“Zolim Istanbul”: Saxar saratonni yenggan, depressiyadagi Jeren va Jenk oshiqlari son-sanoqsiz

“Zolim Istanbul”: Saxar saratonni yenggan, depressiyadagi Jeren va Jenk oshiqlari son-sanoqsiz
“Zolim Istanbul”: Saxar saratonni yenggan, depressiyadagi Jeren va Jenk oshiqlari son-sanoqsiz


“Zolim Istanbul” seriali ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgani yolg‘on emas. Insoniy munosabatlar, qadr-qiymat haqidagi ushbu hikoya teletomoshabinlarni ekran qarshisiga mixlab qo‘ydi, desak adashmaymiz. Serial ijodkorlari aktyorlar tarkibini juda yaxshi tanlay olgan.

Bosh rol ijrochilari tomoshabinlarni qahramonlar bilan birga yashash, ular bilan g‘am chekish, ular bilan birgalikda shodlanishga unday olganlar. 

Fikret Kushkon (Ogoh Karachay)
Fikret Kushkon 13 yoshlik paytlarida otasidan ayrilib qoladi. Oilasi esa Tokat shahriga ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi. Oradan uchyil vaqt o‘tib bo‘lg‘usi ijodkor tahsil olish uchun Istanbulga qaytib keladi. Aktyor ikki marta uylangan. Birinchi rafiqasi bilan ajrashgan, ikkinchi rafiqasi bilan besh yildan beri baxtli hayot kechirib kelmoqda. Fikret Kushkon “Eng yaxshi aktyor” sifatida turk kino mukofotini uch marta qo‘lga kiritgan.

Mine Tugay (Sheniz Karachay)
Aktrisaning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlar ko‘pemas. Ma’lum bo‘lgani, Mine oila qurmagan va hozircha farzandlari yo‘q. 

Mine Tugay yoga bilan shug‘ullanadi, kasbini esa judayaxshi ko‘radi. Aktrisa bo‘lish istagi Mineni bolalikdan tinch qo‘ymas edi. U kollejda o‘qib yurgan vaqtlaridan beri namoyishlarda ishtirok etardi. Kollejni tamomlagan qiz konservatoriyaga o‘qishga kirdi, aktyorlik mahorati fakultetini tamomlab, teatr va kino aktrisasiga aylandi. Ijodkor 2009 yilda eng muvaffaqiyatli aktrisa deya e’tirof etilgan.


Deniz Ugur (Saxar)
Iqtidorli aktrisa, ssenariynavis va go‘zal ayol Deniz Ugur bir necha o‘nlab film hamda seriallarda suratga tushgan, shu bilan birga teatrda ham faoliyat olib boradi. Deniz Ugurning hayoti ayanchli hodisalarga to‘la. Bo‘lg‘usi aktrisaning onasi balerina, otasi esa opera xonandasi bo‘lgan. Shu sababli uning kelgusida aktrisa bo‘lishi aniq edi. Qiz juda yosh turmushgachiqqan, oradan uch yil o‘tib esa ajrashgan. Bir necha yildan keyin turmushga chiqqan aktrisa  juda baxtli yashayotgandi, ammo ikkinchi eri fojiali tarzda halok bo‘ladi. Uchinchi bor turmushga chiqib, ajrashganida esa eri uning o‘z farzandlari bilan ko‘rishishiga to‘sqinlik qiladi. Tez orada aktrisa saraton kasalligiga chalinadi. 2012 yilda muvaffaqiyatli operatsiyani boshdan kechirgan ijodkor ayni vaqtda ijod bilan mashg‘ul.

Ozan Dolunay (Jenk Karachay)
Ozan Dolunay serialdagi qahramoni kabi Turkiyaga AQSHdan tahsil olib qaytgan. Aktyor 1991 yilda dunyoga kelgan, ayni vaqtda yoshi 30 ga yaqin kelib qolgan bo‘lishiga qaramay, oila qurish haqida o‘ylaganicha yo‘q. Ammo, muxlisalari va oshiqlari son-sanoq bilmaydi. 

Berker Gyuven (Nedim Karachay)
Berker Gyuven 1994 yili Turkiyaning Izmir shahrida dunyoga kelgan. Aktyor “Zolim Istanbul” filmi bilan bir qatorda “Vatanim sensan” filmida Aleksey rolini ijro etgan.

Sera Kutlubey (Jemre)
1994 yilda Anqarada dunyoga kelgan Sera Kutlubey ilk bor 2016 yilda “Qahrabo” filmida o‘zining debyut rolini ijro etgan. Aktrisaning kelajagi porloq ekani tahmin qilinmoqda. Sera aktrisalik bilan bir qatorda modellik faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. 

