Ahli jannat sayyidlari

Ahli jannat sayyidlari
Ahli jannat sayyidlari


Rasululloh sirlari
Hafsa binti Umar hazrati Umarning (r.a.) qizlari edi. U Rasuli akramning (s.a.v.) sahobalaridan Xaniys ibn Xuzoma as-Sahmiyning xotini edi. U Madinada vafot topdi va Hafsa tul qoldi. Shunda Umar ibn Xattob (r.a.) qizini xayriyat ahllaridan birortasiga xotin qilib berishni o‘ylab qoldi. U birodari Usmon ibn Affon (r.a.) huzuriga borib, tul qolgan qizini xotinlikka olishini taklif qildi.

Negadir hazrati Usmon bu taklifga uncha ro‘yxushlik bermadi. «Biroz o‘ylab ko‘rayin», degan mavhumroq javobni qildi. Hazrati Umar (r.a.) bir necha kun kutib tog‘ati tugadi. Shunda hazrati Usmonning (r.a.) o‘zi kelib uchradi va: «Shu kunlarda uylana olmayman, shekilli, buning ilojini topolmadim», dedi.

Hazrati Umar (r.a.) uning gapidan hafsalasi pir bo‘lib, boshqa birodari Abu Bakr Siddiqning (r.a.) huzuriga jo‘nadi. Hazrati Usmonga aytilgan taklif unga ham yetkazildi: «Agar istasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab qo‘yaman». Hazrati Abu Bakr Siddiq lom-mim ham demadi, indamay burilib ketaverdi.
Umar ibn Xattob (r.a.) bir necha kun u kishidan javob bo‘lishini kutib yurdi. Ammo birodarlari hamon sukutda edi. Tabiatan qiziqqon Umarning (r.a.) bundan jahli chiqdi, kuyundi: «Qizimni tortiq qilib tursam-u bu odam yo «ha», yo «yo‘q» demasa. Hatto Usmon kabi bir tayinli javob qilmasa!»

Oradan bir kun o‘tdi. Ana shu muhlat ichida Sarvari olam Muhammad (s.a.v.) Hafsani so‘rattirib qoldilar. Hazrati Umar (r.a.) juda sevinib ketdi: «Allohning rasuli qizini so‘rattirsa, sen u zotga qaynota maqomiga erishsang, inson uchun bundan ortiq sharaf va baxt bormi?» Ularning nikohini hazrati Umarning (r.a.) o‘zlari o‘qidi.

Ana shunday mas’ud kunlarning birida hazrati Umar (r.a.) do‘stlari Abu Bakr Siddiqni (r.a.) uchratib qoldilar. Abu Bakr Siddiq birodariga shunday dedilar:

– O‘shanda qizing Hafsani menga xotinlikka taklif etganingda, nega lom-mim demay ketganim sababini bilganmisan? Nazarimda, mening bu qilig‘imdan og‘rinib, xafa bo‘lgansan ham. Aslida, bu taklifingga ko‘nmaganimning sababi bor. Bir kuni janob Rasulullohning o‘z suhbatlarida Hafsa haqida gapirib o‘tganlaridan xabardor bo‘ldim. Sarvari olamning bu niyatlari meni taklifingga ko‘nishimga monelik qildi.

– Nega bu gaplarni o‘shanda menga ochiq ayta qolmading? – deb so‘radilar hazrati Umar (r.a.).
– Chunki men u zotning sirlarini oshkor qila olmasdim-da! Bordi-yu janob Rasululloh qizingni olmaganlarida, men olgan bo‘lardim, - dedi hazrati Abu Bakr Siddiq (r.a.) birodariga mehr ko‘zi bilan boqib.

Juma kuni Kahf surasini o'qish

Abu Said al Xudriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollalloxu alayhi vasallam aytadilar: «Juma kunlari Kahf surasini o‘qiganning ikki Jumasi oydinlashadi. (Bu juma bilan keyingisining orasidagi kunlar) (Hokim, Bayhaqiy) Payg‘ambar sollalloxu alayxi vasallam shunday deganlar:...

Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q

Ibn Umar roziyalohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q. (Biri) Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bergan va u kecha-yu kunduzi uni infoq qiladi.(Ikkinchisi) Alloh taolo bir kishiga Qur’onni bergan va u kecha-yu kunduz uni qoim qiladi”, dedilar”. (Termiziy rivoyati!)...

Ёсин сураси фазилати

Yosin surasida Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqiqiy payg‘ambar ekanlari, Iso alayhissalom tomonidan Antokiya shahriga yuborilgan elchilar ko‘rgan-kechirgani, Habib Najjor ismli kishi imon yo‘lida jonini fido qilishi, quyosh, oy, yulduzlar ilohiy qonuniyat asosida harakatlanishi bayon etilgan. Shuningdek, jannat va do‘zax ahllarining...

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar: «Allox, u bilan azobni daf etuvchi namoz kabi boshqa ibodatni bilmaymiz»....

Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri

Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak'at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida. Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz......

Farishtaga - aql berdi

Alloh uch narsaga jon ato etdi: 1. Farishtaga - aql berdi, nafs bermadi......

Istig‘for ayting!

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:......

Shukr qil

"Ey Odam farzandi! Qancha chiroqlar bor, ularni havoyi nafs shamoli o‘chirib yubordi. Qancha obidlar bor, o‘ziga bino qo‘yish ularni buzdi. Qancha boylar bor, ehtiyojsizlik ularni aynitdi. Qancha kambag‘allar bor, qashshoqlik ularni buzuqlikka yetakladi......

Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?

🌙 Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki? ✨ “Eng go‘zal hikoyatlar” Ramazon Butiy rohimahulloh Shom o‘lkasida bo‘lib o‘tgan bir voqeani hikoya qilib bergandilar......

Ona bilan bog‘liq olti xaqiqat

1. Onaninig yaqinida yarim soat o‘tirish olti soat tabibning xuzurida o‘tirishga teng. 2. Onang seni bag‘riga bosganida tafakkuring o‘tkirlashadi. 3.Taqdiringda bo‘ladigan yomon holatlar xaqida oldindan his qilish, seza olish qobiliyatiga ega yagona insoning onang. Shuning uchun u seni qayergadir borishdan man qilsa unga itoat qilgin......

Fikr qo'shish