Sizni sog‘inganda, yo, Rasululloh uzbekcha she'r

Sizni sog‘inganda, yo, Rasululloh
Sizni sog‘inganda, yo, Rasululloh


Dunyo arzimaydi diydoringizga,
“Ummatim” deb chekkan ozoringizga.
To‘yib termulsaydim ruxsoringizga,
Sizni sog‘inganda, yo, Rasululloh.

Sabrimla umidlar sinashgan chog‘i,
Dilga ko‘chdi oyning azaliy dog‘i.
Bitganga o‘xshaydi umrim adog‘i,
Sizni sog‘inganda, yo, Rasululloh.


Makkaga piyoda yetgim keladi,
Sog‘inchni sahrodek yutgim keladi.
Siz yotgan tomonga ketgim keladi,
Sizni sog‘inganda, yo, Rasululloh.

Salavot joylansa dudog‘larimga,
Baytulloh aylansa qarog‘larimga.
Siyrat sir so‘zlaydi nigohlarimga,
Sizni sog‘inganda, yo, Rasululloh.

Sog‘inch asli darddir judayam og‘ir,
To‘kilib boradi kundan- kun bag‘ir.
Ruhim ayro bo‘lar tanimdan axir,
Sizni sog‘inganda, yo, Rasululloh.

Xayolga cho‘maman goho indamay,
Xayollar olislar qasd etib atay.
Asri Saodatga bir zumga qaytay,
Sizni sog‘inganda, yo, Rasululloh.

Dunyo arzimaydi diydoringizga...

Dunyodan biz doim qadr izlaymiz

Dunyodan biz doim qadr izlaymiz. Qadrimiz bilganni qadrin bilmaymiz, Mehr berib sevganni pisand etmasdan. Gulni senlaymizu toshni sizlaymiz....

Yig'lama baribir o'lgan bo'laman

Taqdir zarbasidan yiqilsam birkun Seni yuragimdan o‘chirsam bir kun Bu zor alamlardan qutilsam bir kun YIG'LAMA BARIBIR O‘LGAN BO‘LAMAN..!...

Har kimning dilida orzusi bo'lsin

Har kimning dilida orzusi bo'lsin, Qalbida uyg'ongan tuyg'usi bo'lsin. Tuyg'ular sabab baxtga yetaklab, Dadajon Onajon deydigan Farzandi bo'lsin....

G'iybat qilmang iltimos

Ba'lki tog'ri qadamlar Kuzatinglarchi biroz Bilib bilmay odamlar Gapirmanglar iltimos......

Dunyodan nolimang

Dunyoga keldimu erkin hayot kormadim, Dunyoga toymadim oynab kulmadim. Dunyo shunday ekan bu yolgon dunyo, Aldab aldab ketar ekan da goyo. Dunyodan nolimayman men lekin aslo, Hech kim mendek dard kormasin aslo. Dunyodan hamma ham ketadi bir kun, Insonlar dunyodan nolimang lekin....

Hayotimzni ham hidoyat nuri ila munavvar qil

Allohim, ko'zlarimizni uyqudan ochganing kabi Qalblarimizni ham g'aflatdan uyg'ot Dunyoni quyosh nuri ila yoritganing kabi Hayotimzni ham hidoyat nuri ila munavvar qil....

Seni sevdim ona vatanim

Sog'inchlardan o'rtansa dillar, Seni so'rab tursa tuyg'ular, Armonlarga bermayin yo'llar, Seni sevdim ona vatanim......

Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim

Orzular yo‘lidan ORTGA qaytolmay, Bechora qalbimni o‘yib tig‘ladim, Xattoki onamga DARDIM aytolmay, Boshimni sajdaga qo‘yib yig‘ladim......

Mayliga bo'lsang-da chindan xam zo'rlar

Mayliga bo'lsang-da chindan xam zo'rlar, Bormikan, demagin, mendan xam zo'rlar, Juda ko'rging kelsa, mozorga borgil - U yerda yotibdi sendan xam zo'rlar!...

