sizni qay darajada ozodaligingini oshxonangizga qarab bemalol bilib olishi va sizga baho berishi mumkin. Bu borada bekalar uchun beriladigan bir nechta foydali maslahatlar zarar qilmaydi. Marhamat ular bilan tanishing!......

JUMA KUNINING SIRLARI

JUMA KUNINING SIRLARI Xadisi shariflarda juma namozi uchun ertaroq kelishning o'zi aloxida ta'riflangan. Bu namozga qaysi payt kelgan odamga qanchalik savob yozilishi xaqida batafsil aytilgan.  Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: ...

To’lachadan kelgan ayollar uchun imidj yaratish borasidagi 11 qoida

Tabiat qaysidiy ayolni hiyol to’laroq qomat bilan siylagan bo’lsa ranjishga sira ham hojat yoq. Libos rangi, bichimi va obraz yaratishda nimalarga e’tibor berish kerakligini bilish orqali, qoyilmaqom ko’rinish mumkin....

Krishtianu Ronalduning eng qimat baho avtomobillari

Krishtianu Ronaldu nafaqat taniqli sportchi, balki aksariyat yoshlar uchun muvaffiyat timsoli hamdir. Sportchi qimmatbaho mashinalarni juda ham yaxshi ko‘radi, har safar yangi mashina sotib olganida buni OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqalarga namoyish qiladi. Ayni vaqtda portugaliyalik futbolchi bisotida 20 dan ortiq mashina bor. Ular...

Insonning mukammali bo’lmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari

Biz uchun taniqli odamlar ideal va namuna bo’lsa arzirli tuyuladi. Barkamol ko'rinish va yuzning ajoyib xususiyatlari - biz ularni televizorlarimiz ekranlarida shunday ko'rishimiz mumkin. Hattoki mashhur yulduzlar ham kichik kamchiliklardan holi emas. Quyida tashqi qiyofa jihatidan kichik nuqsonlarga ega mashxurlarning bir nechtasi haqida keltirib...

Uydagi suvaraklardan samarali halos bo’lish yo’llari

Tunda qorningiz ochqab, oshxonaga chiqdingiz-u, kutilmagan mehmonar tashrifidan tabingiz hira bo’ldi. Suvaraklar! Boz ustiga suvaraklar tatib ko’rgan yeguliklarni tashlab yuborishdan o’zga chora ham yo’q! Shunday ekan quyidagi maslaxatlarimizning bari ushbu zararkunandalarni daf qilish borasida bo’ladi....

Fikr qo'shish