Boylarga havasdamiz uzbekcha she'r

Boylarga havasdamiz
Boylarga havasdamiz


Boylarga havasdamiz,
Nochordan qilib hazar.
Yuqoriga intilib,
Pastga solmaymiz nazar.

Aslida boy ko‘nglini,
Kandayligin bilmaymiz.
Eng pastda bo‘lmasakda,
Bunga shukr qilmaymiz.

Goho nolib qolamiz,
Mashinamiz yo‘q emish.
Ko‘shni davlatdagilar,
Bizdan ko‘ra to‘q emish.

Lekin haqiqiy ochlik,
Nimaligin bilmaymiz.
Xar kuni osh yesakda,
Bunga shukr qilmaymiz.

Xar kun dunyoda minglab,
Kishi ochdan o‘ladi.
Bir qultum suv topilsa,
Shunga xursand bo‘ladi.

Lekin biz noshukurlar,
Ular xolin bilmaymiz.
Podshohdek yashasakda,
Bunga shukr qilmaymiz.


Necha minglab kishilar,
Ko‘rish baxtidan mahrum.
Yana qancha ming kishi,
Yurish baxtidan mahrum.

Ko‘z oyoq qanday buyuk,
Ne’matligin bilmaymiz.
Ko‘rib yurib tursakda,
Bunga shukr qilmaymiz.

Bugun dunyoda ko‘plar,
Xochlarga sig‘inmoqda.
Yana ko‘plari murtad,
Shaytonga cho‘qinmoqda.

Islomda tug‘ilmoq baxt,
Ekanligin bilmaymiz.
Musulmon bo‘la turib,
Bunga shukr qilmaymiz.

Gohi tuqqan onamiz,
Esdan chiqib qoladi.
Telefon qilib o‘zlari,
Bizdan xabar oladi.

Ular g‘animatimiz,
Lekin buni bilmaymiz.
Onamiz bo‘la turib,
Bunga shukr qilmaymiz.

Chirog‘u gaz yo‘q bo‘lsa,
Chidolmaydi sabrimiz.
Chiroqsiz o‘tsak hamki,
Yorug‘ bo‘lsin qabrimiz.

Tiriklikni o‘zi baxt,
Ekanligin bilmaymiz.
Yorug‘ olamda yashab,
Bunga shukr qilmaymiz.

Salgina dard yo‘liqsa,
Baxtsiz sanaymiz o‘zni.
Tezroq shifo topmasak,
Burishtiramiz yuzni.

Dard gunohga kafforot,
Ekanligin bilmaymiz.
Davosin bersa ALLOH,
Bunga shukr qilmaymiz.

Devor osha masjidga,
Utishga vaqt topmaymiz.
Azonni eshitsakda,
Namozga deb chopmaymiz.

Benamozlik qanchalar,
Kulfatligin bilmaymiz.
Biz islom ummatimiz,
Bunga shukr qilmaymiz!

Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar...

Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin. Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar. U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin. Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar......

Gunohi yo'q yetim qolganlar

Ona mehrin xis qilolmagan, Ota mehrin eh bilolmagan. Quvonch ila hech kulolmagan, Gunohi yo'q yetim qolganlar......

Hayrli tun!

Tun uhlatsin, oydek jamoli bilan, Tong uyg'otsin, mayin shamoli bilan, Endi uhlang, Allox kalomi bilan, Sahar turing, Allox salomi bilan!  XAYRLI TUN!...

Keksalik

U uzoq tikildi, uzundan uzoq, Ortiga bir qaytib, qarab ham qo‘ydi. Oldga qadam qӯysa, turardi tuzoq, Ortga qaytay desa, birorta yo‘l yo‘q. Uzoq o‘yga toldi, uzundan uzoq, Savob istab, umrin titkilab ko‘rdi. Umid-la osmonga qaradi biroq, Qilgan gunohlari yuziga urdi....

Xayrli tun jonim

Sevgilim, bu oqshom go'zal xayol sur, Xayol kemasida olib ketay yur, Baxtning og'ushida yum ko'zlaringni, Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r......

Erkak so'zi besh harfdan iboratdir

Erkak so'zi besh harfdan iboratdir, Har bir harfi mardlik uchun imoratdir. Chin erkakga do'st topmoq zo'r tijoratdir, Erkaklar bor "erkak" deyish hijolatdir......

Hayotimga dard keldi deb ko'p kuyunmang

Hayotimga dard keldi deb ko'p kuyunmang Shu dard baxtga yo'llar ochib qolmog'i bor Hayotimda baxt mangu deb ko'p suyunmang U ham sizdan bir kun qochib ketmog'i bor......

Tiriklay ko'madi meni Tashvishlar!...

Yosh edim turtilib turardim Ba'zan, U chog'lar yiqilsam onam Dast ushlar. O, endi qo'rqaman yiqilsam Agar Tiriklay ko'madi meni Tashvishlar!......

Yig'lagim keladi...

Yig'lagim keladi, lekin xursandchilik qilaman. Kulgularim ortiga qayg'ularimni yashiraman. Labimga tabassum yasab xazil qilaman. Huddi menda boshqa yuz, boshqa qiyofa. Hamma o'ylidiki "Bunda dard yo'q, alam yo'q"...! Aslida qalbim og'rig'idan... azobidan kulaman...!...

yonimda sevgi uchun yangi sher

TONG CHOG’I ESADI MAYIN SHABBODA,  XIRA KO’RINAR OY HAM SAMODA.  KO’ZIMNI OCHSAM BARISI RO’YO,  TUSH EKAN SEN BORDEK YONIMDA GO’YO.  HAYOLLAR SHIRINDIR ROSTI TOPILMAS. ...

Fikr qo'shish