Qo'lim ochib duoga

🌹 Assalamu alaykum! ✨Qo'lim ochib duoga ✨Tiladim yahshi tilak ✨Azizim, birodarim ✨Bu yangi kun muborak! Yahshi niyatlarla boshlangan kuningizni, Allox yahshiliklar bilan to'ldirsin!...

Izohlar 12

  1. Офлайн
    ❤️Rosululloh qizi ❤️
    ❤️Rosululloh qizi ❤️ 19 февраля 2025 14:08
    Mashaalloh juda zoʻr Alloh sizlardan rozi boʻlsin 🤲🏻🤲🏻🤲🏻🥰😍❤️❤️❤️❤️
  2. Офлайн
    Billura
    Billura 16 октября 2023 06:28
    Juda zor sher ekan oʻqib mazza qildim,
  3. Офлайн
    ❤Ziyodaxon💜I LIKE BTS AND BLACKPINK🖤
    ❤Ziyodaxon💜I LIKE BTS AND BLACKPINK🖤 12 мая 2023 18:11
    Assalomu alaykum bu sherlar manga juda yoqdi.Busherlar judaajoyib.
  4. Офлайн
    Ummugulsum
    Ummugulsum 18 апреля 2023 16:08
    Juda ham tasirli sher. Alloh rozi bulsin. Shuni tekstini topalme turodim. Rahmat chiqarishibdi. Alloh rozi bulsin. Jazakallohu xoyron
  5. Офлайн
    Ayish
    Ayish 11 декабря 2022 14:35
    Juda ham gõzal 😊😊

    🕋🧕🕋masha allah
  6. Офлайн
    MOXINUR ASLANOVA
    MOXINUR ASLANOVA 27 июня 2022 17:31
    MASHALLAH Alloh sizlaran rozi bolsin qalblarga iymon ulashuvchi she'r ekan
  7. Офлайн
    Malikabonu
    Malikabonu 15 мая 2022 20:52
    Rosullohga atalgan she'r juda ham ta'sirli va ma'noli ekan menga juda ham yoqdi THANK YOU VERY MUCH!
  8. Офлайн
    Madina
    Madina 27 января 2022 15:00
    Rasulollohga atalgan sherlar juda ham tasirli ekan bu she'r juda ham dillarga oro beruvchi sokin juda ham chiroyli she'rlar ekan shunday she'rlar yana kòpayaversin
  9. Офлайн
    Farrukh
    Farrukh 8 декабря 2021 19:41
    Assalomu aleykum Sizni soginganda yo Rosulolloh juda tasirli sher bulipti Alloh rozi bulsin. Bir taklifm bor edi shu she muallifiga, shunday guzal matinni ohanga solib bir nashid kurinishida mumin birodarlarimizga havola qilsak? Olloh uchn Rosuli Akram janoblarini sogingan muminlar uchn. Iltimos +998973189006 intizorlik bilan javob kutaman
  10. Офлайн
    xosiyat
    xosiyat 9 ноября 2021 20:07
    She'rlaringiz juda ham zòr va ma'noli ekan. Eshitgan odamni yana eshitgisi kelaveradi kelaveradi. Yurtimizda shunday shoir va shoiralarimiz kòpaysin ilohim. Rahmat

    Rasullulloh haqida yana 4 5bandlik ta'sirli va ma'noli she'rlar bòlsa tashlab bering iltimos Olloh hawida bòlsa ham mayli. Oldindan rahmat
  11. Офлайн
    ubaydullayeva fotimaxon
    ubaydullayeva fotimaxon 14 октября 2021 12:55
    bu sherlar juda ham roxatbaxsxhdir. bu sherlar qalbimni yiglatib yuboradigan darajada tasirli va gozal.
  12. Офлайн
    Акбаров Жахонгир
    Акбаров Жахонгир 25 ноября 2020 06:06
    ажойиб бу шерлар ажойиб катта рахмат
    айникса ё Расулоллох зур яна бирмарта рахмат
    Согликда шерларизни укиш ва ёд олиш хаммага насиб килсин

Fikr qo'shish