Brokolli-pishloqli pirog

Brokolli-pishloqli pirog
Brokolli-pishloqli pirog


Nozik, to'yimli va qolaversa juda ham mazali pirog! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:
Xamir uchun:

  • 1 dona tuxum
  • 50 gramm saryog'
  • 200-250 gramm un
  • 1 choy qoshiq qabartma va tuz
Asosiga:

  • 300 gramm brokolli
  • 250 gramm rikotto yoki tvorog
  • 2 dona tuxum
  • 250 gramm pishloq
  • Tuz va murch
Tayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda xamirni tayyorlang. Tuxum va yumshatilgan saryog'ni birlashtiring.
2. Tuz, qabartma va unni solib, xamir qoring.
3. Xamirni yog' surtilgan pishirish qolipiga, devorlari bo'ylab yoying.
4. Xamir ustidan pergament qog'ozi yozing.
5. Pergament qog'ozi ustidan loviya soling. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiring.
6. Asosni tayyorlang. Brokolli karamini mayda bo'laklarga bo'ling.
7. Pishloqni qirg'ichning katta tomonidan chiqaring.
8. Tuxumni tuz va murch solib, ko'pirtiring.
9. Rikottani soling va aralashtiring.
10. Brokolli va pishloqni solib aralashtiring.
11. Tayyorlangan asosni pishirilgan xamir ustidan soling, tekislang. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishiring.
12. Mazali va nozik pirogni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!
Xamirni pishirishda foydalanilgan loviyani saqlab qo'ying, shu usul bilan korj pishiriladigan retseptlarda foydalanasiz.

Gulkaram sho'rva

Mol yoki qo'y go'shtining yog'liroq joyi va suyaklaridan solib, piyoz qo'shib qaynatiladi, so'ngra gulkaramning gul shohlarini o'zagidan ajratib, kubik shaklida to'g'ralgan sabzi bilan birga qaynab turgan sho'rvaga solib pishiriladi. Shuningdek, sho'rvaga parrak qilib to'g'ralgan kartoshka solingandan keyin olovni pasaytirib, 20 minut daqiqa...

Pitsa

Idishga unni, gazda erigan margarinni, choy sodasi va tuzli qatiqni solinadi. Tuhumni bittasini sarig'i olib qo'yiladi va qolgani idishga solinib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi va 4ta bo'lakka bo'linib, 30 daqiqaga tindiriladi. Hamir tingunicha nachinka tayyorlaymiz......

Qisqa muddatli parhez

Natija: 3 kunda 2-5 kg vazn tashlash mumkin. Taomnoma: kuniga 1,5 litr yog'siz qatiq bilan kifoyalanish. Agar judayam och qolsangiz, bir nechta nordon mevalardan iste'mol qilishingiz mumkin. Qanday: taomnomada belgilangan qatiq miqdorini 5-6 qismga bo'lib iching. Qulayligi: juda arzon va amal qilishda juda oson. Kamchiligi: faqat kuchli irodaga va...

Ikrali beylgl

Kanada, AQSh davatlarining mashhur va sevimli tamaddilaridan biri. Aslini olib qaraganda tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qattiq pishloq retsepti

Ko'pchilikning sevimli mahsuloti bo'lgan pishloq retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz! Bu juda ham mazali! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto

Dimlama – O’zbekistondagi eng mashhur taomlardan biri. “Dunyo xalqlari oshxonasi” tanlovining qatnashchisi sanaladi. Turli sabzavot va ko’katlar bilan go’sht kombinatsiyasi bu taomni nafaqat mazali va foydali, balki bayramona yorqin va chiroyli qiladi. Dimlamaning o’ziga xos xususiyati shundaki, barcha sabzavotlar yirik kesilgan, qatlam bilan...

Kartoshkali chips retsepti - uy sharoitida tayyorlash, qovurish, duxovkada pishirish usullari

...

Sabzavot-tovuqli gril

Mo'jizaviy ta'mga ega gazak! Nozik tovuq, vitaminlarga boy sabzavotlar bu chinakam lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pishloqli buterbrod

Gazak uchun ajoyib tanlov! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mo'jizaviy lazzatlanishni taqdim etadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Buni albatta tayyorlang!...

Moxito tayyorlash retsepti - alkogolsiz, sprayt va mineral suv asosli turlari

Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi....

Fikr qo'shish