Chjan-Syan haqida ma'lumotlar

Chjan-Syan haqida ma'lumotlar
Chjan-Syan haqida ma'lumotlar


Chjan-Syan (? - miloddan avvalgi 103-yil)
Qadim zamonlardan buyon Sharq va G`arbni, xususan, Xitoy va Yevropani o`zaro bog`lab kelgan, ushbu yo`nalishdagi savdo karvonlari uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan «Buyuk ipak yo`li» haqida ko`p eshitganmiz. Ammo mazkur savdo yo`lidan qaysi vaqtdan buyon faol foydalana boshlanganligi to`g`risidagi ma’lumotlar ko`pchilikni qiziqtirsa kerak.

Manbalarga ko`ra, «Buyuk ipak yo`li»ning ochilishida miloddan avvalgi II asrda yashagan xitoylik diplomat va sayyoh Chjan Syanning xizmatlari katta. Aynan, shu xitoy diplomat birinchi bo`lib Tyan-Shan tog`lari osha Xitoydan O`rta Osiyoga sayohat qilgan. Chjan Syan­ning bosib o`tgan yo`lidan Yevropa va Xitoy o`rtasida qatnaydigan savdo karvonlari keng foydalana boshlagan. Ma’lumki, Xitoy qadim zamonlardan chetga ko`plab miqdorda ipak chiqargan va shuning uchun ham keyinchalik bu yo`l «Buyuk ipak yo`li» nomini olgan.

Chjan Syanning tug`ilgan yili aniq emas, ammo manbalardan bizga uning miloddan avvalgi 103-yilda vafot etgani ma’lum. Mi­loddan avvalgi 138-yilda Chjan Syan xitoy imperatori U Dining topshirigiga binoan, muhim diplomatik missiyani amalga oshirish maqsadida Pekindan O`rta Osiyoga sayohat qilgan. Ushbu sayohati natijasida sayyoh birinchi bo`lib O`rta Osiyo, Pomir va Tyan-Shan tog`lari, Amudaryo va Sirdaryo, Lobnor ko`liga quyiluvchi Torim daryolari haqidagi ma’lumotlarni Xitoyga olib kelgan. Tarixchilar beda, uzum, anor, bodring, yong`oq va boshqa bir qator madaniy o`simliklarning Xitoy hududiga kirib kelishini ham Chjan Syan nomi bilan bog`laydilar.

Chjan Syanning miloddan avvalgi 138-yilgacha bo`lgan faoliyati to`g`risida ma’lumotlar juda kam. Ba’zi manbalarga ko`ra, u Xitoy imperatori saroyida diplomatii lavozimni egallagan. O`sha paytlarda shimoliy chegaralari «Buyuk Xitoy devori»dan o`tgan Xitoy birmuncha tez rivojlanib, kuchayib borayotgan edi. Tarixchilarning yozishicha, Chjan Syanning sayohatiga qadar xitoyliklar Gobi cho`li, Tibet va Mo`g`iliston o`rtasidagi Saydam botig`idan g`arbga va shimolga deyarli borishmagan va bu hududlarni deyarli bilishmagan.

O`sha vaqtlarda tabiiy to`siqlar – cho`llar, baland tog` tizmalari va keng dashtlarda ko`chib yuruvchi xunnlar qabilasi Xitoyning O`rta Osiyodagi o`troq xalqlar bilan aloqa o`rnatishiga halakit qilar edi. Shuning uchun ham xunnlarga tegishli yerlardan g`arbda yashaydigan va Xitoyga ittifoqchi bo`lishi mumkin bo`lgan katta yuechjilar (kushonlar)ni qidirib topish maqsadida Chjan Syan elchi sifatida O`rta Osiyoga yuborilgan. Hozirgi Lanchjou shahridan yo`lga chiqqan elchilar xunnlar hududida xibsga olinib, 10 yil asirlikda saqlangan.

Miloddan avvalgi 128-yilda xunnlar qo`lidan qochishga muyassar bo`lgach, Chjan Syan Markaziy Tyan-Shan tog`lari dovonlaritsan oshib, Jexay («Muzlamaydigan ko`l», hozirgi Issiqko`l) ko`lining janubiy qirg`oqlaridagi usun qabilasi yerlariga yetib keldi. Bu yerda Chjan Syanga yuechjilarning janubi-g`arbga, hozirgi O`zbekistan hududidagi Farg`ona vodiysiga ko`chib joylashganligi ma’lum bo`lgan. Ammo xitoy elchisi yuechjilarni Farg`onadan ham topolmadi, chunki ular yanada uzoqroqqa - Amudaryo va Sirdaryoning o`rta oqimidagi Baqtriya va Sug`diyonaga ko`chib ketishgan edi.

