Tatib ko’rishga arziydigan dunyodagi eng mazali pishloqlar

Tatib ko’rishga arziydigan dunyodagi eng mazali pishloqlar
Tatib ko’rishga arziydigan dunyodagi eng mazali pishloqlar


Pishloq butun dunyo bo'ylab ko'plab odamlarning fikrlarini zabt etishga ulgurdi. Taom bilanmi yoki alohida bo’lsin, pishloq - bu inson qo'li bilan ixtiro qilgan ajoyib yegulik ekanligini tan olmay ilojimiz yo’q! Quyida eng totli pishloqlarning 10 taligini keltirib o’tganmiz. Marhamat, ular bilan tanishing!

1. Parmezan - qattiq, mo'rt, chuchuk tamli
Uni eng yaxshisi ingichka tilimga kesib olish kerak. Nok va grek yong’oqi bilan iste’mol qilish ayni muddao bo’ladi. Parmezan makaron, risotto, omletlarga qo'shiladi. n100 g o'rtacha 392 Kkal ni o'z ichiga oladi.
2. Bri - qadimgi fransuz pishlog’i
Shohona pishloq. Uning ta'mi, pishib yetish naviga, muddatiga qarab, qo'ziqorinlardan mevalarga qadar uyg’unlashuviga farq qiladi. Meva va bri eng yaxshi kombinatsiyadir. 100 g pishloq o'rtacha 330 Kkalni tashkil qiladi.
3. Cambotsola (Cambozola) - ishlab chiqaruvchilari fransuz yumshoq pishloqlari va italiyalik Gorgortsola xususiyatlarini birlashtirishga muvaffaq bo'lgan nemis mog'orlangan sigir pishlog’i.

Mazasi  Camembertga o'xshaydi, ammo mog'or qo'shilishi tufayli u yanada to’yingan va chuchukdir. Ushbu pishloqni mevalar (masalan,qovun, uzum yoki nok) bilan yeyish juda ajoyib natija beradi.


Cambazola pishlog’ining nozik ta'mini to'liq anglash uchun uning hidini to'liq ochib berishingiz kerak. Buning uchun pishloqni dasturxonga tortishdan yarim soat oldin tarelkaga solib qo’ying. 100 g pishloq o'rtacha 427 Kkalni o'z ichiga oladi.
4. Mascarpone - bu krem va yogurtga o'xshash boy ta'mga ega italyan kremli pishlog’i. 100 g pishloq o'rtacha 453 Kkalni o'zichiga oladi.
5. Kamamber - bu sigir sutidan tayyorlangan yumshoq pishloq.
Bri va Kamamber o'xshash bo’ladi, ammo bri ozgina yog'li. O'rtacha 100 g tarkibida taxminan 300 Kkal mavjud.
6. Moviy Do'r - nemis ko'k pishlog’i.
Ushbu pishloq yong'oq va uzum bilan iste'mol qilinadi. Agar siz bir vaqtning o'zida bir nechta pishloq turini iste'mol qilsangiz, bu turini eng oxirida iste’mol qilishga qoldirganingiz ma’qul. 100 g pishloq o'rtacha 354 Kkalni o'z ichiga oladi.
7. Gorgonzola (Gorgonzola) - o'ziga xos chuchuk ta'mi bilan ajralib turadigan eng taniqli italyan pishloqlaridan biri.

Ushbu pishloq yoqimli ta'mga, nozik va engil yong'oq hidiga ega. 100 g pishloq o'rtacha 358 Kkalni tashkil qiladi.
8. Mozzarella . Ushbu pishloq pomidor, rayhon va zaytun moyi bilan yaxshi mos keladi. Yana bir oz qora qalampir qo'shishingiz mumkin. 100 g pishloq o'rtacha 250 Kkal ni o'z ichiga oladi.
9. Rokfor -mashhur fransuz ko'katli pishlog’i. Rokfor vinolarga yaxshi mos keladi. 100 g pishloq o'rtacha 335 Kkalni o'z ichiga oladi.
10. Tete de Moine - eksklyuziv shveytsariya pishlog’i
Fransuz tilidan tarjima qilinganida uning nomi "rohibning boshi" degan ma'noni anglatadi. Tete de Moine faqat yoz oylarida olinadigan sigir sutidan tayyorlanadi.

Uch oy davomida pishib yetiladi. Tayyor pishloq kesilgan joyida bir xil va zich tuzilishga ega. U juda kuchli hidga va aniq ta'mga ega. Oq sharob bilan yaxshi ketadi. 100 g pishloq o'rtacha 410 Kkalni o'z ichiga oladi.

