Quloq soling do‘stlar shu safar uzbekcha she'r

Quloq soling do‘stlar shu safar
Quloq soling do‘stlar shu safar


Quloq soling do‘stlar shu safar,
Unutilsin bari dard, azob.
Shukr deylik, turib tong sahar,
Yaxshilikka yozilar savob.

Puli yo‘qni nazarga ilmay,
Davramizga qo‘shmadikmi yo?

Yana kimni ranjitdik bilmay,
Deydilar-ku bu qaytar Dunyo!

Kimlarnidir g‘iybat qilibon,
Gunoh qilib qo‘ymadikmikan?
Kechirmasa gar o‘sha inson,
Allohim ham kechirmas ekan?

Ezgulikni barpo etaylik,
Yomonlikni yuqtirmay dilga.
Yaxshi inson bo‘lib ketaylik,
Bu dunyodan so‘nggi manzilga.

Xayrli tun jonim

Sevgilim, bu oqshom go'zal xayol sur, Xayol kemasida olib ketay yur, Baxtning og'ushida yum ko'zlaringni, Xayrli tun jonim, shirin tushlar ko'r......

Kimlardur xakkimda nelar degandur,

"Kimlardur xakkimda nelar degandur, Men maqsad iymonning butligi dedim. Mana xaqiqatni Allohdan so'rang, Uning xuzuriga kup-quruq ketgum"...

Sadoqat bilmagan xiyonat dunyo

Sadoqat bilmagan xiyonat dunyo To'rt kunmas, uch kunlik g'animat dunyo Xayotni sinovga to'ldirib qo'yib, Sabrga mukofot bermagan dunyo....

Davlatim borida...

Davlatim borida do’stlarim bisyor Xar bir so'zim goyoki farmon Do'st bolginki quyoshu osmon Do'stim deb berayin senig uchun jon...

O'zgaribdi bugun odamlar

Katta kichik qilib qadamlar, To'lib ketsa yurak alamlar, Yashab bildim dunyo ishini, O'zgaribdi bugun odamlar.......

Omon bo‘l, bir umr,aziz sinfdosh

Umid deb atalmish guling so‘lmasin, Yurakda orzular xech xam o‘lmasin. Shu qora ko‘zlaring xech nam bo‘lmasin Omon bo‘l,bir umr,aziz sinfdosh....

Bir shirin tabassum qiling maylimi

Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor, Yoki homush bo'lish zamon zaylimi? Sizga kichikkina iltimosim bor, Bir shirin tabassum qiling maylimi?......

Meni yomon ko'rgan odamlar

Ba'zan o'ylamay gapirib qo'yib Tinmasdan g'iybatim qilgan odamalar. Mayliga so'kib ursangiz xamki. Meni yomon ko'rgan odamlar....

Ona Jonin Beribdi -Qayg'uli Dramma..!

Eshikka termulgancha ona ko'zlari,  Mayus yuzla boqadi,farzand yo'liga.  Betoqat umri ham,o'tgan onaning,  Yaqin kuni qolibdi,jon berishiga....

Yuragim dardin olsam qalamga

Yuragim dardin olsam qalamga. Taqdir qog'oziga tushadi alanga. Nechta gulga moyil bo'lmagan qalbim. Bitta yor dastidan to'ldi alamga....

Fikr qo'shish