Nihoyat, yuechjilar joylashgan yerni topgach, bu yerda bir yil yashagan Chjan Syan miloddan avvalgi 127-yilning oxirida yana Xitoy tomon yo`l oldi. U Pomir tog`larini shimol tomondan aylanib o`tib, Oloy vodiysi va Torim daryosining bosh irmog`i bo`lgan Yuqori Yorkend daryosi orqali Torimning o`ng irmog`i Xutan daryosi vodiysiga yetib kelgan. Takla-Makon cho`lining janubiy chekkalari orqali bir vohadan ikkinchi vohaga o`tayotib, sayyoh oqmas va ko`chib yuruvchi Lobnor ko`li joylashgan pasttekislikka duch keladi.

Chjan Syanning sayohati Lobnor ko`lidan Oltintog`ning shimoliy yonbag`irlari bo`ylab davom etgan va bu yerda sayyoh yana xunnlar ko`liga tushib, bir yil vaqtini asirlikda o`tkazishga majbur bo`lgan. Bu safar ham qochishga muvaffaq bo`lgan sayyoh miloddan avvalgi 125-yilda bittagina hamrohi bilan Xitoyga qaytib keldi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko`ra, Chjan Syan ushbu un uch yillik sayohati davomida 25 ming li (14,2 ming kilometrdan ortiq) masofani bosib o`tgan.

Xitoyga qaytgach, Chjan Syan o`z sayohati haqida batafsil hisobot tayyorlagan. Hisobot xitoylik tarixchi Sima Syan tomonidan qog`ozga tushirilib, o`sha paytdagi Xitoy va boshqa hududlarda O`rta Osiyo haqidagi geografik bilimlarning tarqalishiga muhim rol o`ynagan.

Chjan Syan xitoyliklarga birinchi bo`lib Kaspiy (Shimoliy) va Orol (G`arbiy) dengizlarining mavjudligi haqiqa xabar bergan va O`rta Osiyodagi asosiy daryolarning qaysi tomonga qarab oqishi va qayerga quyilishini to`g`ri aniqlagan. Mazkur hisobotda Osiyo qit`asining Fors ko`rfazi hamda O`rtayer dengizigacha bo`lgan g`arbiy xududlari va oldin xitoy adabiyotlarida tilga olinmagan Hindiston to`g`risidagi ba’zi ma’lumotlar mavjud.

Chjan Syan Hindistonga Birma (hozirgi Myanma) va Assom (hozirda Hindistonning alohida shtati) hamda Osiyoning janubi-sharqidagi dengizlar orqali borgan. Sayyoh bosib o`tgan mazkur yo`nalish Xitoyni Ganga vodiysi bilan bog`laydigan asosiy yo`lga aylangan. U orqali miloddan avvalgi II va I asrlar bo`sag`asida Xitoydan O`rta va G`arbiy Osiyo mamlakatlariga boruvchi dunyo ahamiyatiga ega bo`lgan savdo yo`li - «Buyuk ipak yo`li»ning janubiy tarmog`i o`tgan.

Miloddan avvalgi 118 va 115-yillar o`rtasida Chjan Syan Tyan-Shan tog`lari orqali O`rta Osiyoga ikkinchi sayohatini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda xitoylik tarixchi Sima Syan «ushbu sayohat natijasida Xitoy o`zidan shimoli-g`arbda joylashgan mamlakatlar bilan aloqa yo`llarini ochdi», deb yozgan etdi.

Chjan Syanning sayohatlari to`g`risidagi hisobotlari Sharq va G`arb mamlakatlari o`rtasida siyosiy va savso-iqtisodiy aloqalarning Avstraliyani, Shimo­liy Amerikaning g`arbiy qirg`oqlarini, Tinch, Hind va Atlantika okeanlarini tadqiq etgan va xaritaga tushirgan. Kartografiyaga kuchayishida katta rol o`ynagan «Buyuk ipak yo`li»ning dunyo ahamiyatiga molik savdo yo`liga aylanishida muhim o`rin tutgan. Shuning uchun ham mutaxassislar xitoylik sayyohning safar hisobotini ahamiyati jihatdan Xristofor Kolumbning ispan qiroli xazinaboni Luis de Santaxelga «Yangi dunyo», ya’ni Amerikaning ochilishi haqida yo`llagan maktubiga qiyoslashadi.

