Sajdai tilovat haqida

Sajdai tilovat haqida
Sajdai tilovat haqida


بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم

Bismillahir rohmanir rohim!

📚Sajdai tilovat haqida.

Qur’ondagi sajda oyatlarining birini o‘qigan va eshitgan kishiga sajda qilishlik vojib bo‘ladi. Qur’onda 14 yerda sajda oyatlari bor:
1. A’rof surasi, 206.
2. Ra’d surasi, 15.
3. Nahl surasi, 49.
4. Isro surasi, 109.
5. Maryam surasi, 58.
6. Haj surasi, 18.
7. Furqon surasi, 60.
8. Naml surasi, 26.
9. Sajda surasi,15.
10. Sod surasi, 24.
11. Fussilat surasi, 37.
12. Najm surasi, 62.
13. Inshiqoq surasi, 21.
14. ʼAlaq surasi, 19.
Agar bir kishi bir o‘tirganida bu sajda oyatlaridan birini ikki va undan ko‘p marta o‘qisa bir sajda vojib bo‘ladi.
Agar bir o‘tirganida ikki, uchta suradagi sajda oyatlarini o‘qisa nechta suradaligini o‘qisa shuncha sajda qilishlik vojib bo‘ladi, masalan ikki suradagi ikki sajda oyatini o‘qisa ikki marta sajda vojib bo‘ladi.

Agar bir sajda oyatini bir o‘tirganida bir marta o‘qisa, keyin o‘rnidan turib kelib ikkinchi o‘tirishda yana o‘qisa necha marta o‘qisa shuncha marta sajda vojib bo‘ladi.
Eshitish ham o‘qiganga o‘xshash: bir o‘tirganida bitta sajda oyatni bir necha marta eshitsa bir sajda vojib bo‘ladi, ikki o‘tirishda eshitsa ikki sajda vojib bo‘ladi.
Qur’on o‘qiyotganda faqat sajda oyatini o‘qimasdan qoldirib ketishlik makruhdir. Lekin sajda oyatiga yana 2 3 ta oyat qo‘shib o‘qimasdan qoldirishlik mumkin.
Sajda oyatini atrofdagilar eshitishi mumkin bo‘lsa maxfiy o‘qishlik mustahabdir.

Tilovat sajdasi qilinishi tartibi:

1. Niyyat.
2. Allohu Akbar deb takbir aytmoqlik va sajdaga ketmoqlik.
3. Sajdada Subhana Robbiyal ʼalaa deb eng oz 3 marta tasbeh aytishlik (Bitta sajda qilinadi).
4. Qa’da (namoz oxiridagi o‘tirish) da o‘tirib quyidagi duoni o‘qimoqlik:

Sajjattu lirRohmaani va amantu birRohmaani vag‘firliy zunubii ya Rohman. Sami’na va ato‘na g‘ufronaka Robbana va ilaykal masiyr - sajda qildim Rohmanga va imon keltirdim Rohmanga, gunohlarimni kechirgin, ey Rohman. Eshitdik va itoat qildik Robbimiz, Uning saridir qaytishligimiz.

Tilovat sajdasining 7 ta sharti bor:
1. Namozda bo‘lgandek tahoratli bo‘lishlik;
2. Badani;
3. libosi;
4. O‘rni pok bo‘lishi;
5. Avrati bekitilgan bo‘lishi;
6. Qiblaga qarab turishlik;
7. Niyat qilmoq.

Bu sajdada takbirda qo‘l ko‘tarmoq va ruku’ qilmoq lozim emas. Balki qiyomda turib yoki o‘tirib niyat qilinadi va to‘g‘ri sajdaga ketiladi. Bu sajdani sajda oyatini o‘qigandan keyin namoz o‘qishlik makruh bo‘lmagan paytda qilish lozimdir. Lekin sajda oyati o‘qilgach bir necha soat yoki bir necha kundan keyin sajda qilsa ham durust, lekin ko‘p ham kechiktirmagan afzal.
Agar bu sajda oyatlari namoz ichidagi qiroatda o‘qilsa sajda oyatidan keyin odatiy ruku’ qilinsa alohida sajda qilmaydi, o‘sha odatiy ruku’ kifoya qiladi.
Agar imom namoz ichida sajda oyatini o‘qisa va shundan keyin ruku’ga ketmasa sajda qiladi va muqtadiylar ham imom bilan sajda qiladilar.

