Yordamga kel, aziz qur'onim uzbekcha she'r

Yordamga kel, aziz qur'onim
Yordamga kel, aziz qur'onim


Esga olsam bobokalonim,
Qizaradi yuzim-tobonim,
Gunohlarga to‘ldi har onim,
Sustligidan dinu imonim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.

E’tiqodim dinimni sotdim,
Urf-odatim, tilni yo‘qotdim,
Yetmish yillar g‘aflatda yotdim,
Qiynaladi mening vijdonim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.

Elimda bor ko‘ngli g‘arazlar,
O‘g‘li otasidan arazlar,
Ko‘paydi ko‘p o‘g‘ri, marazlar,
Kazzoblarga to‘ldi makonim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.

Yoshlarning hech salomlari yo‘q,
Gapda shirin kalomlari yo‘q,
Chunki, dini, islomlari yo‘q,
Senda hikmat ezgu armonim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.


Qondoshlarga oqibat qani,
Elga izzat va hurmat qani,
Do‘stga, yorga sadoqat qani?
Vafosizlik qildi janonim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.

Ba’zilarning ibosi yo‘qdir,
O‘g‘il-qizlar hayosi yo‘qdir,
Etiqodi, xudosi yo‘qdir,
Shariatim, toptaldi sha’nim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.

Go‘daklarni tashlab ketsalar,
Onalikni inkor etsalar,
Qo‘li qotillikka yetsalar,
Alamimdan ezildi jonim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.

Oppoq nonni axlatga otdik,
Ochlik azoblarini totdik,
Daraxt kesib gunohga botdik,
Baraka yo‘q, quruq xirmonim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.

Ko‘p ilmni bilolmay qoldim,
Nursiz, zulmat ichra yo‘qoldim,
Men omiyman, kam saboq oldim,
Qashshoq mening tilu zabonim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.

Har kaloming hayratga solur,
O‘qiganning gardi yo‘qolur,
Oyatlaring dardimni olur,
Tabobatim, dori - darmonim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.

Varaqlaring ko‘zga surtayin,
Har kaloming e’zoz etayin,
G‘animlaring yiqib turtayin,
Bunga yetmas mening imkonim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.

Xazinamsan umri barqaror,
Bunga ko‘plar bo‘ldilar iqror,
Uzim Sening hukminga tayyor,
Kamolotga eltuvchi shonim,
Yordamga kel, aziz qur'onim.

Omading kelsa chopib

Omading kelsa chopib, Rizqing chala termagin. Besh, olti so'm pul topib, Otanga dars bermagin....

Hayotimzni ham hidoyat nuri ila munavvar qil

Allohim, ko'zlarimizni uyqudan ochganing kabi Qalblarimizni ham g'aflatdan uyg'ot Dunyoni quyosh nuri ila yoritganing kabi Hayotimzni ham hidoyat nuri ila munavvar qil....

Yig'lamang

Tun kecha oqshomlar hayolimdasiz. Bir quvonch tatimas uzoqlardasiz.  Sizga qo'lim yetmas yetmaydi mangu, Siz endi o'zgani quchog'idasiz......

Dunyo shu ezgulik doim qadrsiz

Dunyo shu... ezgulik doim qadrsiz, Suv keltirgan faqat jazoga duchor. Ko'za sindirganlar har doim aziz. Ey, falak, adolat qani? Qayda bor?...

Yigit kishini mehri Ota Onada bo'lsin

Yigit kishini mehri Ota Onada bo'lsin, Muhabbati Allohga bo'lsin, Vafodorligi suygan Yoriga, Hayoli Namozda bo'lsin, Boshi faqat Joynamozda egilsin....

Dunyo Ishlaringni Hotirjam Ko'rdim

Dunyo Ishlaringni Hotirjam Ko'rdim Ba'zilar ko'zida Qayg'u G'am ko'rdim "Man Bahtiliman" degani Bekor Aytibdi Armoni Yo'qlarni Juda kam Ko'rdim....

Nima uchun...

Nima uchun Shunaqamiz Yaxshi gapri Insonga Aytishni xam Qizginamiz Nima uchun shunaqamiz Yangi do'st topkanda Eski do'stni Unityabmiz...

Negadur hayollar bo'lmaydi xech jam

Bilsam bu dunyoda faqat men emas, Hamma o'z dardila ko'p yashar ekan. Bazida sukutda, bazan xayratda, Ikki juft ikki do'st ajrashar ekan. Aql bor xiz-tuyg'u, ko'ngil xotirjam, Negadur hayollar bo'lmaydi xech jam....

Mehrdan gap boshlang mehrdan

G'iybatdan gap boshlab o'tirmay Yaxshilik qildim deb bo'rtirmay Yaxshilar ko'nglini choʼktirmay Mehrdan gap boshlang mehrdan......

Sira mazax qilmagin

O‘g‘ling bo‘lsa o‘g‘rining Xech ustidan kulmagin Qizing bo‘lsa foxishani Sira mazax qilmagin......

Fikr qo'shish