Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam kunlarning birida amakisi Abbos roziyallohu anhuga shunday dedi: «Ey amakim Abbos! Senga bir mukofot beraymi? Senga bir yaxshi narsa aytaymi? Seni 10 narsaning egasi qilib qo‘yaymi? Agar sen o‘shani bajarsang, unda Alloh Taolo sening avvalgiyu keyngi, eskiyu yangi, bilib va bilmay qilgan, kichkinayu katta, yashirin va oshkora qilgan gunohlaringni hammasini kechiradi. Bu ish 4 rakat nafl namoz (tasbeh namozi deb niyat qilib) o‘qimoqlik. Har bir rakatda Fotiha va zam surasi o‘qilganidan keyin rukudan oldin «SubhanAllohi valhamdulillahi va laa ilaaha illallohu vallohu akbar»deb 15 marta o‘qimoq, keyin rukuda shu so‘zlarni 10 marta o‘qimoq, rukudan turganida 10 marta so‘ng sajdada 10 marta, sajdadan o‘tirganda 10 marta so‘ng sajdada 10 marta, sajdadan turganda yana 10 marta hammasi bo‘lib 75 marta bo‘ladi. Shu tariqa har bir raka’tda 75 martadan o‘qiladi. Agar qo‘lingdan kelsa shu namozni kuni sayin bir martadan o‘qigin. Agar unday qilolmasang har juma kuni bir marta o‘qi, agar unday qilolmasang bir oyda bir marta o‘qi, agar unday qilolmasang bir yilda bir marta o‘qigin. Mabodo uni ham qilolmasang bir yilda bir marta o‘qigin. Mabodo uni ham qilolmasang u holda hech bo‘lmasa umringda bir marta bo‘lsa ham o‘qigin»-dedi.(Abu Dovud).
Tahorat olishdan avval ushbu duo o‘qiladi:“A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahil a'ziym. Valhamdu lillahi 'ala diynil Islam”. (Ulug‘ Allohning ismi bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman. Islom dini uchun Allohga hamd bo‘lsin.)......
Paygambarimiz Muxammad salalloxu alayxissalom "DUO xam IBODATdir” deb marxamat kilganlar.🌙 Paygambarimiz alayxissalom "NAMOZlari so‘ngida ushbu DUOni o‘qiganlar: -Ey Robbimiz, bizga bu DUNYoDA xam oxiratda xam yaxshilikni bergin va bizni(do‘zax)azobidan saqlagin......
وَلَأَجْرُ ٱلْأَخِرَةِ خَيْرٌۭ لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَكَانُواْ يَتَّقُونَ 🍃... «Iymon keltirgan va taqvo qilganlar uchun, albatta, oxiratdagi ajr yaxshiroq bo‘lur.» 📖Yusuf surasi,57-oyat...
«Sura» so‘zi lug‘atda «qo‘rg‘on», «manzil» va «sharaf» degan ma'nolarni anglatadi. Ulamolarimiz istilohida esa «Sura Qur'on oyatlarining boshlanishi va tugashi belgilangan mustaqil majmuasidir»......
Zikrlarning eng afzali va butuni bu – Qur’oni karimdir. Uning birgina oyatini tilovat qilish bilan banda qanchadan-qancha savobga ega bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida ta’lim bergan zikrlar ham ko‘pki, bular haqida alohida kitoblar ta’lif etilgan......
Izohlar 1