Sizni panohida asrasin Xudo uzbekcha sher

Sizni panohida asrasin Xudo
Sizni panohida asrasin Xudo

Mendan xafa bo‘lmang; yo‘q bo‘lib qolsam!.. 
Dardingiz gardiga yana dard solsam!.. 
Qaniydi, o‘lguncha mehringiz olsam!.. 
Ishqingiz ko‘yida bo‘lyapman ado!.. 
Sizni panohida asrasin Xudo! 

Mendan ranjib yurmang; so‘rayman uzur!.. 
Sizdan, faqat sizdan ko‘rdim ko‘p xuzur!.. 
Sizni yaratganga qilaman shukur!.. 
Majburman, demoqqa jonim alvido! 
Sizni panohida asrasin Xudo! 

Xohlamay ketmoqqa qiynaldim rosa!.. 
Qaniydi, hamma ham sizdayin bo‘lsa!.. 
Sevmaslikka qurg‘ur bu yurak ko‘nsa! 
So‘rang, shu jonimni qilayin fido! 
Sizni panohida asrasin Xudo! 

Men uchun ehtiyot qiling joningiz!.. 
Mendan ko‘ra ko‘pdir mehriboningiz!.. 
Havasim bor, kimdir bo‘lsa yoringiz! 
Rashk meni mehrdan qilmasin judo! 
Sizni panohida asrasin Xudo! 

Izlamang, iltimos! Tushmasin ko‘zim!.. 
Topilmay qoladi, hech bitta so‘zim. 
Zo‘rg‘a kuch topoldim ketmoqqa o‘zim; 
Dilim tub-tubidan yangrar bir nido! 
Sizni panohida asrasin Xudo!

Fikr qo'shish