Krishtianu Ronalduning eng qimat baho avtomobillari

Krishtianu Ronalduning eng qimat baho avtomobillari
Krishtianu Ronalduning eng qimat baho avtomobillari


Krishtianu Ronaldu nafaqat taniqli sportchi, balki aksariyat yoshlar uchun muvaffiyat timsoli hamdir. Sportchi qimmatbaho mashinalarni juda ham yaxshi ko‘radi, har safar yangi mashina sotib olganida buni OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqalarga namoyish qiladi. Ayni vaqtda portugaliyalik futbolchi bisotida 20 dan ortiq mashina bor. Ular orasidagi eng yaxshi hamda qimmatbaho namunalar qaysi ekanligini bilasizmi?

Audi RS 6 Avant
Audi kompaniyasi "Real Madrid" futbol klubi bilan faol hamkorlik qilib keladi va sportchilarni o‘z brendiga tegishli bo‘lgan avtomobillar bilan ta’minlaydi. Krishtianu Madridda o‘ynagan vaqtlari uni mazkur mashina rulida ko‘p bor ko‘rishgan. Avtomobilni oddiy mashinalar qatoriga kiritish imkonsiz. Quvvati 560 ot kuchiga teng bo‘lgan V8 motori mashinaning 3,9 sekund ichida 100 kilometr tezlikda o‘t olishiga imkon yaratadi.

Mashinaning maksimal tezligi soatiga 305 km.

Koenigsegg CCX 11
Bu futbolchi kolleksiyasidagi eng tezkor avtomobillardan biridir. Quvvati 1019 ot kuchiga teng bo‘lgan superkar dvigateli mashinaga 2.9 sekund ichida 100 km tezlikda o‘t olishga imkon beradi. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 402 kilometr. Qurilma intellektual poyga shassisi yordamida boshqariladi.

Rolls-Royce Phantom
Rolls-Royce Phantomni Krishtianu bisotidagi eng qulay mashina sifatida e’tirof etishadi. Phantom Drophead Coupe seriyasiga tegishli bo‘lgan Rolls-Royce futbolchiga 410 000 yevroga tushgan.

Lamborghini Aventador LP 700-4
"Lamborgini" dizaynini boshqa hech bir superkar bilan adashtirib qo‘ymasligingiz aniq. Kuzovning aerodinamik ko‘rinishi ko‘pchilikni o‘ziga rom etadi. Futbolchi mazkur avtomobilni 27 yoshga to‘lishi munosabati bilan 270 000 yevro evaziga sotib olgan.

Bugatti Chiron
Krishtianu Ronalduning eng qimmatbaho va sevimli avtomobili. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 420 kilometrni tashkil qiladi. Futbol yulduzi mazkur avtomobilni 2.8 million yevro evaziga harid qilgan.

McLaren Senna
Shuningdek, Krishtianu yaqindagina McLaren Senna superkarini ham harid qilganini bildirdi. Uning tahminiy narxi 850 000 yevroga teng bo‘lib, avtomobil "Formula-1"ning afsonaviy poygachisi Ayrtona Senna sharafiga nomlangan.  Superkar ilk marta 2018 yilda Jeneva avtosalonida namoyish qilingan bo‘lib, unga quvvati 800 ot kuchiga teng bo‘lgan 8 silindrli dvigatel o‘rnatilgan.

Sajdai tilovat haqida

Qur’ondagi sajda oyatlarining birini o‘qigan va eshitgan kishiga sajda qilishlik vojib bo‘ladi. Qur’onda 14 yerda sajda oyatlari bor......

Albert Eynshteynning hayot maslahatlari

Siz ehtimol inson o’z miyasining barcha manbalarini to’liq ishlatmasligi haqida eshitgan bo’lsangiz kerak. Biroq hayotda o’z qobiliyati bilan ajralib turuvchi shaxslar ham uchraydi. Bunday odamlarni biz ulug’ iste’dod sohiblari, deb ataymiz. Shunday shaxslardan biri Albert Eynshteyn bo’lgan......

Mo'g'ul haqidagi qiziqarli faktlar

Mo'g'uliston - aksariyat odamlar maktab tarixidagi kitoblardan faqat vahshiy ko'chmanchilar guruhi bilan eslanadigan diyor. Bir vaqtlar hammasi aynan shunday edi, ammo zamonaviy Mo'g'uliston o'tgan asrlardan bu qadar o'zgarmadi. Ufqdan ufqqa cho'zilgan cheksiz dashtlarni yana qayerda ham ko'rish mumkin? Faqat bu yerda va Argentina pampasida ham....

Chaqaloqlar haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan qiziqarli ma'lumotlar

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning sezgi va genetik xotirasi ko'plab olimlarni qiziqtiradi. Bugungi maqolamiz orqali chaqaloqlar haqida qiziqarli bo'lgan ma'lumotlarni sizlarga taqdim etamiz......

2020 yilga Ramazonda og‘iz yopish va ochish vaqtlari

2020 yil 24 apreldan boshlab O‘zbekiston musulmonlari ham dunyoning boshqa mamlakatlaridagi musulmonlar singari Islomning to‘rtinchi arkoni bo‘lmish ro‘za ibodatini ado eta boshlaydi. 2020 yil uchun Toshkent vaqti bo‘yicha Ramazon taqvimini hamda Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) va Iftorlik (og‘iz ochish) duolarini ham taqdim etadi......

Atrofdagilarning ko’ngliga yo’l topishda ahamiyatli bo’lgan 6 ta jihat

Har bir inson shaxsiy rivojlanishi va atrofdagilar bilan til topishishda muhim bo'lgan jihatlar mavjud. Quyida ulardan bir nechtasini sizga havola etamiz....

RO‘ZA TUTISH (OG‘IZ YOPISH) DUOSI

Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) duosi نَوَيْتُ أَنْ أَصُومَ صَوْمَ شَهْرَ رَمَضَانَ مِنَ الْفَجْرِ إِلَى الْمَغْرِبِ، خَالِصًا لِلهِ تَعَالَى أَللهُ أَكْبَرُ Navaytu an asuvma sovma shahro ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta'aalaa, Allohu akbar. Ma'nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat...

Bizning tanamizda qanday jumboqlar yashiringan? Inson organizmi haqida hayratlanarli 15 ta fakt

Bizning tanamiz – jumboqlar va mo’jizalar mamlakatidir. Ajabtovur, sehrli, sirli va qiziqarli mamlakatdir. Ushbu maqolada inson tanasi haqida qiziqarli faktlarlar haqida ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin......

Pitsa haqidagi qiziqarli faktlar

Bugungi kunda turli-tuman yeguliklar-u, tezpishar ovqatlar keng ommalashgan. Barchaga birdek yoqib ulgurgan pitsa haqidaku aytmasak ham bo’ladi. Maqolamiz orqali pitsa haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizlar bilan bo’lishmoqchimiz....

Tirnoq tishlash odati haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan ma’lumotlar

Odamlar ko’p bo’lgan joyda hech bo’lmasa bitta tirnoq tishlash odatiga ega insonni uchratasiz. Ularni tez payqashingiz tabiiy, boisi ushbu odatlarini sizning oldingizda ham amalga oshirishi mumkin. Bunday bo’lmagan taqdirda ham barmoqdagi izlarga ko’zingiz tushishi tabiiy....

Fikr qo'shish