Antarktida to'g'risida ko’pchilik bilmagan qiziqarli faktlar

1820 yil yanvar oyida Taddey Bellingshauzen va Mixail Lazarev boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi Antarktidani kashf etdi, uning mavjudligi haqida ilgari ham taxmin qilingan edi. Bugun biz siz uchun eng chekka janubiy qit'a - yer yuzidagi eng baland, eng quruq, shamolli, aholisi kam va eng sovuq joy haqidagi qiziqarli hamda kam ma'lum bo'lgan...

Uyg'onishga yordamlashadigan 7ta ichimlik

Xech qaysi ashaddiy qaxva shinavandasi sevimli ichimligidan voz kechmaydi. Boshqalar uchun esa tetiklashtirishda qaxvadan qolishmaydigan ichimliklar xaqida ma'lumot tayyorladik....

Oshxonada qo’l kelishi mumkin bo’lgan kichik ayyorliklar

Uyga tashrif buyurgan mehmon sizni qay darajada ozodaligingini oshxonangizga qarab bemalol bilib olishi va sizga baho berishi mumkin. Bu borada bekalar uchun beriladigan bir nechta foydali maslahatlar zarar qilmaydi. Marhamat ular bilan tanishing!......

Inson organizmi haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar

Bugungi maqolamizda inson tanasi va organizmi haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o’tdik. Marhamat ular bilan tanishing! Miyaning og’irligi tana og’irligining 2 foizini tashkil etadi, miya organizmga kerakli kislorodning 20 foizini sarflaydi......

Ertalabki yomon odatlar

Yettita omadli raqam bo'lsa-da, quyidagi yetti yomon odat ertalabingizni buzishi, barcha rejalar va mumkin bo'lgan muvaffaqiyatlarga ta’sir etishi mumkin....

2020 yilga Ramazonda og‘iz yopish va ochish vaqtlari

2020 yil 24 apreldan boshlab O‘zbekiston musulmonlari ham dunyoning boshqa mamlakatlaridagi musulmonlar singari Islomning to‘rtinchi arkoni bo‘lmish ro‘za ibodatini ado eta boshlaydi. 2020 yil uchun Toshkent vaqti bo‘yicha Ramazon taqvimini hamda Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) va Iftorlik (og‘iz ochish) duolarini ham taqdim etadi......

Sut, ketchup, saqich va boshqa dunyoning turli mamlakatlarida taqiqlangan mahsulotlar

Avstraliya va Yangi Zelandiyada sizni losos bilan siylashmaydi. Boshqa narsalar qatorida AQShda Kinder Surprise va Kanadada pasterizatsiya qilinmagan sutni sotib ololmaysiz, Singapurda saqich va Ketchup sotilmaydi......

Ro’zg’orda asqotuvchi 7 tavsiya

Har bir ayolning uy tozaligi borasida o’z sir asrorlari bor. Ammo bunday “mahorat”ga ega emaslar ham bor. Quyidagi tavsiyalarimiz sizga uy sarishtaligida qo’l kelishiga aminmiz....

Immunitet ko’tarishning 7 xil usuli

Immunitet ajoyib narsa. U hammamizda bor va uni hamisha mustahkamlash va kuchaytirib borish kerak, chunki immunitet gripp va shamollashdan tortib saraton xastaligigacha saqlaydi....

RAMAZONGA TAYYoRMISIZ?

RAMAZONGA TAYYoRMISIZ? 1.Alloxdan ramazon oyiga sog'-salomat yetkazishini xamda Ramazon ro'zasini tutishga musharraf etishini so'rab duo qiling.  Chunki Payg'ambarimiz (sollalloxu alayxi va sallam) Rajab oyi kelsa, Alloxga “Yo Allox, bizga Rajab va Sha'bon oylarini hayrli qilgin va Ramazonga yetkazgin”, deb duo qilar edilar. Shuningdek, saxobiylar...

Fikr qo'shish