Oqilami yoki makkor?! Ayollar haqida ajoyib statuslar

O’zini go’zal hisoblagan ayol boshqalarni ham shunga ishontira oladi. Ayol kishi erkak kishini tabassumi bilan ilinntirib oladi, yig’isi bilan esa ushlab qoladi....

ROMANTIKA NIMA

ROMANTIKA NIMA  Romantika - bu siz Qur'on o'qiyotganingizda ayolingiz ko'z yoshlarini to'kib tinglashidir; Romantika - bu tunda namoz o'qish uchun ayolingiz sizni oxista uyg'otishidir; Romantika - bu siz imom, ayolingiz muqtadiy bo'lib taxajjud namozini o'qishingizdir; Romantika - bu ayolingiz bilan birga qo'llaringizni duoga ochib, solix farzand...

Madrid ko’chalaridagi noodatiy piyodalar o’tish yo’lakchalari

Piyodalar o'tish yo'lakchalari deganda hammaning ko'z oldiga odatiy yo'l yo'l chiziqlar kelishi tabiiy. Biroq bugungi maqolamizda sizning e'tiboringizga biroz noodatiy bo'lgan yo'lakchalarni havola etmoqchimiz!...

Jonni Depp haqidagi 14 ta qiziqarli ma’lumotlar

Tirik jon bor ekanki, turli tuman odat va fe’l atvorga egadir. Ularning ichida g’aroyib odatlar ham talaygina. Bugungi maqolamizda mashhur Gollivud aktyori Jonni Deppning o’zi haqida aytib o’tgan qiziqarli odatlari hususidagi ma’lumotlar to’g’risida gaplashamiz!......

Dunyodagi eng chiroylik va romantik joylar

Biz ko'plab shaharlar va joylarni romantikaga bog'laymiz. Ushbu to'plamda siz sayyoradagi eng romantik joylar haqida bilib olasiz. Ushbu fotosuratlardagi har qanday joy romantik sayohat uchun idealdir....

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

Xitoyning Uxan shahrida pnevmoniya alomatlariga o'xshash kasallik tarqaldi. So’ngra keng yoyila boshladi. Dunyoning ayrim mamlakatlarida ushbu kasallikka chalinganlar soni xitoyliklarning sonidan oshib ketgan. Minglab bemorlarning orasida taniqli odamlar, aktyorlar, sportchilar, siyosatchilar ham bor. Bugungi maqolamizda Koronavirus bilan...

Turli xil rangdagi egizaklar

Bu ikki bola bir-biriga o'xshamaydi, lekin ular o'rtasida o'ziga xos munosabatlar o'rnatildi. Ko'pchilik dastlab bu o'g'il va qizlarning egizak ekanligiga ishonishmaydi. Bunday tabiat injiqligi haqiqatan ham sehrli ko'rinadi......

Insonlarni o'ziga tortuvchi odamning 9 ta xususiyati

Fayzli inson qanday bo’lishi kerak? 1.Bunday odam boshqalarga yaxshi muomalada bo’ladi Odamlarni o’ziga jalb qiluvchi fayzli inson o’zini boshqara oladi. Suhbatdoshidan o’tishga harakat qilmaydi, uni kamsitib, o’zini komil inson qilib ko’rsatmaydi. Bunday qilishga hojat ham yo’q, chunki u o’ziga va o’z kuchiga ishonadi......

Eng ko’p dam oluvchi 10 ta mamlakat

Qayerda bo’lishdan qat’iy nazar dam olishni barcha birdek yoqtiradi. Ehtimol, yer yuzidagi barchani birlashtira oluvchi hususiyatlardan biri aynan yakshanba umumiy dam olish kuni ekanligidir. Ammo shunday intensivlik bilan dam oladigan bir qancha mamlakatlar mavjud. Biz boshqalarga qaraganda ko’proq dam oluvchi 10 ta mamlakatni jamladik. Marhamat,...

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

O’ziga ishongan, haqiqatdan ham kuchli insonlarni maqsadga erishish uchun ortiqcha harakatlar ajratib turmaydi. Murakkab vaziyatlardan baland ko’tarilgan bosh bilan chiqish, shuningdek kam yo’qotib, ko’p foyda olish qobiliyati asosan hayotga bo’lgan aniq nigoh va sodir bo’layotgan voqealarga nisbatan munosabatlarga bog’liq....

Fikr qo'shish