Yuzimni yuvmoqda durday tomchilar uzbekcha sher

Yuzimni yuvmoqda durday tomchilar
Yuzimni yuvmoqda durday tomchilar

Yuzimni yuvmoqda durday tomchilar,
Yurakka sog‘inchning tig‘i sanchilar.
Qutlug‘ safar oldida turgan hojilar,
Mendan SALOM yetkazing Rasulollohga
(Sollalloxu alayxi vasallam) 

.. Saodat shahriga yetsa qadamlar,
MAKKAning hidlari ufurgan damlar,
Nabiyning yurtiga borgan odamlar,
Mendan salom yetkazing Rasulollohga.
(Sollalloxu alayxi vasallam)

... Miyqotda poklanib ehrom kiysangiz,
Ko‘kdagi farishta misol yursangiz,
OMONAT gapimni eslab qo‘ysangiz,
Mendan salom yetkazing Rasulollohga.
(Sollalloxu alayxi vasallam)

... Mino vodiysida bedor kechada,
Duolar, tavbalar qabul kechada,
Har bitta go‘shada, har bir ko‘chada,
Mendan SALOM yetkazing Rasulollohga
(Sollalloxu alayxi vasallam)

... Qadam tashlasangiz Arofat tomon,
Nabiyning va’zlari kelgani zamon,
Jonim FIDO bo‘lsin, behad ehtirom,
Mendan salom yetkazing Rasulollohga
(Sollalloxu alayxi vasallam)

... Muzdalifada tersangiz toshlar,
Sizga havasmandman, ko‘zimda yoshlar.
Bizni NUR tomonga qaysi yo‘l boshlar,
Mendan salom yetkazing Rasulollohga
(Sollalloxu alayxi vasallam)

... Tavof etsangiz ul Ka’batullohni,
Jamolini tilab buyuk ALLOHni,
Hurmati uchun shu Kalomullohni,
Mendan salom yetkazing Rasulollohga
(Sollalloxu alayxi vasallam)

... Madina, shubhasiz, Nurafshon shahar,
Hatto tushlarimda o‘ziga tortar,
U yerda NABIYning o‘zlari yotar,
Mendan salom yetkazing Rasulollohga
(Sollalloxu alayxi vasallam)

... Nabiyning izlari tushgan ko‘chalar,
ming bor ziyoratga arzir qanchalar,
O‘sha ko‘chalarda yurgan, hojilar,
Mendan salom yetkazing Rasulollohga 
(Sollalloxu alayxi vasallam)

... Qismatda ne bo‘lsa bariga ko‘ndim,
Hajning orzusila yashaydi ko‘nglim,
Men shu ORZU bilan topsamda o‘lim
Mendan salom yetkazing Rasulollohga 
(sollallohu alayhi vasallam)

Fikr qo'shish