Arazlaysiz bir og‘iz so‘zga uzbekcha sher

Arazlaysiz bir og‘iz so‘zga
Arazlaysiz bir og‘iz so‘zga

Arazlaysiz bir og‘iz so‘zga,
Chalavermang deysiz nog‘ora,
Sizni ko‘ngil ko‘ngil ekanu,
Biznikichi "teshik tog‘ora".
Sal narsaga chimirasiz qosh,
Sal narsaga dimog‘u-firoq.
Sizni ko‘ngil ko‘ngil ekanu,
Biznikichi "yirtilgan paypoq".
Bir iltimos bizdan chikori,
Bitta so‘zga sig‘maydi haddim.
Sizni ko‘ngil ko‘ngil ekanu,
Bizni ko‘ngil bechora,yetim.
Sizni tilab Parvardigordan,
Tillo beshiklarga solishgan.
Biz sho‘rlikni sariq chaqaga,
Lo‘lilardan sotib olishgan.
Sizni ko‘ngil ko‘ngil ekanu,
Bizni qancha ho‘rlasa mayli.
Biz bariga ko‘narkanmizu,
Sizning osmon ko‘ngil tufayli.
Yetar,o‘sha ko‘ngilchangizni,
Suv tekinga sotib ketaman.
Ko‘nglimizni boshiga qo‘ygan, 
Boshqa ko‘ngil topib ketaman.

Fikr qo'shish