Turli xil rangdagi egizaklar

Bu ikki bola bir-biriga o'xshamaydi, lekin ular o'rtasida o'ziga xos munosabatlar o'rnatildi. Ko'pchilik dastlab bu o'g'il va qizlarning egizak ekanligiga ishonishmaydi. Bunday tabiat injiqligi haqiqatan ham sehrli ko'rinadi......

Insonlarni o'ziga tortuvchi odamning 9 ta xususiyati

Fayzli inson qanday bo’lishi kerak? 1.Bunday odam boshqalarga yaxshi muomalada bo’ladi Odamlarni o’ziga jalb qiluvchi fayzli inson o’zini boshqara oladi. Suhbatdoshidan o’tishga harakat qilmaydi, uni kamsitib, o’zini komil inson qilib ko’rsatmaydi. Bunday qilishga hojat ham yo’q, chunki u o’ziga va o’z kuchiga ishonadi......

Alisher Navoiy haqida ma'lumot

Alisher Navoiy-buyuk O'zbek shoiri, yozuvchi, mutafakkir va davlat arbobi. Uning o'zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga bo'lgan iste'dodi va ta'siri shubhasizdir. Alisher Navoiy 1441 yilda hozirgi Afg'oniston hududida joylashgan Xerat shahrida tug'ilgan. U yoshligidan adabiyot, san'at va ta'limga qiziqish ko'rsatgan. 14 yoshida Arab va fors...

Insonning mukammali bo’lmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari

Biz uchun taniqli odamlar ideal va namuna bo’lsa arzirli tuyuladi. Barkamol ko'rinish va yuzning ajoyib xususiyatlari - biz ularni televizorlarimiz ekranlarida shunday ko'rishimiz mumkin. Hattoki mashhur yulduzlar ham kichik kamchiliklardan holi emas. Quyida tashqi qiyofa jihatidan kichik nuqsonlarga ega mashxurlarning bir nechtasi haqida keltirib...

Tarixdagi eng mashhur hukmdor ayollar

Hukmronlik qadim zamonlardan beri erkaklar qo’lida bo’lib kelgan, ammo shunga qaramay kuchli hukmdor ayollar ham yashab o’tishgan. Ularning ayrimlari siyosat bobidagi donoligi ila ajralib turgan bo’lsalar, boshqalari adolatli ekanligi bilan nom qozongan....

Xatiko: vafodor it haqida qayg’uli voqea

Xatiko ismini eshitishimiz bilan hayolimizga “sadoqat”, “vafo” so’zlari keladi. Hammamiz Richard Gir ishtirokidagi “Xatiko: eng sadoqatli do’st’ nomli filmni sevib tomosha qilganmiz. Filmda hayotdan olingan real voqea tasvirlangan. Xo’sh, aslida qanday voqea ro’y bergan edi?!......

Kuch-quvvat bag’ishlashga qodir 14ta foydali mahsulot

Bizning kuch qudratimiz yegan taomlarimizga bevosita bog’liq. Tanlagan maxsulotlarimiz bga’zan bizning quvvatimizni oshirsa, ba’zan tushiradi. Quyida umumiy holatimiz va sog’lig’imizni himoya qiluvchi kuch-quvvatga boy mahsulotlar ro’yhati keltirilgan......

Katta tezlikda yugura oladigan eng chopag’on hayvonlar TOP 5 taligi

Ushbu maqolamizda beshta eng chopag’on hayvonlar haqida gapirib o’tamiz. Qani ko’raylikchi, eng tezi kim ekan?......

Hurrem va sulton Sulaymonning biz bilan zamondosh bo’lgan avlodlari

Bir paytlar uch qit’a hukmdori bo’lgan sulton Sulaymon va rafiqasi Hurrem sultonning avlodlari bormi? Ular hozir qayerda yashaydilar va nima ish qiladilar?......

To’g’nog’ich qanday paydo bo’lgan?

Ayollar garderobining ajralmas qismi bo’lgan va turli liboslarni bezash uchun hizmat qiluvchi to'g’nog’ichlarning qanday paydo bo’lgani siz uchun qiziqmi? Unday bo’lsa, ushbu maqolamiz bilan tanishib chiqing!...

Fikr qo'shish