Ajoyib desert: "Malika" torti

Ajoyib desert: "Malika" torti
Ajoyib desert: "Malika" torti


Ushbu tort shved qandolatchilari tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, uni Shvetsiyadagi istalgan shirinliklar do‘konidan topishingiz mumkin. Bir necha qavatli biskvit, mazali murabbo hamda vanilli krem ko‘pirtirilgan qaymoq bilan qoplanadi, uning ustidan esa yupqa va shirin marsipian qatlami ilova qilinadi. Tort ilk marta 1920 yilda Yenni Okerstryo tomonidan tayyorlab ko‘rilgan.

Bu ayol qirol Gustav V ning ukasi bo‘lmish shahzoda Karl Bernedottning qizlari - malikalar Margarita, Marta va Astridga muallimalik qilgan. Qizlar tortni juda yaxshi ko‘rganlari tufayli shirinlikka "Malika" nomi berilgan. O‘z vaqtida ushbu desertni "Prinsesstårta", ya’ni "Malikalar torti" deb ham atashgan. Sentyabr oyining uchinchi haftasida esa tortni pishirish uchun maxsus bayramlar uyushtirilgan. Ayni vaqtda Shvetsiyada ushbu tort yilning to‘rt faslida ham tayyorlanadi. Tortning ustki qoplamasi rangi esa nafaqat yashil, balki pushti, sariq, qizil, to‘q sariq va oq bo‘lishi ham mumkin.

Energetik quvvati

  • Kaloriya: 842 kkal
  • Oqsillar: 12,4 gramm
  • Yog‘lar: 51,4 gramm
  • Uglevodlar: 86,6 gramm
Kerakli masalliqlar:
  • 3 dona tayyor biskvit
  • 150 gr malina murabbosi
  • 1,5 choyqoshiq jelatin
  • 500 ml qaymoq
  • 50 gr qand upasi
  • 250 ml sut
  • 4 dona tuxum sarig‘i
  • 2 oshqoshiq kartoshka kraxmali
  • 3 oshqoshiq shakar
  • 1 dona vanil tayoqchasi
  • 500 gr marsipian
  • 80 gr sariyog‘
Tayyorlanishi:

1. Tuxum sarig‘i shakar, kraxmal va vanil urug‘lari bilan birga ko‘pirtiriladi. Sut qizdirib olinadi, asta-sekinlik bilan tuxum sarig‘i ustidan quyiladi. Aralashma olov ustiga qaytarilgach, ichiga sariyog‘ solib, aralashtirgan holatda massa quyuqlashguniga qadar qaynatib turiladi. Krem toza idish ichiga solinadi, usti plyonka bilan yopiladi va sovutgich ichiga joylab qo‘yiladi.


2. Jelatin ikki oshqoshiq issiq suvga solib ivitiladi va shu holatda to‘liq eriguncha qoldiriladi. Ko‘pirtirilgan qaymoq qand upasi bilan aralashtiriladi. Ikki oshqoshiq massa eritilgan jelatin ichiga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan massa asta-sekinlik bilan ko‘pirtirilgan qaymoqning qolgan qismi ichiga quyilgach, ko‘pirtirish davom ettiriladi.


3. Birinchi korj ustiga murabbo va qaymoq yupqa qilib surtiladi. Ustidan ikkinchi korj yopiladi. Uning yuza qismiga esa vanilli krem hamda ko‘pirtirilgan qaymoq surtib chiqiladi.


4. Qaymoqqa gumbaz shakli beriladi. Ustidan yupqa korj joylashtirilgach, tort dumaloq shaklga keltiriladi. Chetlariga qaymoq surtiladi, biskvitning har bir qismi qaymoq bilan to‘liq qoplangan bo‘lishi lozim. Ana shunda marsipian ham yaxshi yopishadi.


5. Tayyor tort yashil marsiapian bilan qoplangach, ustki qismi atirgullar bilan bezatiladi va qand upasi sepib qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

Muzqaymoq tayyorlash - retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi o’zining sevimli ta’midan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qo’shimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan....

Bulochka tayyorlash - retsepti, usullari, xamirturushli bulochka uchun masalliqlar

Bulochka – odatda yumaloq yoki oval shaklda bo’lgan kichik nonchalar. Bu kabi pishiriq juda mashhur – bolalikdan buyon barcha mazali bulochkalarni sevib iste’mol qiladi: shirin bulochkalar, mak, mayiz, dolchin, murabbo, kunjutli, uyni eslatadigan bulochkalar. Agar siz uy sharoitida tayyorlash uchun bulochka retseptini, xamirini tayyorlash...

Gilos-tvorogli pirog

E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Vanilinli panna kotta deserti

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Taomnomaga o'zgartirish kiritishning vaqti keldi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa bayram dasturxonida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Turkcha biskvit

Ko'rkam va yumshoq. E'tiboringizga Turk oshxonasining retseptlaridan birini taqdim etamiz. Har qanday tort uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap....

Napoleon tort tayyorlash: uy sharoitida, retsepti, bosqichlari, sirlari, xamiri va kremi

“Napoleon” torti – butun dunyo sevib iste’mol qiladigan eng mazali shirinliklardan biri. Italiya va Fransiyada bu tortni  “ming qatlam” deb atashadi, Belgiya va Niderlandiyada esa shunga o’xshash “Tompus” shirinligi mavjud va u ko’pirtirilgan qaymoq va pushti glazurdan iborat.  Qizig’i shundaki, ko’pincha “Napoleon”  torti, qandolatchilik...

Krokembush - Fransuz shirinligi

Krokembush - fransuzcha tort hisoblanib, yengil va hushta'm. Tayyorlanishi biroz vaqtingizni olsada, natijasi har qanday dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi....

Olmali pirog tayyorlash retsepti - sharlotka, klassik variantlari, maslahatlar

Olmali pirog tayyorlash retseptlari juda ko’p. Biroq, eng ko’p xush ko’rib iste’mol qilinadiganlari sanoqli. Biz maqolada ikkita eng mashhur piroglar retseptini ko’rib chiqamiz....

Qora shahzoda shirinligi

Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo'yamiz.  Idishda tuhum va shakarni oppoq bo'lgunicha ko'pirtiramiz. Salat yog'i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz. Aralashmamiz suyuq kashasimon bo'lgunicha un qo'shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo'lib, qizigan...

Shakarli mastika

Tortlarni bezashda va tort ustiga o'yinchoqlar yasash uchun ajoyib tanlov. Tayyorlangan mastikaga har xil oziq-ovqat rangidan qo'shib, o'yinchoq, gullar yasab tortni bezashda foydalanish mumkin....

Fikr qo'shish