Sajdai tilovat haqida

Sajdai tilovat haqida
Sajdai tilovat haqida


بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم

Bismillahir rohmanir rohim!

📚Sajdai tilovat haqida.

Qur’ondagi sajda oyatlarining birini o‘qigan va eshitgan kishiga sajda qilishlik vojib bo‘ladi. Qur’onda 14 yerda sajda oyatlari bor:
1. A’rof surasi, 206.
2. Ra’d surasi, 15.
3. Nahl surasi, 49.
4. Isro surasi, 109.
5. Maryam surasi, 58.
6. Haj surasi, 18.
7. Furqon surasi, 60.
8. Naml surasi, 26.
9. Sajda surasi,15.
10. Sod surasi, 24.
11. Fussilat surasi, 37.
12. Najm surasi, 62.
13. Inshiqoq surasi, 21.
14. ʼAlaq surasi, 19.
Agar bir kishi bir o‘tirganida bu sajda oyatlaridan birini ikki va undan ko‘p marta o‘qisa bir sajda vojib bo‘ladi.
Agar bir o‘tirganida ikki, uchta suradagi sajda oyatlarini o‘qisa nechta suradaligini o‘qisa shuncha sajda qilishlik vojib bo‘ladi, masalan ikki suradagi ikki sajda oyatini o‘qisa ikki marta sajda vojib bo‘ladi.

Agar bir sajda oyatini bir o‘tirganida bir marta o‘qisa, keyin o‘rnidan turib kelib ikkinchi o‘tirishda yana o‘qisa necha marta o‘qisa shuncha marta sajda vojib bo‘ladi.
Eshitish ham o‘qiganga o‘xshash: bir o‘tirganida bitta sajda oyatni bir necha marta eshitsa bir sajda vojib bo‘ladi, ikki o‘tirishda eshitsa ikki sajda vojib bo‘ladi.
Qur’on o‘qiyotganda faqat sajda oyatini o‘qimasdan qoldirib ketishlik makruhdir. Lekin sajda oyatiga yana 2 3 ta oyat qo‘shib o‘qimasdan qoldirishlik mumkin.
Sajda oyatini atrofdagilar eshitishi mumkin bo‘lsa maxfiy o‘qishlik mustahabdir.

Tilovat sajdasi qilinishi tartibi:

1. Niyyat.
2. Allohu Akbar deb takbir aytmoqlik va sajdaga ketmoqlik.
3. Sajdada Subhana Robbiyal ʼalaa deb eng oz 3 marta tasbeh aytishlik (Bitta sajda qilinadi).
4. Qa’da (namoz oxiridagi o‘tirish) da o‘tirib quyidagi duoni o‘qimoqlik:

Sajjattu lirRohmaani va amantu birRohmaani vag‘firliy zunubii ya Rohman. Sami’na va ato‘na g‘ufronaka Robbana va ilaykal masiyr - sajda qildim Rohmanga va imon keltirdim Rohmanga, gunohlarimni kechirgin, ey Rohman. Eshitdik va itoat qildik Robbimiz, Uning saridir qaytishligimiz.

Tilovat sajdasining 7 ta sharti bor:
1. Namozda bo‘lgandek tahoratli bo‘lishlik;
2. Badani;
3. libosi;
4. O‘rni pok bo‘lishi;
5. Avrati bekitilgan bo‘lishi;
6. Qiblaga qarab turishlik;
7. Niyat qilmoq.

Bu sajdada takbirda qo‘l ko‘tarmoq va ruku’ qilmoq lozim emas. Balki qiyomda turib yoki o‘tirib niyat qilinadi va to‘g‘ri sajdaga ketiladi. Bu sajdani sajda oyatini o‘qigandan keyin namoz o‘qishlik makruh bo‘lmagan paytda qilish lozimdir. Lekin sajda oyati o‘qilgach bir necha soat yoki bir necha kundan keyin sajda qilsa ham durust, lekin ko‘p ham kechiktirmagan afzal.
Agar bu sajda oyatlari namoz ichidagi qiroatda o‘qilsa sajda oyatidan keyin odatiy ruku’ qilinsa alohida sajda qilmaydi, o‘sha odatiy ruku’ kifoya qiladi.
Agar imom namoz ichida sajda oyatini o‘qisa va shundan keyin ruku’ga ketmasa sajda qiladi va muqtadiylar ham imom bilan sajda qiladilar.

