Pishloqli tart

Pishloqli tart
Pishloqli tart


Juda ham mazali tart! Qarsildoq xamir, nozik sousli asos bu mo'jizaviy lazzatlanishni taqdim etadi. Bayram dasturxoni va kundalik taom dasturxonidan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 500 gramm tayyor qavatli xamir
  • 300 gramm shampinon
  • 150 gramm piyoz
  • O'simlik yog'i
Sous uchun:
  • 250 gramm smetana
  • 150 gramm pishloq
  • Ta'bga ko'ra ko'kat, tuz va murch
Tayyorlash usuli:
1. Birinchi navbatda tart asosini tayyorlang. Piyozni mayda somoncha shaklda to'rg'ang.
2. Shampinonlar va ko'katni mayda shakalda to'rg'ang.
3. Pishloqni qirg'ichning kichik tomonidan chiqaring.
4. Tovada qizdirilgan yog'da avval piyozni qovuring.
5. Shampinonni soling, tuz va murch seping. 15-20 daqiqa davomida dimlang.
6. Sousni tayyorlang. Pishloq va smetanani birlashtiring.
7. Ko'kat va ta'bga ko'ra tuz seping va aralashtiring.
8. Xamirni yoying va 10x10 sm hajmda, to'rtburchak shaklda kesib chiqing. Pergament qog'ozi yozilgan pishirish qolipiga xamir bo'laklarini tering.
9. Xamir chetidan 1 smda masofa qoldirgan holda, xamir hajmini buzmasdan kesiqlar qilib chiqing.
10. Xamir ustiga tayyor asosdan soling.
11. Asos ustidan 1 osh qoshiqda sousdan soling. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishiring.
12. Hushbo'y isi xonadoningizni egallagan nozik va mazali tartni dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaxa!

Bulg'or qalampirli do'lma

2 ta piyoz mayda to'g'raladi. Unga tozalangan guruch yuvilib, qiyma go'shti bilan qo'shiladi. Tuzi rostlanib, ziravorlar qo'shiladi. Ozgina tomat pastasi xam qo'shish mumkin. Tayyor qiyma tozalangan (dumi olingan) bulg'or qalampiri ichiga joylanadi. Bunda qiyma joylashganidan so'ng qalampir ichiga ko'rsatkich barmoq sig'adigan joy qolishi lozim....

Meksika burittosi

Meksikaliklarning kundalik, sevimli tamaddilaridan biri. Juda ham mazali va vitaminlarga boy. Tayyolanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Quymoq

10 ta tuhum idishga chaqiladi, ichiga un, razrihlitel' (qavartma), yog' va ta'bga ko'ra tuz solinadi. Bu xamma massa blenderda yahshilab aralashtiriladi. Duhovka listini yog'lab, ichiga aralashma solinadi.Va uning ustiga parrak qilib to'g'ralgan sosiska kerakli miqdorda solinadi. Bu listni oldindan qizdirilgan duhovka ichiga qo'yiladi. O'rtacha...

"Qo'ziqorin" gazagi

Ajoyib va nozik gazak! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida go'zal ko'rinishi va ta'mi bilan barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kartoshkali pirojki

Bu usul bilan tayyorlangan pirojkilar barcha oila a'zolari uchun juda ham ma'qul bo'ladi. Mashhur retseptlardan biri. Ushbu retsept taomnomangizdan o'rin olishi turgan gap. Ushbu retsept bo'yicha albatta tayyorlang !...

Ozish uchun mo'jizaviy Sassi kokteyli

Sassi ichimligini butun umri davomida ozish muammosi bilan o’tgazgan doktor Sintiya Sass ixtiro qilgan. Bu ichimlik sog’lamlashtirish, osilib qolgan qorinni yo’qotish va hozirgi butun jahon ozish muammosini bartaraf etadi....

Pirog "Sabzavotlar savatchasi"

E'tiboringizga vitaminlarga boy va mazali pirogni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Beshbarmoq

Birinchi navbatda, qozonda, go'shtlar, qazi, tuz va zira solinib, 3 soat davomida suvda qaynatiladi. Suv birinchi qaynab chiqqan vaqtida ko'pikni olish kerak. Yodingizda bo'lsin! Ko'pikni qanchalik erinmay olsangiz, suv shunchalik tiniq bo'ladi....

Sabzavot-tovuqli gril

Mo'jizaviy ta'mga ega gazak! Nozik tovuq, vitaminlarga boy sabzavotlar bu chinakam lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qovoq somsa

Qovoq, kartoshka, piyoz va dumba yog'i kubik qilib to'g'raladi. Tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa yoyilib, omuhta yog' surtiladi. Hamir rulet xoliga keltirilib o'raladi. Va uni muzlatkichga 1 soatga qo'yiladi. Hamir muzlatkichdan olinib, bo'laklarga bo'linadi. Va bo'lakchalar cheti jo'valanib, dumaloq shakl beriladi. Bunda dumaloq shakl...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Анора
    Анора 20 сентября 2021 17:31
    Торт таёрлашнихам ёзиб чикинглар зур экан ресепт

Fikr qo'shish