Bahor Shaxin (Jeren)
Aktrisa 1997 yilda Artvinda dunyoga kelgan. Bahor talabalik yillaridanoq o‘zini daromad bilan ta’minlash uchun ishlashni boshlagan. Qizning ota-onasi 14 yoshlik paytlarida ajrashib ketgan edilar. Yosh ijodkor murakkab ruhiy holatda ekanligiga qaramay, karyera qilish va kino olamida muvaffaqiyatga erishishni uddalay oldi.

Shovqinning eshitish qobiliyatiga ta’siri haqida

Eshitish organi bo’lgan quloq insonning muhim a’zolaridan biri ekanini ta’kidlashning hojati bo’lmasa kerak. Afsuski, hozir ko’cha-kuyda, jamoat joylarida qulog’iga quloqchin (naushnik) taqqan odamlarga, ayniqsa yoshlarga ko’p duch kelyapmiz. Ular go’yo atrofida hech kim yo’qdek gap sotishadi yoki baland ovozli musiqa tinglashadi. Shu o’rinda...

Issiq yoki sovuq: Organizm uchun qay biri ko’proq xavfli?

Ba'zilar issiqqa, ba'zilar sovuqqa toqat qilolmaydilar. Hech o’ylab ko’rganmisiz, ulardan qaysinisi ko’proq xavfli? Issiqlikdan najot yo'qdek tuyuladi, sovuqda hech bo’lmaganda o'rab, isinishingiz mumkin. Ammo aslida hammasi butunlay boshqacha......

Erkaklar kiyimlarini tog’ri dazmollashdagi kichik qoidalar

Kiyimni dazmollash oson deb o’ylasangiz, bilingki, hamma ham buning uddasidan chiqavermaydi. Quyida dazmol qilish chog’ida kerakli bo’lgan qoidalar bilan tanishtiramiz....

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

O’ziga ishongan, haqiqatdan ham kuchli insonlarni maqsadga erishish uchun ortiqcha harakatlar ajratib turmaydi. Murakkab vaziyatlardan baland ko’tarilgan bosh bilan chiqish, shuningdek kam yo’qotib, ko’p foyda olish qobiliyati asosan hayotga bo’lgan aniq nigoh va sodir bo’layotgan voqealarga nisbatan munosabatlarga bog’liq....

Qadimgi Hindistonda kashf qilingan va hozirgi kunda keng foydalanadigan beshta narsa

Shaxmatning qadimgi Hindistonda paydo bo’lganini hamma biladi. Ammo kelib chiqishi Hindistonga borib taqaladigan yana bir necha narsalar haqida biz bilmagan edik......

Buyuk faylasuflarning boylik va kambag’allik haqidagi iqtiboslari

Puli ko’p emas, qanoatli inson boydir, hamma narsaga ega odam emas, sotib olish mumkin bo’lmagan narsaga ega bo’lgan odam baxtlidir, chiroyning ham yuz go’zalligi emas, qalb go’zalligi qadrlanadi....

Hurrem va sulton Sulaymonning biz bilan zamondosh bo’lgan avlodlari

Bir paytlar uch qit’a hukmdori bo’lgan sulton Sulaymon va rafiqasi Hurrem sultonning avlodlari bormi? Ular hozir qayerda yashaydilar va nima ish qiladilar?......

Ortiqcha vaznga ega insonlar haqida qiziqarli faktlar

Hamma ortiqcha vaznning sog'liq uchun va to'liq faol hayot uchun zararli ekanligini yaxshi biladi. Ammo ortiqcha vazn va semirib ketish haqida yana nimalarni bilamiz? Sizga sayyoramizdagi millionlab odamlarni tashvishga solayotgan mavzu bo'yicha bir qator qiziqarli faktlarni taklif etamiz!...

Qaysi sabzavot va ichimliklar chanqoqbosdi sanaladi?

Yaxshi ko’rinishga ega bo’lish va o’zingizni a’lo darajada his qilishingiz uchun ko’proq suyuqlik iching......

Dunyodagi eng chiroylik va romantik joylar

Biz ko'plab shaharlar va joylarni romantikaga bog'laymiz. Ushbu to'plamda siz sayyoradagi eng romantik joylar haqida bilib olasiz. Ushbu fotosuratlardagi har qanday joy romantik sayohat uchun idealdir....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Charos
    Charos 3 апреля 2022 04:23
    Menga Zolim Istanbul seriali juda yoqadi. Serial ijodkorlariga omad tilayman

Fikr qo'shish