Ketasan yiroqqa, ketasan izsiz ayrilik haqida sher

Ketasan yiroqqa, ketasan izsiz
Ketasan yiroqqa, ketasan izsiz

Ketasan yiroqqa, ketasan izsiz,
Qolaman qaydadir, qolaman sensiz.
Go‘yo sahrodagi yolg‘iz soyaman,
Chorlayman, chorlovim chiqadi unsiz.
Ketaver, ortingga qarama aslo,
Ismimni ham mayli unutgin.
Istama dardimga bo‘lmoqni davo,
Tashlab ket, ko‘nglimni butkul sovutgin.

Fikr qo'shish