Bismillahir rohmanir rohim!

Bismillahir rohmanir rohim!
Bismillahir rohmanir rohim!


بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم

Bismillahir rohmanir rohim!

🕌NAMOZ

1. Odamlarning Xoliq bilan aloqasi eng yaxshi bo‘lgani xalq bilan aloqasi eng yaxshi bo‘lganidir.

إِنَّ الصَّلَاةَ تَنْهَىٰ عَنِ الْفَحْشَاءِ وَالْمُنكَرِ

"Albatta namoz buzuqlik va yomonlikdan to‘sur". (Ankabut: 45)

2. Namoz toat-ibodatlarning onasi, mast qiluvchi ichimlik esa gunoh-ma’siyatlarning onasidir. Alloh taolo namoz haqida:

إِنَّ الصَّلَاةَ تَنْهَىٰ عَنِ الْفَحْشَاءِ وَالْمُنكَرِ

"Albatta namoz buzuqlik va yomonlikdan to‘sur", (Ankabut: 45), dedi. Mast qiluvchi ichimlik haqida esa:

إِنَّمَا يُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُوقِعَ بَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاءَ فِي الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَن ذِكْرِ اللَّهِ وَعَنِ الصَّلَاةِ
"Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos!" (Moida: 91), dedi.

3. Namozi ko‘proq bo‘lgan odam shahvatini qattiqroq jilovlaydigan odamdir. Zero, shahvat namozlar zoye qilingandagina g‘olib keladi.

۞ فَخَلَفَ مِن بَعْدِهِمْ خَلْفٌ أَضَاعُوا الصَّلَاةَ وَاتَّبَعُوا الشَّهَوَاتِ

"So‘ng ularning ortidan namozni zoye qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar". (Maryam: 59)

4. Namoz va Allohning zikri odamlarning gaplaridan yurak siqilib, g‘amga botgan paytda dilga kenglik va rohat bag‘ishlaydi.

وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّكَ يَضِيقُ صَدْرُكَ بِمَا يَقُولُونَ فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ وَكُن مِّنَ السَّاجِدِين

"Shak-shubhasiz, Biz ular (sizni masxara qilib) aytayotgan so‘zlardan dilingiz siqilishini bilurmiz. Bas, siz Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni «sherik»lardan) poklang va sajda qiluvchilardan bo‘ling (shunda Alloh dilingizdagi g‘am-alamni ketkazur!)". (Hijr: 97-98)

5. Namozni o‘z vaqtida ado qilish insonni dinda sobit-mustahkam bo‘lishi hamda odamlarning gap-so‘zlari va ozor-aziyatlariga nisbatan sabr-toqatli bo‘lishida yordam beradigan eng ulug‘ omillardandir.

فَاصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا

"Bas (ey Muhammad), ular aytayotgan so‘zlarga sabr-toqat qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan U zotni poklang – namoz o‘qing!". (Toha: 130)

6. Namoz kishini sabrga o‘rgatadi. Ushbu ikkisi (namoz va sabr) bilan nusrat-g‘alaba amalga oshadi.

اسْتَعِينُوا بِالصَّبْرِ وَالصَّلَاةِ ۚ

"Sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar!" (Baqara: 153)

وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِالصَّلَاةِ وَاصْطَبِرْ عَلَيْهَا

"Ahli-ummatingizni namoz o‘qishga buyuring va o‘zingiz ham (namozni ado qilishda) sabrli bo‘ling!" (Toha: 132)

7. Namozni o‘z vaqtida ado qilish va ahli oilani namoz o‘qishga buyurish rizq va madad kelishi sabablaridandir.

وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِالصَّلَاةِ وَاصْطَبِرْ عَلَيْهَا ۖ لَا نَسْأَلُكَ رِزْقًا ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكَ ۗ وَالْعَاقِبَةُ لِلتَّقْوَىٰ

"Ahli-ummatingizni namoz o‘qishga buyuring va o‘zingiz ham (namozni ado qilishda) sabrli bo‘ling! Biz sizdan rizq so‘ramaymiz, (bil’aks) O‘zimiz sizga rizq berurmiz. Oqibat-jannat ahli taqvonikidir". (Toha: 132)

Shayx Abdulaziz Tarifiy

Abu Dovud tarjimasi

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi. Ijobatni kechiktirsa, sabringni ziyoda qiladi. Agar ijobat qilmasa, sen uchun yaxshiroq narsani tayyorlab turgan bo‘ladi....

Rasululloh va ahli bayt

Tog‘alari: Abduyag‘us ibn Vahb ibn Abdumanof ibn Zuhra (Islom davriga yetib kelmagan)......

Ayollar jamoasi

Abdulloh ibn Umar r.a. dan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: - “Ey, ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar, istig‘forni ko‘proq aytinglar......

O'tganlar haqiga o'qiladigan duo

Assalomu alaykum! Uzur ustozlar mening dindan savodim xali yaxshi emas xudoga shukur yakinda namoz ukishni boshladim. savolim shunday kaysi duoni ukib yursa utgan avlod ajdodlar uchun yaxshi buladi yo sura oyatlarnimi.. raxmat nomakul savol bergan bulsam uzur......

Beshta kerakli ma’lumot

➖1. Azon nihoyasiga yetgach, uning duosini aytganingizdan so‘ng o‘zingizni ijobat bo‘ladigan duodan mahrum qilmang. ➖2. Namoz o‘qiyotganingizda gunohlaringiz qayerga qo‘yiladi ?...

Muhabbat nima ?

Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallam hijrat qilgan kechalarida u zotning o‘rinlarida to‘shakda uxlagan Ali roziyollohu anhudir. U Rosululloh sallollohu alayhi va sallamni qavmlari o‘ldirish uchun jamlanganini bilar va bu to‘shakda u zotning o‘rnilarida qatl qilinishiga aniq ishonar edi......

Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli

Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لأَصْحَابِهِ أَيَعْجِزُ أَحَدُكُمْ أَنْ يَقْرَأَ ثُلُثَ الْقُرْآنِ فِي لَيْلَةٍ؟» فَشَقَّ ذَلِكَ عَلَيْهِمْ وَقَالُوا أَيُّنَا يُطِيقُ ذَلِكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ فَقَالَ: «اللَّهُ الْوَاحِدُ...

Mal’un iblis birgina sajda sababli

🌱🌹Mal’un iblis birgina sajda sababli Allohning rahmati-yu jannatidan quvilgan ekan, kuniga besh vaqt namozni tark qilgan kishining ahvoli qanday bo‘larkin?...

Ey, iymon keltirganlar

Ey, iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad so‘ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilan birgadir. Baqara 2/153...

Qazo namozi

– Bir kishi bir namozni uzr sababli o‘z vaqtida o‘qimasa, nima qiladi? – So‘ngra qazo qilib o‘qiydi. – Bir kishining bir namozi qazo bo‘lib, ikkinchi namozning vaqti kirib qolsa, u kishi qaysi namozni o‘qiydi, ya’ni avval qazo namozni o‘qiydimi yoki vaqti kirgan namozni o‘qiydimi? Masalan, peshin namozi qazo bo‘lib, hanuz qazosini o‘qimay, asr...

Fikr qo'shish