Onam der jon bolam o‘zingni asra ota-ona haqida she'r

Onam der jon bolam o‘zingni asra
Onam der jon bolam o‘zingni asra


Dunyo ko‘rinsa gar menga zim-ziyo,
Omad ham qilmasa bir karra qiyo,
Ko‘rinsa har nima shunchaki ro‘yo,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

Do‘stlarim dushmanni ishini qilsa,
Dushmanim bildirib ortimdan kulsa,
Ikkisi bir bo‘lib pichoqlar ursa,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

Tunlari ko‘zlari ilinmay kutar,
Havotir olaru, zaxarlar yutar,

Ko‘nglidan xadiklar bir pastda o‘tar,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

Deydilar dunyoni ishi tinmaydi,
Ozgina tin bolam xech kim bilmaydi,
Yiqqan davlatlaring do‘stlik qilmaydi,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

Qara sochlaringa qo‘nibdi qirov,
Endi qirqqa kirdi demaydi birov,
Sog‘indim tizzamda uxlashing birrov
Onam der jon bolam o‘zingni asra!

O‘tirgin ozgina suhbat quraylik,
Mahallani biroz yayyov yuraylik,
Bir kunga tashvishni qo‘yib turaylik,
Onam der eh bolam, o‘zingni asra!

Yugur yugurlaring tugamas hecham,
Ishdan qaytguningcha tushadi kech ham,
Men uchun ehtiyot qilsa, bas egam,
Onam der jon bolam o‘zingni asra!!

Bag'rimda ummon qalbimda rahmon

Bag'rimda ummon qalbimda rahmon, Yiglasa qushilib yig'laydi osmon. Bahtimga doim bo'lsin sog'-omon, Dunyoda yagona mexribon Onam....

Musofir o'g'lingiz sog'indi ona

Begona yurtlarda farishta yuzni Tushda ham ko'rmadim hatto bir bora Har kungidan ko'proq, har kuni sizni Musofir o'g'lingiz sog'indi ona......

To'ylarimga bosh bo'linga onam kelib

Bola edim kechagina shu xovlida To'ldirardim onam bag'rin chopib kelib  Nega yo'qsiz bugun ona shu xovlida To'ylarimga bosh bo'linga onam kelib......

Ona va farzand suxbati

–O'g'lim, agar mening ko'zlarim nurini yo'qotsa, nima qilasan? –Sizni yurtimizdagi eng yahshi shifohonoga olib boraman, onajon. –Agar meni u erda davolay olishmasa-chi, bolam? –U xolda sizni dunyodagi eng yahshi shifohonaga olib boraman, onajon. –Ular xam meni davolay olishmasa-chi, o'g'lim? –U xolda sizga umr bo'yi g'amho'rlik qilaman, onajon......

Boylik armon bo'lsa ham

Boylik armon bo'lsa ham Jannat armon bo'lmasin Dunyo ko'z yosh toksa ham Ona ko'z yosh to'kmasin....

Gul bilan bezanib turmasin honam

Gul bilan bezanib turmasin honam. Mayli yomg'ir bo'lsin, mayli qor b'lsin. Otamning bahtiga sog' bo'lsin Onam, Onamning bahtiga Otam sog' bo'lsin!...

Bir yor uchun baht so'rama

Bir yor uchun baht so'rama, vaqti kelsa tashlab ketadi. Nega ketdi ?deb ham siqlma, unaqalar ming bor keladi. Toki Ota-ona tirik ekan ular seni sevadi. Ular uchun umur so'ra chunki ular bir bor keladi....

Onamdir dunyoda eng xolis ko'zgu...

Onamdir dunyoda eng xolis ko'zgu Qolgani yolg'ondir shirin aldamlar Shu paytgacha yashap anglaganim shu Onamdan boshqasi oddiy odamlar...

Zamonlar aylanish charxin yo'qotsa

Zamonlar aylanish charxin yo'qotsa! Yaxshiga yomonlar tinmay tosh otsa! Kiprikda yoshlar ham artilmay qotsa! Sabrimning kosasin to'ldirma hayot! OTAM VA ONAMDAN AYIRMA HAYOT....

Onajonim sizni sog'indim

Mehrli ko'zlaringiz, Xushzabon so'zlaringiz, Mehribonsiz o'zingiz, Onajonim sizni sog'indim......

Izohlar 10

  1. Офлайн
    yulduz
    yulduz 3 марта 2026 07:12
    juda tasirli sherlar
  2. Офлайн
    Ruhshona
    Ruhshona 4 марта 2025 16:17
    Muallifi Muhammad yusuf
  3. Офлайн
    Shahrizoda
    Shahrizoda 29 января 2025 17:20
    Juda zõr sher ekan õqib yiğlavordim
  4. Офлайн
    Malika
    Malika 3 марта 2024 07:26
    Juda zõr she'r ekan muallifi kin yozib yubora olasizmi
  5. Офлайн
    Munisa
    Munisa 26 января 2024 17:48
    She'r juda ajoyib muallifi kim
  6. Офлайн
    Farizoda
    Farizoda 11 мая 2023 16:22
    Juda zor sher ekan👍🏻👍🏻👍🏻
  7. Офлайн
    Nozima
    Nozima 16 марта 2023 19:22
    Muallifi kim õzi aytib yuborolmisilami
  8. Офлайн
    Asliddin
    Asliddin 4 марта 2023 17:30
    Onam der jon bolam o'zingni asra she'rini muallifi kim???
  9. Офлайн
    Abdujalil
    Abdujalil 27 ноября 2022 20:39
    Muallifini ham yozib quyilar
  10. Офлайн
    Шохида
    Шохида 8 ноября 2022 18:48
    Рахмат шерлар учин

Fikr qo'shish