Siz Allohdan so‘rashni biling uzbekcha she'r

Siz Allohdan so‘rashni biling
Siz Allohdan so‘rashni biling


Ey yaqinim sizdan iltimos,
G'iybatimni sal kamroq qiling.
Chetga surib g‘arazni biroz,
Siz Allohdan so‘rashni biling,

Kuymang shu oz topganlarimga,
Xasad. emas, xavasda qoling.
Davlat vafo qilibdi kimga,

Siz Allohdan so‘rashni biling,

Chin do‘st deya siz meni emas,
Yaratganni avval tan oling,
Banda bersa axir qush to‘ymas
Siz Allohdan so‘rashni biling,

Suxbatimga mushtoq bo‘lsangiz,
Mayli kunda mexmonim bo‘ling.
Obruyimni xavas qilsangiz,
Siz Hudodan so‘rashni biling.

Berguvchiyu olguvchi Alloh,
Berganiga shukrlar qiling.
Boridan xam etmasdan judo,
Siz Allohdan so‘rashni biling,

Gul uzra ko'klamning shabnami yaxshi

Gul uzra ko'klamning shabnami yaxshi Bahorda yuz ochgan har dami yaxshi Yahshimas kechagi kundan so'z ochmoq O'ynab qol bu kuning har dami yaxshi...!...

Bugun sizni to'yingiz kuni

Yillar o'tib ketgan bo'lsada Shu armonim ezar tun kuni Ko'ksimda cho'g' bo'lib tursada Bugun sizni to'yingiz kuni......

Musofirlar haqida juda ta'sirli she'r

Yana qo‘lga olib qalam Sog'inchimni etdim bayon Ichimdagi dardu alam Faqat bir o‘zimga ayon......

Odamlar soʻrasa mendan bir savol...

Odamlar soʻrasa mendan bir savol...! Dunyoda sen uchun nima eng yomon...! Oʻylamay aytardim albatta shu on...! Sogʻinish, Ajralish, Kutish va Armon...!...

Umidingni uzma Hudodan

Do‘sting ketsa dushmaning tomon. Yuragingda chulg‘asa gumon. Kimlarnidir sog‘insang yomon. Umidingni uzma Hudodan......

Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar...

Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin. Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar. U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin. Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar......

Bari bir azizsan, ro'molli ayol

Ko'rsatarlar seni ko'p aybdor qilib, Qadringni er qilib, ho'p abgor qilib, Barchaga yomonlab, ko'p bezor qilib, El ichra topmagan omonlik, ayol, Bari bir azizsan, ro'molli ayol!......

Ishqimning uvoli tutmasa bo'ldi

Yo'lingni armonlar kutmasa bo'ldi, Yuraging fig'onlar yutmasa bo'ldi, Baxtli bo'lishingni tilayman lekin, Ishqimning uvoli tutmasa bo'ldi......

Insof ber Allohim

Allohim insof ber bag'ri toshlarga, Vijdoni yo'qlar u benomuslarga, Allohim insof ber nomard nokasga, Bir umr hayosiz nazar pastlarga, Allohim insof ber tig'siz so'yganga, Yoningda do'stman deb iymon sotganga....

Duo qiling...

Duo qiling.....! Kelin bo'lay kelinlarni zo'ri bo'lay, Mexribonim xonadonin nuri bo'lay.....! Ota uyga andux bilan bormayin xich, Baxt chashmasin yonib turgan duri bo'lay, Oyijon deb dadajon deb axti bo'lay.....! Qaro qoshli shaxzodamning baxti bo'lay.....!!!...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Парвина бону
    Парвина бону 22 октября 2024 19:18
    Парвина бону хакида шер керак

Fikr qo'shish