Endi gunohdan to'htarsan

Endi gunohdan to'htarsan
Endi gunohdan to'htarsan

Bir kishi Ibrohim Adhamning oldiga kelib: Ey Abu Ishoq, nafsim haddidan oshib ketdi, gunoh ishlar qilib qo‘yapman, sizda nafsimni gunoh - ma’siyatlardan to‘xtatadigan biror nima bormi?-dedi. Ibrohim:
Agar mendan beshta xislatni qabul qilsang va ularni bajara olsang, senga birorta ham gunoh zarar bera olmaydi, - dedi. U:
-Ayting, ey Abu Ishoq, - dedi. Shunda Ibrohim:
- Birinchisi: Agar Alloh azza va jallaga nisbatan gunoh qilmoqchi bo‘lsang, Uning rizqini yemagin,-dedi. U:
Unda rizqni qayerdan olaman, axir Yer yuzidagi barcha narsa Uning rizqidan-ku!-dedi. Ibrohim:
-O‘zing o‘yla, Uning bergan rizqidan yeb turib, yana Unga gunoh qilishing yaxshimi?!-dedi. U:
-Yo‘q. Ikkinchisini ayting,-dedi. Ibrohim:
- Agar Unga nisbatan gunoh qilmoqchi bo‘lsang, Uning yerida istiqomat qilma,-dedi. U:
-Ey Ibrohim, bunisi avvalgisidan ham qiyinroy-ku! Axir Mashriqu Mag‘rib va bular orasidagi hamma joy Uniki bo‘lsa, unda men qayerda yashayman?-dedi. Ibrohim:
-O‘zing o‘yla, Uning bergan rizqidan yeb turib, Uning yerida yashab turib, yana  Unga gunoh qilishing yaxshimi?!-dedi. U:
- Yo‘q. Uchinchisini ayting,-dedi. Ibrohim:
-Agar Unga nisbatan gunoh qilmoqchi bo‘lsang, U ko‘rmaydigan joyni topib, o‘sha yerda gunoh qilgin,-dedi. U:
- Ey Ibrohim, qanday qilib bunday bo‘lishi mumkin...
Axir U Zot barcha sirlardan xabardor, qalbdagi yashirin narsalarni ham biladi-ku, Unga biror narsa maxfiy emas-ku!-dedi. Ibrohim:
-Ey birodar, o‘ylab ko‘r, Uning bergan rizqidan yeb turgan bo‘lsang, Uning yerida yashab turgan bo‘lsang va yana u seni kuzatib turgan bo‘lsa, Unga gunoh qilishing yaxshimi?!-dedi. U:
- Yo‘q. To‘rtinchisini ayting,-dedi. Ibrohim:
- Agar joningni olish uchun o‘lim farishtasini kelsa , sen unga:
"Keyinga qoldirib tur, tavba qilib olay",degin,-dedi. U:
- O‘lim farishtasi mening bu gapimni qabul qilmaydi, -dedi. Ibrohim:
-Agar o‘limning kechikmasdan, to‘satdan kelishini bilsang va tavba qilib olish uchun uni ortga surishga imkoning bo‘lmasa, qutulib qolishni qanday umid qilasan?!-dedi. U: -Beshinchisini ham ayting,-dedi. Ibrohim: - Agar qiyomat kuni seni do‘zahga olib ketish uchun zaboniyalar (ya’ni azoblovchi farishtalar ) kelishsa, ular bilan bormagin,-dedi. U:
-Ular bunga ko‘nmaydilar-ku!-dedi. Shunda Ibrohim: -Unday bo‘lsa, qanday qilib najotdan umid qilasan?!-dedi. U: -Ey Ibrohim, yetarli bo‘ldi, menga shu kifoya, endi Allohga istig‘for aytaman va tavba qilaman,-dedi.

"Ko‘hna dunyo rivoyatlari" kitobidan.

Fikr qo'shish