Asl vazifasi boshqacha bo’lgan va bu haqida siz bilmagan narsalar

Biz e’tibor bermaydigan ayrim narsalar o’z vazifalariga ega. Ular haqida bilib olishimiz esa hayotimizni yengillashtirishi aniq!...

Qaysi mahsulotda qanday vitamin mavjud?

Bugungi maqolamizda meva va sabzavotlar tarkibida qanday vitaminlar bor ekanligi bilan sizni tanishtirib chiqmoqchimiz!...

Kechki manzarasi kunduzgisidan butunlay o’zgacha qiyofa kasb etadigan 9 ta ajoyib makon

Dunyoda juda ham go'zal joylar bor, ularni noyob deb atash mumkin. Ularni orqa hovlida yoki yo'l bo'ylab topish qiyin, ammo ularni albatta bir bor bo'lsada ko'rish kerak. Kechalari kunduzdan butunlay boshqacha qiyofa kasb etadiganlar joylar ayniqsa betakrordir......

Go'zal mashhur aktrisalarning bolalikdagi foto suratlari

Fotoshop, kosmetika va jarrohlik amaliyoti imkoniyatlarini hisobga olgan holda bugungi kunda “kumirga aylangan chexra egalari haqiqatdan ham tabiiy chiroyga egami?” degan savol tug'iladi. Ularning go'zalligi meros ekanligiga ishonch hosil qilish uchun biz mashhur yulduzlarning bolalik suratlarini ko'rib chiqishga qaror qildik. Demak, boshladik!...

Tez uxlash usullari

Uyquni boshqarish hayotimizning eng muhim jihatlaridan biridir. Uyquning sifati va davomiyligi jismoniy va ruhiy salomatligimiz, kayfiyatimiz va kundalik faoliyatimizdagi umumiy samaradorligimizga bevosita ta'sir qiladi. Ammo uyqu yo'qolganda va biz charchaganimizda va sifatli va yaxshi dam olishga muhtoj bo'lganimizda nima qilish kerak? Ushbu...

Insonning mukammali bo’lmaydi: Mashhur yulduzlarning siz bilmagan kichik nuqsonlari

Biz uchun taniqli odamlar ideal va namuna bo’lsa arzirli tuyuladi. Barkamol ko'rinish va yuzning ajoyib xususiyatlari - biz ularni televizorlarimiz ekranlarida shunday ko'rishimiz mumkin. Hattoki mashhur yulduzlar ham kichik kamchiliklardan holi emas. Quyida tashqi qiyofa jihatidan kichik nuqsonlarga ega mashxurlarning bir nechtasi haqida keltirib...

Ekstremal turizm uchun eng munosib maskanlar beshligi

Odatda, ko’pchilik sportning ekstremal turlari bilan shug’ullanishga hayiqishadi. Turistik tashkilotlarning ma’lum qilishlaricha, ekstremal turizm rivojlangan mamlakatlarga tashrif buyuradigan sayyohlarning aksariyat qismi erkaklar ekan. Bugungi maqolamizda sizni ekstremal turizm uchun eng munosib maskanlar bilan tanishtiramiz!...

14 ta faktlar Jirafalar haqida kam ma'lum bo'lgan siz bilgan va bilmagan

Bugungi maqolamiz orqali uzunbo’yinli jonivorlar haqida ko’pchilik eshitmagan g’aroyib faktlarni keltirib o’tamiz....

Yotoqxona uchun mebel tanlash borasidagi kichik maslahatlar

Yotoqxona uchun mebel tanlash jarayonida shoshilmang va bu ishga jiddiy yondoshing. Ko’p funksiyali va kam aksessuarli mebel, dekoratiov buyumlar, parda tanlasangiz yotoqxona tayyor. Agar uni did bilan chiroyli ko’rinishga keltirishni istasangiz, ma’lum qoidalarga amal qilish va ortiqcha xatolarga yo’l qo’ymaslik lozim....

Alisher Navoiy haqida ma'lumot

Alisher Navoiy-buyuk O'zbek shoiri, yozuvchi, mutafakkir va davlat arbobi. Uning o'zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga bo'lgan iste'dodi va ta'siri shubhasizdir. Alisher Navoiy 1441 yilda hozirgi Afg'oniston hududida joylashgan Xerat shahrida tug'ilgan. U yoshligidan adabiyot, san'at va ta'limga qiziqish ko'rsatgan. 14 yoshida Arab va fors...

Fikr qo'shish